Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə1/55
tarix17.04.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#99111
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari


MA’RUZALAR MATNI
1-MODUL. “TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI FANINING ILMIY ASOSLARI”
1-MAVZU: TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:
1. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani haqida tushuncha
2. Tarbiyaviy ishlarning metodologik asoslari. Uzluksiz tarbiya konsepsiyasi
3. Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari
4. Xorijiy mamlakatlarda ta’lim-tarbiya tizimi


Tayanch so’z va iboralar: tarbiya, ezgu so’z, ezgu amal, ezgu ish, uzluksiz tarbiya


1. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani haqida tushuncha
Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqati nazardan yondashish o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog’liq jarayonni ham qaytadan ko’rib chiqishni taqozo etmoqda. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo’lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g’oyasi turlicha ifodalangan bo’lsada, ammo yo’naltiruvchanlik xususiyati hamda ob’ektiga ko’ra yakdillikni ifoda etadi. Tarbiyaning asosiy g`oyalari o`z yo`lini belgilab olish, tarbiyachining shaxsiy yo`nalganligi, ixtiyoriylik, jamoaviylikka yo`nalish tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyatidan iborat.
Tarbiya xususida taniqli o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo falokat, yo saodat – yo falokat masalasidur”. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xussiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo’lishi avlodlar tarbiyasiga ko’p jihatdan bog’liq.

Tarbiya - aniq maqsad va tarixiy tajriba asosida yosh avlod ongini har tomonlama o’stirish va ularning dunyoqarashini kamol toptirish jarayonidir. Tarbiya jarayoni o’qituvchi va o’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladi.


Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirish g’oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo’ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning ularga munosabatiga bog’liqligini ko’rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirishgina emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli kechinmalarni qanday anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o’zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy munosabatlarning murakkablashib borishi asosida kechadi.
Tarbiya jarayonida o’quvchining ongigina emas, balki his-tuyg’ularini ham o’stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulhiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o’quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o’qituvchi rahbarlik qiladi. U o’quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.
Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o’quvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o’quvchilar jamoasi manfaati va istagi asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning tengdoshlari va o’zini o’zi anglash jarayoni yuzaga keladi. Bola o’z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol qatnashchisi bo’lib qoladi. Tarbiyani samarali yo’lga qo’yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi, tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat.
Tarbiyada o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi ham hisobga olinadi. Tarbiyachi bola shaxsining o’quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat (o’qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, o’yin, sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etish muhimdir. Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo’ladi.
Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o’zini-o’zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o’rin tutadi. Tarbiya mazmuni ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi:

Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Tarbiya maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo’nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Tarbiya maqsadini belgilashda jamiyat talablari davr nafasi, milliy xususiyatlar asos qilib olinadi.


Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Tarbiyaning asosiy vazifasi esa shaxsni aqliy-axloqiy tarbiyalashda erkin fikrlashi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir.
Tarbiya jarayonining natijasi. Tarbiyaning natijasi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalashdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo’lib, uyushtirish va rahbarlik, shuningdek, o’quvchi shaxsining o’zi tomonidan faollik ko’rsatilishini taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi rol o’ynaydi. U ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadini tushunadi, unga erishish yo’lida amalga oshiriladigan vazifalar tizimidan xabardor, tarbiya shakl, metod, vositalarini to’g’ri tanlay oladi va tarbiya jarayoniga tatbiq etadi.
Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga har tomonlama yondashish bilan muvaffaqiyatli tarzda, ilmity tahlil qilish mumkin. Shaxs tarbiyaning natijasi sifatida shakllanadigan ijtimoiy mavjudotdir. Shaxsning ko’pdan-ko’p xislatlari bir-biridan ajratilgan emas, balki o’zaro mustahkam bog’langan. Tarbiya jarayonida bolaning shaxsiyati ayrim-ayrim emas, balki yaxlit ravishda rivojlanadi. Bola shaxsi kamolotiga ta'sir etadigan asosiy omillar: biologik omillar, ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya va maqsadli faoliyatdir. Bola o’sib va rivojlanib borgani sari tarbiya vazifalari murakkablashib, chuqurlashib, tabaqalashib boradi.
Har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalash unga izchil ravishda aqliy, g’oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, estetik, jismoniy, ekologik, iqtisodiy hamda huquqiy tarbiya berish, o’quvchilarning ongi, xulq-atvori va faoliyatining birligi, shuningdek, tarbiya jarayonini tashkil etishning yakka, guruhli va ommaviy shakllarini qo’shib olib borilishini ta’minlaydigan pedagogik tizimlarni vujudga keltirish va bu tizim g’oyalariga amal qilishni talab etadi.
Ijtimoiy tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy fazilatlarini shakllantirish, uning atrof-tevarak, jamityat, odamlar hamda o’ziga nisbatan munosabatlari doirasini vujudga keltirish va uni kengaytirishga qaratilgan. SHaxs ishtirok etadigan ijtimoiy munosabatlar tizimi qanchalik keng, xilma-xil va chuqur bo’lsa, uning ma’naviyati boy bo’ladi. O’z tabiatiga ko’ra tarbiya jarayoni ko’p omilli xarakterga ega. Ya’ni, bola shaxsining qaror topishi oila, ta’lim muassasasi, jamoatchilik, ijtimoiy muhit, shuningdek, vaziyatlar xilma-xilligi, bevosita va bilvosita ta’sirlar ostida ro’y beradi.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin