Tasdiqlayman” Kafedra mudir Mavzu: Raqobatchilik strategiyasi Reja



Yüklə 20,99 Kb.
səhifə1/3
tarix24.10.2023
ölçüsü20,99 Kb.
#160232
  1   2   3
9-mavzu strategik naz


Tasdiqlayman”
Kafedra mudir
Mavzu:Raqobatchilik strategiyasi
Reja
1.Lider strategiyasi.

2.“Kurashga chaqiruvchi” strategiya.

3.“Lider orqasidan boruvchi” strategiya.

4.Mutaxassis strategiyasi.

F. Kotler firmaning bozordpgi ulushidan kelib chiqqan holda raqobatchilik strategiyasini 4 ta turga ajratib ko‘rsatadi:


  1. Lider strategiyasi.



  1. “Kurashga chaqiruvchi” strategiya.



  1. “Lider orqasidan boruvchi” strategiya.



  1. Mutaxassis strategiyasi.

Odatda lider bu asosiy bozorni rivojlantirishga katta hissa qo‘shuvchi firmadir. Liderning javobgarligini aniqlovchi eng tabiiy strategiya bo‘lib, yangi iste’molchilarni egallashga, mavjud tovarlarni qo‘llashda yangi tashviqotga yoki tovarlarni bir marta iste’molini o‘stirishga yo‘naltirilgan global talabni kengaytirish strategiyasi bo‘lib hisoblanadi.



Hujum strategiyasi raqobat strategiyasi bo‘lib, u bozor da’vogari tomonidan sotuv bozorlarini egallash kurashida qo‘llaniladi.

Mudofaa strategiyasi bozor liderining strategiyasi bo‘lib, u orqali korxona bozorda raqobat kurashida qo‘lga kiritgan yutuqlarini, pozitsiyalarini (masalan, bozorda katta ulushni saqlab qolish, mahsulot markasini obro‘sini ko‘tarish, tovar harakati kanallarini ustidan nazoratni saqlab qolish)ga intiladi. Mudofaa strategiyasi bozor sardori tomonidan o‘zining biznesini raqobatchilar tajovuzidan doimo himoya qilish maqsadida tanlanadigan strategiyadir. Mudofaa strategiyasining quyidagi turlari mavjuddir: pozitsiyali mudofaa, qanot mudofaasi, mudofaa qayta hujumga o‘tish yo‘li bilan, mobil mudofaa va qisilib qolayotgan mudofaa. Hujum strategiyasini qo‘llash natijasida firma bozorda o‘z ulushini oshirishga harakat qiladi. Bundan maqsad tajriba samarasini keng ishlatish hisobiga rentabellikni oshirishdan iboratdir. Demarketing strategiyasi esa bozor liderining to‘rtinchi strategiyasi bo‘lib, lider firma monopolizmda ayblanishdan qochish uchun bozordagi o‘z ulushini qisqartirishni ko‘rib chiqishi mumkin. Unga erishish yo‘llarini bittasi ko‘rsatilayotgan xizmatlarni, reklama va talabni rag‘batlantirish maqsadida qisqartirish, ayrim segmentlarda narxni oshirish hisobiga talab darajasini pasaytirish maqsadida demarketing tamoyillarini qo‘llash hisoblanadi.

Kurashga chaqiruvchi” strategiyasining maqsadi - lider o‘rnini egallashdir. Bu erda 2 ta muammo muhim hisoblanadi:




  1. Liderga hujum qilish uchun vaziyatni tanlash.



  1. Uning imkoniyatlarini va himoyasini baholash.

Vaziyatni tanlashda front bo‘yicha hujum yoki qanot hujumi muqobillari hisobga olinadi.




Yüklə 20,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin