Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari


Ma’naviy qadriyatlar va milliy o’zlikni anglash



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə7/55
tarix17.04.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#99111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari

4.Ma’naviy qadriyatlar va milliy o’zlikni anglash.
Ayni paytda o’zbek milliy madaniyati , madaniy merosining necha asrlar davomida umumjahon madaniy merosi darajasida qaror topganligini dunyo e’tirof etmoqda, e’zozlamoqda. Ajdodlarimiz yaratgan ezgu va muqaddas qadriyatlar rivoj topib, insoniyatning kelgusi taraqqiyotiga ijobiy ta’sirini ko’rsatib, xalqlarni ma’naviy va ruhiy jihatdan buyuk o’zgarishlarga tayyorlab keladi. Ma’rifatga intilish xalqimizning azaliy fazilatlaridan bo’lgani sababli mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi ham marifatli, ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalashdir.
Jamiyatning ma’naviy yangilanishi sharoitida yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligini shakllantirishning istiqbollarini belgilashda quyidagi tamoyillarga amal qilish maqsadga muvofiqdir:
-o’zbekona milliy qadriyatlarning betakrorligi va insonparvarligi;
- milliy qadriyatlarning asrlar sinovidan o’ta olganligi;
- milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligiga e’tiborning kuchayishi;
- diniy qadriyatlarning milliy qadriyatlarga bog’lanib ketgani;
- ijtimoiy taraqqiyot jarayonida milliy qadriyatlarning sayqallanib borishi;
- ta’lim va tarbiya uyg’unligiga qadriyat sifatida qaralayotganligi;
- insonning eng oliy qadriyat ekanligi;
- ma’naviy merosning qadriyat sifatida e’zozlanayotganligi va h.k.
Demak, milliy taraqqiyot qadriyatlarga bo’lgan ehtiyojni mudom aniqlashtirib borishni, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga dialektik nuqtai nazardan yondashishni taqozo etadi.


NAZORAT SAVOLLARI:
1.Milliy qadriyatlar deganda nimani tushunasiz?
2.Ijtimoiyilashuv (Sotsializatsiyalash) bu nima, unga izoh bering?
3.Milliy tarbiya nima va nimasi bilan farq qiladi?
4.Buyuk allomalardan kimlarni bilasiz?
5.Qadriyatlarning qanday turlari bor?
6.Xalqimizga xos bo’lgan mehmondo’stlik, birodarlik, do’stlik, sadoqat, halimlik xislatlarini qanday baholaysiz?
7.Umuminsoniy manfaatlarga milliy tiklanish g’oyasining uyg’unlashuvi nimalarga olib keladi?
8.Umuminsoniy qadriyatlarning qanday tamoyillari mavjud?
9.O’zbekistonda tarbiyaning ma’no-mazmuni nimadan iborat?
10.Ta’lim-tarbiyani samaradorligini oshirishda O’zbekistonda bo’layotgan isohatlar nimadan iborat?



Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin