Tasdiqlayman” Yoshlar bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari R. Yusupov



Yüklə 31,63 Kb.
tarix13.04.2023
ölçüsü31,63 Kb.
#97558
4.So\'zlashuv va muloqot madaniyati


TASDIQLAYMAN”
Yoshlar bilan ishlash boʻyicha direktor
oʻrinbosari _________ R.Yusupov
8.10.2022-yil
So'zlashuv va muloqot madaniyati

O`quvchilarga Ona tili — bu millatning ruhi, til – dil kaliti ekanligi haqidagi hikmatlarni uqtirib, Davlat tiliga bo`lgan hurmatni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda o‘quvchilar qalbi va ongiga boshqa millat va elatlar tillariga ham hurmat bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘ularini singdirish.
Og`ziga kelganni demoq nodonning ishi,

Oldiga kelganni yemoq hayvonning ishi.


Alisher Navoiy

Nutqda uch sabab katta ahamiyat kasb etadi,- degan edi bir kuni lord Morli quvnoq beadablik bilan, - kim gapirayapti, qanday gapirayapti, nimani gapirayapti? Ana shu uch omildan uchinchisi katta ahamiyatga ega
O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng, o`zbek tili davlat tili maqomini olishi bilan millatlararo va davlatlararo muloqot vositasiga aylandi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Yer yuzida esa bir necha yuzdan tortib, bir necha yuz millionni tashkil etadigan 1600 dan ortiq etnik guruhlar yashaydi. Bularning orasida faqat ikki yuzdan ortig`i o`zlarining mustaqil davlatlariga ega. Ushbu davlatlar orasida O`zbekiston Respublikasining ham borligi muhim siyosiy ahamiyatga egadir.
Etnik guruhlarning davlat tuzilmalari sonidan ko`pligi aksariyat mamlakatlarga ko`pmillatlilik xosligini ko`rsatadi, jumladan, bu O`zbekiston uchun ham xos holat.
Ko`pmillatlilik sabablari tahlil qilinganda odatda ikki holat kuzatiladi. Avvalo, bir mamlakat hududida qo`shni davlat vakillarining istiqomat qilishi oqibatida qaror topgan ko`pmillatlilik, ya‘ni O`zbekiston Respublikasida qo`shni (o`z mustaqil davlatlariga ega bo`lgan) qirg`iz, qozoq, tojik, turkman xalqlari vakillari azaldan yashab kelmoqda. Bunday turdagi ko`pmillatlilik Osiyo, Yevropa, Amerika, Afrikaning aksariyat mamlakatlarida ko`p tarqalgan bo`lib, uni tabiiy-tarixiy ko`pmillatlilik deb atash mumkin. U asrlar davomida yonma-yon hayot kechirib kelgan xalqlarning bir-birlari bilan aralash yashaganligining natijasidir.
Ikkinchi turdagi ko`pmillatlilikni shartli ravishda ijtimoiy-siyosiy ko`pmillatlilik deb nomlash mumkin. U bir-biridan tili, madaniyati, turmush tarzi bilan farqlanadigan xalqlarning turli ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy omillar ta‘sirida muayyan hududda birgalikda yashay boshlashi tufayli yuzaga kelgan. Turli urushlar, bosqinlar ham bunga sabab bo`lgan. Bunday hol dunyoning barcha mintaqalarida kuzatiladi.
So`zlashish va nutq madaniyati haqida juda ko`plab tavsiyalar berilgan. Inson qachonki, ko`p kitob o`qisa, keksa otaxon-onaxonlardan, allomalarimiz o`gitlariga quloq solsau qayerda, qanday gapirishni biladi. Quyida yana Tursunoy Sodiqova so`zlariga e‘tibor qaratamiz.

  • Tiling omadingdir, Qizim! ;

  • Sozning, xonandaning ovoziga qarab xush ko`radilar, shundaymi? Sen ham so`zlashganingda, avvalo, ovozingni eng chiroyli pardasini topib gapir;

  • Sen odam tanlamagin, so`z tanla. Topib aytilgan so`z dushmanni ham do`stga aylantira oladi;

  • Oy qizim, ovozingni ko`targan zahoting uyingdan fayz ko`tariladi. Yuzingdan husn ko`tariladi;

  • Bilgin, til qishni bahorga aylantira oladi. Topshiriq: “Bahs-munozara” mashqi.

  1. Nima uchun ba‘zi insonlar o`z ona tilisini buzib gapiradilar-

  2. Yana ba‘zi yoshlarimiz haddan tashqari qo`pol muomala qilishadi-

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me‘yorlariga e‘tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Yüklə 31,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin