- faoliyat maqsadini amalga oshirishda xizmat qilishi;
- bolalar tarbiyasidagi faoliyatni o‘qituvchi, ota – ona va jamoa bilan hamkorlikda boshqaruvni ta‘minlash muhimdir.
Tarbiya jarayonini tashkil qilish va uning salohiyatini oshirish bola qalbida insoniy fazilatlarni singdirish ko‘p jihatdan tarbiyachi-tarbiyalanuvchilarning ijodiy faoliyatini tashkil etishga bog‘liq. Ular quyidagi omillarni qo‘llash asosida vujudga keladi:
- Tarbiya jarayonini tashkil qilishdagi munosabatlar. Bunda tarbiyalanuvchilarning kundalik hayotiy voqyealari jamoadagi tartib qoida va xulq-atvorlar haqidagi motivlar va ularga bir butun yondoshuv kabilardir;
- Tarbiya ishlarning maqsadi, aniqligi va ta‘sirchanligi. Tarbiya jarayonni loyihalashtirish, shakl, metod, shart – sharoitlarni oldindan aniqlab qo‘yilgan maqsadga muvofiqlashtirish;
- Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro munosabatlari. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatlari, muloqat va munosabatda bo‘lishlari, ruhiy shart – sharoitlar yaratilishi, Tarbiya tadbirlarni gigiyena qoidalariga moslash, estetik talablarga javob berishi, Tarbiya ishlarni muvaffaqiyatli tashkil etish funksiyalaridan biridir.
Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi fanining predmeti bo‘lajak o‘qituvchi- tarbiyachilarga kelajak avlodni ma‘naviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash sanatining qirralari, shakl va yo‘llari hamda bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish haqida bahs yuritadi.
Tarbiya metodikasi fanining o‘rganish obyektini esa ta‘lim muassalaridagi uzluksiz ta‘lim –tarbiya jarayoni tashkil etadi.
Tarbiya jarayonini tashkil qilish metodikasi ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi. Uning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchi va tarbiyachilarning Tarbiya ish va tadbirlarning mazmunli bo‘lishini ta‘minlashda boy milliy va umuminsoniy qadriyat va urf-odatlardan keng foydalanishga, Tarbiya ta‘sirga ega bo‘lgan manbalarni ajrata bilishga qaratilgandir.