Tarbiya tamoyillari



Yüklə 25,74 Kb.
səhifə1/7
tarix05.10.2023
ölçüsü25,74 Kb.
#152473
  1   2   3   4   5   6   7
Tarbiya tamoyillari


Tarbiya tamoyillari
Tarbiya tamoyillari deb yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan kelib chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni va yoʻnalishiga qoʻyiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi asosiy gʻoya va qoidalar yigʻindisiga aytiladi.
Tarbiya tamoiyllari oʻqituvchi va tarbiyalanuvchilarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatuvchi qoidalar boʻlib, yosh avlodni tarbiyalash, barkamol insonni shakllantirish vazifalariga muvofiq belgilanadi, shuningdek, ular shaxs tarbiyasi borasidagi ilgʻor ta’limotlar gʻoyalariga hamda pedagogika fanida erishilgan yutuqlarga asoslanadi.
Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jarayonda ilgʻor tamoyillarga amal qilinishi tarbiya samarasini ta’minlaydi. Tarbiya tamoyillari quyidagilardan iborat:
· Tarbiyaning maqsadga yoʻnaltirilganligi va gʻoyaviyligi;
· Tarbiyada demokratik va insonparvarlik gʻoyalarining ustunligi;
· Tarbiyada milliy, umumbashariy qadriyatlarning ustunligi;
· Tarbiyada izchillik va tizimlilik;
· Tarbiyaning ijtimoiy hayot bilan qoʻshib olib borish;
· Tarbiyani mehnat bilan bogʻlash;
· Tarbiyalanuvchi shaxsni xurmat qilish;
· Tarbiyada oʻquvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish;
· Jamoa va jamoa yordamida tarbiyalash;
· Tarbiyada oʻquvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy tomonlarni yoʻqotish.
Tarbiyaning maqsadga yoʻnaltirilganligi va gʻoyaviyligi – oʻqituvchi ijtimoiy tarbiya maqsadi va vazifasini aniq tasavvur etishi va puxta anglab olishi zarur.
Yosh avlodni yuksak gʻoyaviylik ruhida tarbiyalash – ularning ongiga xalq, millat, yurt, jamiyat manfaatlaridan yuqoriroq manfaat boʻlishi mumkin emasligini singdirish, ularni vatanga, xalqqa muhabbat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash demakdir. Bu sohada mustaqil respublikamiz xalq ta’limi hodimlarining asosiy vazifasi erkin, ijodkor, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, yetuk mutaxassis komil shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning barchasi ijtimoiy tarbiyaning maqsadini ruyobga chiqarishga yoʻnaltirilishi zarur.
Oʻqituvchi (tarbiyachi)lar jamoasi va har bir oʻqituvchi – tarbiyachi tarbiyaning maqsadi har tomonlama kamol topgan mukammal inson shaxsini tarbiyalashdan iborat boʻlishi lozim. Ana shunda mazkur tamoyil oʻz vazifasini bajargan boʻladi.

Yüklə 25,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin