Geografiya o‘qitish metodikasi” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja



Yüklə 37,6 Kb.
səhifə1/5
tarix16.05.2023
ölçüsü37,6 Kb.
#113802
  1   2   3   4   5
1. Geografiya o‘qitish metodikasi” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.


Geografiya o‘qitish metodikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
Reja

  1. Geografiya o‘qitish metodikasi fanining predmeti, tadqiqot ob’ekti, maqsadi va vazifalari.

  2. Geografiya o‘qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.

  3. Maktabda geografiya o‘qitishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari.

  4. Maktab geografiyasining mazmuni



Tayanch iboralar
Didaktika, tadqiqot ob’ekti, tadqiqot metodlari, xususiy metodika, umumiy metodika, ta’lim metodlari, ta’lim vositalari, o‘qitishning ta’limiy maqsadi, o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi, o‘qitishning rivojlantiruvchi maqsadi, maktab geografiyasining mazmuni

    1. Geografiya o‘qitish metodikasi fanining predmeti, tadqiqot ob’ekti, maqsadi va vazifalari.

Jamiyat taraqqiyotini har tomonlama etuk o‘qituvchilarsiz tasavvur etish qiyin. Malakali pedagog mutaxassislar tayyorlash esa ko‘p jihatdan ularning metodik tayyorgarligiga bog‘liq. Ayniqsa, hozirgi murakkab axborotlarni, geografik hodisa va sabab oqibatlarini, tabiiy va iqtisodiy geografiya tushunchalarini o‘quvchilar ongiga yetkazish va shakllantirish nihoyatda murakkab jarayon hisoblanadi. Maktab dasturi o‘quvchilarga faqat geografiyaga oid bilim berish bilan cheklanmaydi, balki ularda zarur ko‘nikma va malaka hosil qilishni ham o‘z zimmasiga oladi. Har bir o‘quvchi darsda olgan ko‘nikma va malakalar asosida bilimlarni mustaqil egallashi zarur bo‘ladi.
Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limning barcha bo‘g‘inlarida o‘quvchilarning muntazam bilim olishi, ularda bilim olish ehiyojini rivojlantirishni, o‘quvchilarda mehnat ko‘nikmalari, mustaqil ijodiy fikrlash, kasb tanlashga va atrof muhitga ongli munosabatni hosil qilishni, milliy va umumbashariy qadriyatlarini hurmat qilishni, o‘z vataniga, xalqiga sadoqat, mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash vazifalari belgilandi.
Bu vazifalarni bajarishda geografiya ta’limi alohida salmoqga ega. Ayniqsa tabiiy va iqtisodiy geografiya kurslarini o‘qitish borasida milliy dasturda qo‘yilgan vazifalarni bajarish cheksiz imkoniyatlarga ega ekanligini tajribalar isbotlamoqda. Bularning barchasi geografiya o‘qituvchisidan pedagogik faoliyatdagi yutuq kamchiliklarini tahlil qila olishni, o‘z ish tajribasini tahlil qilib, umumlashtira bilishni, boshqa o‘qituvchilarni tajribasini umumlashtirish va samarali ta’lim shakllari va metodlardan o‘z ishida oqilona foydalanishni talab qiladi. Geografiya ta’lim metodikasi pedagogika fanining tarkibiy qismidir. U maktabda geografiya o‘qitishning maqsad va vazifalarini, umumiy geografik bilimlar mazmunini, o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish g‘oyalarini ilgari suradi va ishlab chiqadi.
Geografiya o‘qitish metodikasi pedagogika fanlari tizimiga kiradi. Geografiya metodikasining asosini maktab geografiyasi, xususan tabiiy va iqtisodiy geografiya hamda ular bilan uzviy aloqada bo‘lgan kartografiya, geologiya, iqtisod, biologiya, aholishunoslik va boshqa ko‘plab fanlar tashkil qiladi. Ta’lim tarbiyaning umumiy qonuniyatlarini didaktika tahlil qiladi. Boshqacha qilib aytganda, didaktikaning mohiyati ta’lim-tarbiya jarayoni hisoblanib, u aniq o‘quv fanlari uchun ta’lim va tarbiya jarayoni bilan shug‘ullanmaydi.
Geografiya o‘qitish metodikasi ilmiy pedagogik fan bo‘lib, u o‘quvchilarga geografiyadan puxta bilim berish, ularni har tomonlama etuk dunyoqarashga ega bo‘lgan shaxs qilib tarbiyalash va o‘qitiladigan geografiya fanining maqsadini, ta’lim vazifalarini, mazmunini, metodlarini hamda geografiya o‘qitishning eng muhim vositalarini belgilab beradi. Bilish nazariyasi geografiya o‘qitish metodikasining metodologik asosini tashkil qiladi. Geografiya o‘qitish metodikasi tadqiq qiladigan metodologik va nazariy muammolarga chet ellarda va O‘zbekistonda geografiya ta’limi, geografiya va uning alohida kurslari bo‘yicha o‘qitish mazmuni, maqsadi va vazifalari, geografik bilimlarni egallashda ta’lim bilan tarbiyaning birligi, o‘quvchilarda geografik bilim, ko‘nikma va malakalar hamda dunyoqarashini shakllantirish, geografiya ta’limi jarayonining umumiy qonuniyatlari kiradi.
Geografiya o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
- geografiya ta’limining maqsadi
- geografiya ta’limining mazmuni
- geografiya o‘qitish metodlari
- geografiya fanini o‘qitish va o‘rganishni tashkil etish (ta’lim shakllari)
- o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va bilish imkoniyatlari
- geografiya ta’limining natijalari va boshqalar.
Yuqoridagi tarkibiy qismlar o‘rtasida mustahkam aloqa mavjud. Masalan, o‘rganiladigan mavzuning maqsadi, ta’lim-tarbiya vazifalari mazmuniga mos keladigan ta’lim shakllari, o‘qitish usullari hamda vositalaridan maqsadga muvofiq tarzda foydalana bilishni taqozo qiladi.
Geografiya ta’limi metodikasining nazariy metodologik masalalari ko‘pgina metodist-geograf olimlar A.E.Bibik, A.V.Darinskiy, G.P.Gerasimova, M.K.Kovalevskaya, I.S.Matrusov, L.M.Pancheshnikova, M.V.Rijakov, O.A.Mo‘minov, X.X.Xasanov, P.G.Musaev va boshqalar asarlarida o‘z ifodasini topgan. Geografiya ta’limi metodikasi fani umumiy metodika, metodikaning nazariy masalalari, tabiiy va iqtisodiy geografiyani o‘qitish metodikasi kabi qismlardan iborat. O‘z navbatida ularning har biri xususiy metodikalar (maktab geografiya kurslarini alohida-alohida o‘rganish metodikalarini) o‘z ichiga oladi. 
Umumiy metodika maktab geografiyasi kurslari uchun o‘qitish qonuniyatlarini ya’ni o‘qitishning umumiy mazmuni va maqsadini tashkil etilishini, ta’lim metodlari, ta’lim vositalari, sinfdan tashqari ishlar va boshqalarni o‘rganadi. A.V.Darinskiy umumiy metodikani geografiya didaktikasi deb aytgan edi. Xususiy metodika maktab geografiya kurslarining maqsadi, mazmuni, tarkibi, geografik bilim, ko‘nikma malakalar shakllantirish, har bir kurs bo‘yicha o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish va kabilar bilan shug‘ullanadi. 
Geografiya ta’limi metodikasi - maktab geografiyasining ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlari, geografiya ta’limining mazmuni, geografiya o‘qitishning shakl va usullari, ta’lim jarayonida geografiya o‘qitish vositalari (dasturlar, darsliklar, atlas haritalar, o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun ilmiy metodik qo‘llanmalar va boshqalarni yaratish), o‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishlari, ta’lim jarayonida o‘quvchilar fikrlashining rivojlanishi va boshqalar bilan bog‘liq vazifalarni hal qiladi. Rus pedagog-geografi A.Pancheщnikova ta’biri bilan aytganda, geografiya ta’limi metodikasi fani quyidagi muammolarni, ya’ni o‘qitish maqsadi «geografiyani nima uchun o‘qitamiz?» geografiya ta’limi mazmunini (nimani o‘qitamiz?), geografiya ta’limi vositalarini (nimalar yordamida o‘qitamiz?) o‘qitishning shakl va usullarini (qanday o‘qitamiz?) tadqiq qiladi.
Geografiya o‘qitish metodikasi fanining vazifalari:
- maktab geografiya kurslarining sinflar bo‘yicha maqsadi, mazmuni va ahamiyatini belgilash va mazmunini takomillashtirish, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda geografiya fanidagi asosiy g‘oya, fakt tushuncha va qonuniyatlarni ajratib olish;
- o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlab olingan bilmlarni o‘zlashtirishga imkon beradigan ta’lim usullarni aniqlash;
- geografiyaga oid ma’lumotlar asosida o‘quvchilarda voqea va hodisalarga nisbatan dunyoqarash shakllantirish ularni milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘llarini ko‘rsatib berish;
- o‘quvchilarga amaliy ko‘nikma va malakalarni singdirish imkoniyatlarini aniqlash;
- ta’lim jarayonida o‘quvchilar faolligini oshiradigan va bilimlarini mustaqil egallashga yordam beradigan samarali metodlarni aniqlash;
- geografiya darslarida o‘quvchilarga mehnat, kasb, ekologik, iqtisodiy, ahloqiy, estetik, milliylik tarbiya berish vazifalarini ochib berish;
- ta’limni tashkil etishning zamonaviy shakllarini, ularning samaradorligini ishlab chiqish va takomillashtirish;
- sinalgan o‘qitish metodlarini takomillashtirish;
- geografiya darslarida pedagogik texnologiya elementlarini qo‘llashni takomillashtirish;
- kurslar bo‘yicha o‘quvchilarning yoshiga mos keladigan o‘quv qurollariga bo‘lgan talablarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish metodikasini yaratish;
- o‘quvchilarni o‘lkashunoslik va sinfdan tashqari ishlarini mazmuni turlari va metodikasi bilan tanishtirish;
- geografiyaga oid ilmiy - ommabop adabiyotlarni yaratish;
Demak yuqoridagilardan xulosa qilib geografiya o‘qitish metodikasi vazifalarini 3 ta guruhga ajratish mumkin:
1. Geografiya metodikasi o‘quvchiga geografiyadan qanday bilimlar berishi zarurligi va har bir kursda beriladigan bilim, ko‘nikma malakalarini shakllantirish yo‘llarini aniqlashi;
2. Ta’lim jarayonini uyushtirish va tashkil etish shakllarini aniqlashni va har bir shaklga mos keladigan metod, o‘quv jihozlari, sinfdan tashqari ishlar va boshqlarni belgilashi;
3. O‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirish, jarayonida ularning tarbiyalanishi, ta’lim jarayonida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishi kabilardan iborat bo‘ladi.

Yüklə 37,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin