Tayanch iboralar: foiz, baho, norma, qayta moliyalashtirish, nominal foiz, xaqiqiy foiz,bozor baxosi, kredit bahosi



Yüklə 45,77 Kb.
səhifə1/4
tarix25.12.2023
ölçüsü45,77 Kb.
#196745
  1   2   3   4
3-KURS 12-mavzu ma\'ruza


MAVZU.Kreditlashni tashkil etish asoslari
REJA:

1.Tijorat banklari foiz siyosati haqida umumiy tushuncha.


2.Foiz stavkalarining turlari.
3.Kredit bahosi va uni o‘rnatish tartibi.
Tayanch iboralar: foiz, baho, norma, qayta moliyalashtirish, nominal foiz, xaqiqiy foiz,bozor baxosi, kredit bahosi,
1. .Tijorat banklari foiz siyosati haqida umumiy tushuncha. Nominal foiz stavkasi. Real foiz stavkasi. Oddiy foizlar va ularni hisoblash tartibi. Murakkab foizlar va ularni hisoblash tartibi.
Korxonalar foydalanilgan qarz mablag’lari uchun kreditorga foiz shaklida to’lovni o’tkazadilar. Kreditning to’lash uni to’liq summada o’z egasiga qaytarilishinigina emas, shu bilan kredit uchun foiz shaklidagi to’lov bilan qaytarilishini ifodalaydi. Demak, kreditor o’z mablag’larini hech vaqt o’z hajmida qaytarib olish sharti bilan bermaydi, bunda u mablag’ni qarzga berganligi uchun muayyan to’lov talab qiladi (foizsiz imtiyozli kreditlar bundan mustasno).
Kreditning to’lovi nafaqat banklar xo’jalik hisobi maqomiga, shu bilan birga, korxonalarni bevosita foydasi bilan bog’liq xo’jalik hisobiga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi.
Kredit uchun haq to’lashning iqtisodiy mohiyati qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasidagi qo’shimcha olingan foydaning taqsimlanishini qayd qilishda namoyon bo’ladi. Ko’rib chiqilayotgan tamoyilning amaliyotda uchta asosiy funktsiyasini bajaruvchi bank foizi me’yorini o’rnatish jarayonida namoyon bo’ladi.
Tijorat banklarining foiz siyosati depozitlar va kreditlarning okilona foiz stavkalarini shakllantirish va foiz riskini boshkarish bilan boglik tadbirlar majmuasidir.
Tijorat banklarining foiz siyosatining asosiy jixatlari kuyidagilardan iborat:
1. Foiz siyosatining asosiy maqsad va vazifalari: foiz siyosatining asosiy maqsadi foiz siyosatida qbelgilab kuyilgan bo’lishi lozim. Ayrim banklarda foiz siyosatining asosiy maksadi sifatida foiz risklarini boshkarish tizimini takomillashtirish belgilab kuyiladi, boshkalarida esa sof foizli daromad darajasini oshirish kursatiladi.
2. Foiz riskini yuzaga keltirishi mumkin bo’lgan xolatlar: bunday xolatlar odatda kredit kuyilmalarining xajmini keskin oshirilishi natijasida yoki kreditlarning bozor stavkalarini sezilarli darajada oshishi natijasida yuzaga kelishi mumkin.
3. Foiz riskini boshkarish usullari: odatda bank amaliyotida foiz riskini asosiy boshkarish usullari sifatida foizli svoplardan keng foydalanadilar, kichik banklarda esa ko’proq kredit riskiga limitlar o’rnatish uslubidan foydalanadilar.
4. Foiz stavkalarini o’stirmaslik makomini belgilash tartibini joriy kilish.
Tijorat banklarining daromad olish soxasi faoliyati uning foiz siyosati orkali amalga oshiriladi. Bank kredit bera turib mijozning foyda olishi uchun shart-sharoit yaratar ekan, demak, o’zining manfaatini xam amalga oshirgan bo’ladi. Banklar foiz siyosatini amalga oshirishda omonatlar bo’yicha to’lanadigan foizni ularning o’zlari takdim etadigan ssudalar uchun oladigan ssuda foizidan pastroq qilib belgilaydi. Olingan va to’langan foizlarning summalari urtasidagi farq banklarning foydasini tashkil etadi.
Tijorat banklari xar bir aniq kelishuvlarida foiz me’yorini xisoblaganda quyidagilar e’tiborga olinadi:
- ta’minlangan ssudalar bo’yicha eng kreditga layokatli mijozlar uchun aniq muddatga beriladigan bazaviy foiz stavkasining darajasini;
- xar bir aloxida kelishuvning shartlarini inobatga olgan xolda tavakkalchilik uchun qo’shimcha to’lov.

Yüklə 45,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin