Termiz davlat universiteti pedagogika instetuti



Yüklə 90,76 Kb.
səhifə1/2
tarix25.01.2023
ölçüsü90,76 Kb.
#80606
  1   2
Termiz davlat universiteti pedagogika instetuti


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA INSTETUTI
MAKTABGACHA TA’LIM VA TEXNALOGIK TA’LIM FAKULTETI

Maktabgacha pedagogika”
fanidan
Himoyaga tavsiya etaman
Fakultet dekani
Begimqulov.O
KURS ISHI
MAVZU: Maktabgacha ta’lim tarixi va hozirgi maktabgacha ta’lim.
Talaba: 1-kurs “103” guruh talabasi
Ergashova Sitora Abdurasul qizi
Ilmiy rahbar:
O’tasheva Lola
Himoyaga tavsiya etildi
“Maktabgacha ta’lim metodikasi ” kafedrasi
Mudiri: ______________________ ___________
MUNDARIJA
I.Kirish
II.Asosiy qism

  1. Maktabgacha ta’lim tarixi va hozirgi maktabgacha ta’lim. “Ilk qadam” dasturining yaratilishi va uning ahamiyati.

  2. “Ilk qadam” dasturi asosida Pedagogik jarayonni

rejalashtirish vazifalari

  1. “Ilk qadam” dasturi orqali Ta'lim- tarbiya

ishlarini rejalashtirish mazmuni.
III.Xulosa va tavsiyalar
IV.Adabiyotlar ro’yxati
V. Ilovalar

KIRISH
Mamlakatimizda ta'lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratiimoqda. O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo'Ijallangan Harakatlar strategiyasida maktabga­cha ta’lim tizimini qayta ko'rib chiqish va uni yanada takomil­


lashtirish vazifalari belgilab berildi. Bu muammolarni to'laqonli hal etishda o'qituvchi-peda-gogning intellektual salohiyati va kasbiy mahorati muhim aha-miyat kasb etadi. Shu boisdan ham amalga oshirilayotgan ish­larni pedagogik tahlil qilish, ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarining samarali kechishini ta'minlash zaruriyati yuzaga keldi. Bu ta­lablar pedagogika oliy o'quv yurtlarining maktabgacha ta'lim
yo'nalishi bo'yicha malakali kadrlar tayyorlashga ham taalluq-li bo'lib, bu ixtisos beradigan fanlarning nazariy jihatdan yana­da takomillashtirishni taqozo etadi.
"Maktabgacha pedagogika” fani bo'yicha tayyorlangan ush­bu darslikda ana shu nazariy-metodologik asoslarga tayanilgan holda asosiy e'tibor - maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari, uning ilmiy-tadqiqod metodlari, maqsad va vazifalari,maktabgacha ta’lim didaktikasi, O'zbekistonda maktabgachata'limning vujudga kelishi, rivojlanishining asosiy bosqichlari,ta’lim sohasi bo'yicha qabul qilingan huquqiy-me’yoriy qonun hujjatlari, maktabgacha yoshdagi bolalarni har tamonlama tar-biyalashning o'ziga xos xususiyatlar, shakl va usullari, bolalarni
maktab ta'limiga tayyorlashning nazariy asoslari, oila, maktab va maktabgacha ta'lim muassasasi o'rtasidagi hamkorlik alo-qalari, turli xil maktabgacha ta'lim muassasalari ishini tashkil etish, ularga rahbarlik qilish va maktabgacha ta'lim tizimi to­monidan nazorat qilish kabi masalalar tahliliga qaratilgan.Darslikda ilk bor maktabgacha pedagogika fanining vu­judga kelish tarixi, maktabgacha ta'lim didaktikasi, Maktab­
gacha ta'lim vazirligi faoliyati, "Bolalar huquqlari to'g'risida
Kurs ishi maqsadi: Ilk qadam” o’quv dasturida ta'lim-tarbiya jarayoni rejalashtirilishi ni o'rganish.
Kurs ishi vazifalari: Kurs ishimizda quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
A) Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishda “Ilk qadam” o’quv dasturining ahamiyatini ilmiy adabiyotlardan o‘rganish.
B Maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishda “Ilk qadam” o’quv dasturining ahamiyati asosida ta'lim- tarbiya ishlarini rejalashtirish va hisobga olishni o'rganish
G) Kurs ishi natijalarini tahlil qilish, tegishli xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishi ob’ekti: Ilk qadam” o’quv dasturida ta'lim-tarbiya jarayoni rejalashtirilishi.
Kurs ishi metodlari: ishimizni tayyorlashda quyidagi metodlardan
foydalandik.

  1. Kuzatish

  2. Suhbat.

  3. Savol javob.

  4. Tajriba

  5. Bolaning maktab ta’limiga yetukligini tashxislovchi metodikalar.

Kurs ishining amaliy va ilmiy ahamiyati: Ushbu ishimizda , Ilk qadam” o’quv dasturida ta'lim-tarbiya jarayoni rejalashtirilishi ni o'rganib chiqamiz va tahlil qilib ma'lumotlar yig'amiz. To'plangan ma'lumotlardan ertangi kunda tarbiyachilar va bo'lajak mudiralar foydalanishlari mumkin bo'ladi.
Kurs ishi tuzilishi. Kurs ishi kirish, asosoiy qism, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat
1. Bilimlar, ko’nikma, malakalar dasturining yaratilish tarixi.
Maktabgacha ta’lim sohasida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlarni bugun har bir yurtdoshimiz sezib, kuzatib turibdi. Ta’limning poydevori hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimiga davlat tomonidan bu qadar tizimli va bir-birini to‘ldiruvchi e’tibor hamda ama­liy yordam kuzatilmagan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Sohada yig‘ilib qolgan muammolarni hal etish va 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning to‘laqonli ta’lim-tarbiya olishini ta’minlash masalasi davlatimiz rahbari tomonidan kechiktirib bo‘lmas vazifa sifatida ilgari surildi. Sababi bog‘chalar ta’lim muassasasi vazifasini bajarish o‘rniga ota-ona ishda bo‘lgan vaqtda bolaga qarab turadigan muassasaga aylanib qolgani, qamrovning pastligi, binolarning ta’mirtalabligi, boshqa maqsadlarda ishlatilgani, metodik jihatdan to‘liq ta’minlanmagani, pedagoglar ijtimoiy himoyasi va maoshining pastligi kabi kompleks muammolarni hal etish kechiktirib bo‘lmas masala edi. Keyingi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizga kamaygani, 2,45 million boladan 818 ming nafarigina bog‘chalarga qamrab olingani bu fikrlar isboti bo‘la oladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasining yaroqsiz holati bolalarni maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlashga imkon bermasdi.
Ayrim mutasaddilarning sustkashligi tufayli sohani rivojlantirish bo‘yicha belgilangan ishlar vaqtida bajarilmagani, no­davlat bolalar bog‘chasini ochish borasidagi harakatlar paysalga solingani, joylardagi bog‘chalarda qurilish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmagani kabi kamchiliklar o‘z ortidan uzluksiz xatoliklarni ergashtirib kelardi. O‘rganish shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha ta’limni boshqarishning amaldagi tizimi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, mazkur sohani yanada rivojlantirish uchun innovatsion qarorlarni ishlab chiqish va joriy etish imkonini bermay qolgan edi...

2017-yil 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilish maktabgacha ta’lim tizimi tarixida qoladigan yig‘ilish bo‘ldi. Shu kuni mamlakatimiz Prezidenti davlat milliy genofon­dini mustahkamlash borasida gapirib, ta’limning ilk bosqichini rivojlantirishning ko‘plab yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Xususan, maktabgacha ta’lim tizimini tar­kibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassa­salarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yildi.
— Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri keladi: ta’lim-tarbiya — biz uchun hayot-mamot masalasidir, — dedi Prezident. — Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biror-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi.
Bog‘cha tarbiyasini olgan bola bilan bog‘chaga bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi o‘rtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas.
Shuning uchun ham biz maktabgacha ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish masala­sini davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bu borada katta ishlarni boshladik. Agar shu ishni har tomonlama puxta o‘ylab amalga oshirmasak, butun ta’lim tizimida sifat o‘zgarishiga erishishimiz, ta’limning uzluksizligini ta’minlashimiz qiyin bo‘ladi, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
BUGUN
Yuqoridagi ayrimlarinigina sanaganimiz boshi bor-u oxiri ko‘rinmay qolgan muammolarni bartaraf etish uchun birinchi qadam sifatida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida qabul qilingan Prezident qarorida keng ko‘lamli tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutildi. Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, tizimni tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, boshqaruv tuzilmasini tashkil etish choralari belgilandi.
“O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi.
— Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qam­rab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivoj­lantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo‘yildi, — deydi Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin.
Metodik ko‘mak qanchalik zarur?
Har qanday ta’limning asosi — metodika, jumladan, maktabgacha ta’limniki ham. Maktabgacha ta’limni sifat bosqichiga ko‘tarishda yangi ta’lim metodlari, innovatsi­on texnologiyalarning ahamiyati katta. Sababi MTTning moddiy-texnik bazasi yuqori bo‘lsa-yu, tarbiyachi bola bilan ishlamasa, unga har kuni yangi ma’lumotlarni o‘rgatmasa, hamma qilingan harakatlar natijasi nolga tenglashib qoladi. Sohadagi mutaxassislar mahoratini oshirish, ularga zaruriy metodik ko‘mak berish maqsadida Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislari­ni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tashkil etildi.
Maktabgacha ta’lim sohasiga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Qabul qilinayotgan barcha-barcha qarorlarni amalga oshiradigan, farzandlarimizga eng zarur hayotiy tushuncha va ko‘nikmalarni o‘rgatadigan yuqori malakali tarbiyachilarni tayyorlash masalasi kun tartibiga chiqdi. Bu sohada zamonaviy talablarga javob beradigan ilg‘or pedagogik usul va uslublarni ishlab chiqish, o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodi­ni yaratish va nashr etish ham g‘oyat dolzarb vazifa edi. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivoj­lanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasi­ning Davlat o‘quv dasturi qabul qilindi. Endilikda zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyachilari bolalarni erkin qo‘ygan holda faollik markazlarida o‘yin mashg‘ulotlari orqali yangi ma’lumotlarni o‘rgatmoqda.
Maktabgacha ta’lim tizimida oliy ma’lumotli mutaxassislarga ehtiyoj esa pedagogika universitetlarida maktabgacha ta’lim yo‘nalishiga qabul kvotalarining oshirilishi va nomutaxassis kadrlarni qayta tayyorlovdan o‘tkazish evaziga to‘ldirilmoqda. Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida maktabgacha ta’lim tizimidagi pedagog kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-reja va dasturlarni takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari maxsus sirtqi bo‘limlarining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha 2018—2023-yillar uchun kvotalar ajratish masalasiga e’tibor qaratildi.
— Hozirgi zamon tarbiyachisi kasbiy mahoratini doimiy tarzda oshirib borishi, ilg‘or pedagogik texnologiyalarning izchil metodlari mohiyatini to‘liq anglashi va ular­dan mashg‘ulotlarida mohirona foydalanishi zarur. Ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta’lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amali­yotga joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir, — deydi Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar xodimlari­ni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti katta o‘qituvchisi Mavluda Rustamova. — Tarbiyalanuvchilarning ongi, dunyoqarashini o‘stirish, ularni mashg‘ulotlarda erkin fikrlaydigan erkin ishtirokchiga aylantirish nihoyatda muhimdir. Tarbiyachi mashg‘ulotda boshqaruvchi, bolalar esa ishtirokchiga aylanmog‘i lozim. Ana shu vazifani uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi ko‘p qirrali samara keltiradi. Maktabgacha ta’limda ko‘proq bolalarning yoshi, fiziologik holatini hisobga olish lozimligini unutmaslik kerak. Oddiy, oson va kam vaqt sarflanadigan o‘yin mashqlaridan foydalanib, faollik markazlarida ish olib borish yaxshi samara beradi. Ko‘proq atrof-muhit bilan bog‘lab o‘tilgan mashg‘ulotlar bolalar ongi, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon etish qobiliyatlarini, mustaqil ishlash ko‘nikmasi­ni, ya’ni hayotiy kompetensiyasini rivoj­lantiradi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim: nimasi afzal?
Ochig‘i, avvallari xususiy bog‘cha degan nomning o‘zi odamlarni biroz o‘zidan itarardi. Chunki davlat bog‘chasi bilan xusu­siy bog‘cha narxi o‘rtasidagi tafovut keskin farqlanar, bunday ta’lim tashkilotiga moddiy jihatdan baquvvat oilalar farzandlari borishi kerak degan tushuncha shakllangan edi. Bu qarash bugun biroz bo‘lsa-da o‘zgardi. Sababi nodavlat maktabgacha ta’lim muassa­salari tarmog‘ini kengaytirish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar evaziga bugun yurtimizda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni keskin ortdi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasi­ni mustahkamlash, yangi bog‘chalar qurish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Bu esa tizimda sog‘lom raqobatni shakllantirish hamda ta’lim xizmatlari turini ko‘paytirishga xizmat qiladi. Investorlar tashkil etilayotgan maktabgacha ta’lim muassasalarida davlat ta’lim talablari­ga, sani­tariya-gigiyena va boshqa normalarga rioya qilish, kelishuv amal qilishining butun muddati davomida faoliyat yo‘na­lishini saqlab qolish, shuningdek, maktabgacha ta’lim xizmatini ko‘rsatish narxining maqbulligi va arzonligini ta’minlash uchun mas’ul bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Bunda investorlarga preferensiyalar, shuningdek, imtiyozli kreditlar taqdim etilmoqda.
Nega NMTT narxida o‘zgarish ro‘y berdi?
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning tizimidagi muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra bo‘sh turgan binolar nol qiy­matda tadbirkorlarga berildi, davlat-xusu­siy sheriklik (DXSh) shartlarida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun qator soliq imtiyozlari nazar­da tutildi. Xususan, nodavlat MTM faoliyat ko‘rsa­tishni boshlagan paytdan boshlab 10 yil muddatga barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan, DXSh to‘g‘risida bitim tuzilgan kundan boshlab 2 yil muddatga — tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib keli­nadigan asbob-uskunalar, inventar, o‘quv qo‘llanmalari va o‘yin zonalari uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etildi. Davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida faoliyat yuritadigan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan subsidiyalar ajratilishi bel­gilandi. Bular narx siyosatiga ta’sir etmasdan qolmaydi, albatta.
— Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qabul qilingan qator me’yoriy hujjatlar asosida hududda 12 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, 115 ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi bog‘cha ishga tushirildi, — deydi Surxondaryo viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Robiya Kattayeva. — Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan 200 dan oshiq xonadon bog‘chalar ham bolalarni maktabga tayyorlash borasidagi maqsadlarimizni amalga oshirishda ko‘makchi bo‘lyapti. Ayniqsa, viloyatning chekka hududlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotida bolasi tarbiyalanishni istagan ota-onalar orzusi amalga oshyapti. Qayerga bormang: yig‘ilishgami, to‘ygami, ma’rakagami barcha bog‘chalar haqida gapiradi, bolalari yozish-chizishni o‘rganayotganini aytadi...
Maktabgacha ta’limning muqobil shakllari
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: davlat mak­tabgacha ta’lim tashkilotlari quvvati bolalar soniga nisbatan kam bo‘lganda,
yechimni nimada ko‘rish mumkin? Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlashga bosqichma-bosqich o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida 2018-2019- o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona viloyati va poytaxtimizning ayrim tumanlarida bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bepul bir yillik tayyorlashni joriy etish tajriba loyihasi amalga oshirildi. Loyihani amalga oshirish uchun jami 494 ta guruh tashkil etildi.

Tajriba guruhlari maktabgacha ta’lim muassasalariga bormaydigan bolalarga maktabgacha ta’lim va tarbiya olishda yordam berish, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etildi. Guruh­lar davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning negizida ochildi.
— Tajriba guruhlarida 3-4 soat davomi­da bir yoki ikki smenada ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etiladi. Bitta guruhdagi bolalar soni 30 nafardan oshmasligi kerak, — deydi Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Jamila Javlonova. — Tajriba guruhlari maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat tomonidan belgilangan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalaydi va maktabga tayyorlaydi. Bunda bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari, albatta, hisobga olinadi.
Tajriba guruhlariga 5 yoshdan oshgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga borma­yotgan bolalar qabul qilinadi. Boshlang‘ich ta’limga majburiy yillik tayyorgarlikdan o‘tgan bolalarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Maktabgacha ta’limning ushbu muqobil shakli bog‘chaga bormagan bolani birinchi sinfga borganida tengdoshlaridan kam bo‘lmagan darajada faollashtirishni ko‘zlaydigan dastur asosida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlaydi. Demak, bu barcha ota-onalar uchun qulay va davlat tomonidan himoyalangan ta’lim shaklidir.
Iligi to‘q bola
Tizimdagi eng og‘riqli masalalardan biri bu ovqatlanish bilan bog‘liqligi hech kimga sir emas. Bu yo‘nalishda Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan bolalar haqiga xiyonat qiladiganlarga qarshi keskin chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgani ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali kunda-kunora tasdig‘ini topmoqda. Bunday munofiqlarni nafaqat qonun oldida jazolash, balki aholi o‘rtasida ham obro‘sizlantirish, bunday maqsaddagi rahbarlar sonini keskin kamaytirishga xizmat qiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalariga tadbirkorlik subyektlari bilan tegishli talablarga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish to‘g‘risida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga eksperiment tariqasida ruxsat berildi.
Mazkur eksperiment yakunlari bo‘yicha respublikaning boshqa hududlarida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini va maktabgacha ta’lim muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish tartibi joriy etildi.
— Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tadbirkorlik subyektlari bilan sifat talablariga va sanitariya-gigiyena me’yorlariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish ishlari sinov tariqasida amalga oshirish belgilangan, — deydi Samarqand viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilfuza Azizova. — Hududdagi MTTlarda autsorsing xizmati asosida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirishni yo‘lga qo‘yganimizda tadbirkor muassasa oshxonasini ijaraga olib, sifatli va xavfsizligi ta’minlangan oziq-ovqat mahsulotlaridan sanitariya-gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda taomlar tayyorlayotgani, yarimtayyor va tayyor mahsulotlarni yetkazib berayotganiga guvoh bo‘ldik. Shuningdek, har bir bolaga indivi­dual yondashuv ularning jamoat joyida ovqat­lanish madaniyatini shakllantiradi. Alohida oshxonalarni tashkil etish guruh xonalarining tozaligini saqlaydi. Tashkilot xodimlarining e’tibori bolalarning ta’lim-tarbiyasiga qaratiladi.
Maoshingiz qancha?
Maktabgacha ta’lim muassasalari xodim­larini moddiy rag‘batlantirishning past darajasi bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir malakali muta­xassislar bilan ta’minlay olmaslik holatiga sabab bo‘lar edi. Masalan, 1993-yilga qadar maktabgacha ta’lim muassasalarining tarbiyachisi va umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi mehnatiga haq to‘lash miqdori bir xil bo‘lgan bo‘lsa, hukumatning alohida qarorlari bilan hozirga qadar umumta’lim maktablari pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash miqdorlari bi necha marta oshirilgani holda maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining ish haqi miq­dorlari o‘zgarishsiz qoldirilganligi hisobiga ularning o‘rtacha ish haqi miqdori umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qi­tuv­chisiga nisbatan 60 foizni tashkil etgan, xolos.
Bu esa, o‘z navbatida, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari iste’dodi, kasb mahorati va ish faoliyatida shaxsiy hissasi namoyon bo‘lmasligiga hamda muassasaning pedagogik salohiyatini pasaytirishga olib kelgan.
Shu sabab maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, xodimlarning mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirishning munosib shart-sharoitlarini yaratish, yuqori malakali kadrlarni, shu jumladan, yosh bitiruvchilarni jalb etish, jamiyatda maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglarining nufuzini oshirish ustida ish olib borilmoqda.
2018-yil-sentabr oyidan boshlab oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tayyorlov guruhi (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) tarbiyachisi mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari miqdori umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining bazaviy tarif stavkalari miqdoriga tenglashtirilishi belgilab qo‘yildi.
Bundan tashqari, qaror bilan maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida hamda qishloq joylardagi aholi turmush darajasini inobatga olib, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor, Qamashi, Chiroqchi, Nishon, Yakkabog‘ va G‘uzor tumanlarida, Buxoro viloyatining Olot, Shofirkon, Qorako‘l, Peshku va Romitan tumanlarida, Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Boysun, Qumqo‘rg‘on, Uzun, Sariosiyo tumanlari­da joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida 2023-yilning 1-yanvarigacha ota-onalar badal to‘lovi miqdorini 50 foizga kamaytirish nazarda tutildi.
Hukumatimiz tomonidan maktabgacha ta’lim tizimida mehnat qilayotgan xodimlarning moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi hamda qishloq hududlarda bog‘chalar uchun ota-onalar to‘lovining keskin pasaytirilishi maktabgacha yoshdagi bolalarni bog‘chalarga qamrab olish darajasini oshirishga hamda maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
ERTAGA
Qaror bilan belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi natijasida, maktabgacha ta’lim tizimi va uni rivojlantirish uchun alohida e’tibor qaratiladi, o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’lim-tarbiyaning samarali shakl va usullari joriy etiladi, maktabgacha ta’lim muassasa­larining moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi, 5-6 yoshli bolalarni maktabgacha ta’limga 100 foiz qamrab olish imkoniyati yaratiladi. Ta’limning poydevor qatlamida bunday ta’lim muhitining yaratilishi pirovardida erkin fikrlovchi SHAXS kamoli diqqat mar­kazda turibdi.
Zero, bugungi kunda MTTlarda tarbiyalanayotgan bolalarga 93 555 mingdan ziyod pedagog xodimlar ta’lim-tarbiya beradi. Bolaning dunyoqarashi, didi shakllanadigan davr maktabgacha ta’lim yoshiga to‘g‘ri keladi. Demak, bu yoshdagi barcha bolalar maktabgacha ta’limga qamrab olinadi.
Dunyo mamlakatlarining maktabgacha ta’lim sohasidagi tajribalarini o‘rganish va ulardan milliy mentalitetimizni hisobga olgan holda foydalanish natijasida xalqaro standartlar darajasidagi maktabgacha ta’lim tizimi yaratiladi.
Maktabgacha ta’lim tizimi oldiga qo‘yila­digan davlat talablari, ta’lim-tarbiya dasturlari ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtiriladi. Ushbu dasturlar bolalarga o‘qish va yozishni turli o‘yinlar orqali o‘rgatish, ularning zerikmasligi, aksincha, bog‘chaga xursand bo‘lib borishiga xizmat qiladi.
2030-yilga qadar...
Maktabgacha ta’lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiya tashkil etildi. Komissiya tomonidan maktabgacha ta’lim sohasidagi qonunchilik undagi bo‘shliqlar, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni yuzaga kel­tiruvchi normalarni aniqlash nuqtayi nazaridan tahlil etildi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasida davlat siyosatini samarali ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash hamda kompleks o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Shunga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilib, uni amalga oshirishni ko‘zlovchi “Yo‘l xaritasi”da 2019—2024 va 2025—2030-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi.
Konsepsiya o‘rta va uzoq muddatli istiqbol uchun maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadlari, vazifalari, ustuvorliklari va bosqichlarini belgilab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. Hujjat malakali pedagog kadrlar yetishmovchiligi, davlat MTTlarining to‘lib ketganligi, moddiy-texnik holatining nomuvofiqligi hamda davlat o‘quv-metodik materiallari bilan past darajada ta’minlanganligi muammolarining hal etilishini nazarda tutadi.
Xususan, 2030-yilgacha maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan bolalar miq­dorini joriy 38,1 foizdan 80,8 foizgacha orttirish vazifasi qo‘yilgan. Shu bilan birga, MTV tomonidan ta’lim muassasalari quvvatlari­ning kuchaytirilishi davom ettiriladi: 2021-yilga kelib o‘rinlar miqdori yangi MTMlarni ochish hisobiga 56,8 foizga (2030-yilga kelib — 132,3 foizga) ortadi, hamda davlat-xususiy sherikligi va respublikaning chekka tumanlari uchun dolzarb muqobil maktabgacha ta’lim shakllari rivoj­lantiriladi. Keyingi yillarda pedagogik va boshqaruv kadrlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ishlar ikki yo‘nalishda olib boriladi: pedagoglar miqdorini orttirish va maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va rivojlantirishda yangi yondashuvlarni tatbiq etish. Konsep­siya bilan belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar respublika miqyosidan viloyat, tuman va shahar darajasigacha tushadi hamda ushbu natijalarga erishish uchun qay miq­dorda mablag‘larining zarurligi to‘g‘risidagi hisob-kitoblar bilan asoslanadi

2. “Ilk qadam” dasturining yaratilishi va uning ahamiyati.
1932-yil - Bolalar bog'chasi programmasini dastlabki loyihasi ishlab chiqildi. Bu bolalar bog'chasi ishini tartibga solishga, tarbiyachi faoliyatiga yo'nalish va mazmun berishga yordam beradi.
1934-yil - Tarbiyalash programmasi va bolalar bog'chasi ichki tartib qoidalari nashr ettirildi, unda bolalar muassasa-sidagi bolalar hayotini mazmunli va qiziqarli tashkil etish ma- salalariga e'tibor qaratilgan edi. Programmada ijtimoiy, jismoniy, rasm, loy, mehnat, nutq o'stirish, kitob va rasmlar bi-lan mashg'ulotlar, dastlabki matematik tasawurlarni rivojlan-tirish, savod chiqarish bo'limlari mavjud edi, biroq unda mu-rakkab bilish materiallarining kiritilmaganligi, bolalarning yosh xususiyatlari hisobga olinmaganligi, pedagogik jarayonni tashkil etishda tarbiyachining rahbarlik roli yoritib berilmagan edi.
1938-yil - Bolalar bog'chasining tarbiyachisi uchun qo'llanma nashr etildi.
Ushbu qo'llanmada bolalarni tarbi-yalash vazifalari, bolalarning yosh xususiyatlariga mos ravishda, tarbiyaning ayrim bo'limlari - jismoniy, aqliy, axloqiy tarbiyalash masalalari yetarli o'z vazifasini topdi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berish vazifalariga ilmiy asosda yon- dashildi. Shuning uchun ota-onalar bilan ishlash masalalari ham qo'llanmada o'z aksini topdi.
1953-yil - Bolalar bog'chasida ta'limga ilmiy yondashuv munosabat bilan
qo'llanma qayta ishlab chiqildi. Ushbu bolalar egallashi lozim bo'lgan bilim mundarijasi aniq yoritib berildi.
1959-yiI - Maktabgacha tarbiya muassasalarini yanada rivojlantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga tibbiy xizmatni ko'rsatishni yaxshilash choralari to'g'risidagiqarori qabul qilinadi. Unda mahalliy sharoit va imkoniyatlarini nazarda tutib, bolalar muassasalari ishini ikki "yasli" va "bolalar" bog'chasini yagona Maktabgacha ta'lim bolalar muassasasi qilib birlashtirish va maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning yagona programmasini tuzish belgilandi.
1964-yil - Bolalar bog'chasida tarbiya programmasi nashr etildi. Unda ilk yoshdan to maktabga tayyorlov yoshgacha bo'lgan davrlarda olib boriladigan ta'lim - tarbiya ishlari yoritib berildi.
1972-yil - Maktabgacha ta'lim muassasalarining yangi "Bolalar bog'chasida tarbiya programmasi bilan ishlashga o'tkazish to'g'risidagi 1972-yil may qaroriga binoan yangi programma qabul qilindi. Programmada - bolalar bog'chasining vazifalari-
aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, mehnat, o'yin mashg'ulotlar ro'yxati va haftalik taqsimoti, guruhlar bo'yicha bolalarni tarbiyalash vazifalari, ularning rivojlanish xususiyatlari, o'quv faoliyatining boshlang'ich formalarini egallash, tarbiyachi va ota-onalar hamkorligi masalalari aks ettirilgan edi.
1978-1980-yilIar - Bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya prog-rammasi
takomillashtirildi va qayta nashr etildi.
1980-1999-yillar - Bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya pro- grammasining bir necha bor takomillashtirish jarayonlari bo'lib o'tdi. Mustaqilligimizning ilk mevasi bo'lgan "Uchinchi ming yillikning bolasi" dasturi qabul qilindi. Unda bolalarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash va ularga ta’lim berishning uch asosiy: ma'naviy, jismoniy va nutq rivojlanishi yo'nalishlari belgilab berildi.
2010-yil - O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim Vazirligi tomonidan
"Bolajon" tayanch dasturi nashrga tavsiya etildi.
2018-yiI - O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan
"Ilk qadam" o'quv dasturi qabul qilindi
“ILK QADAM" DAVLAT O'QUV DASTURI
Maktabgacha ta'lim muassasasining davlat o'quv dasturi "O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari"ga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo'lib, unda maktabgacha ta'lim muassasasining maqsad va vazifalari, o'quv- tarbiyaviy faoliyatning asosiy g'oyalari, maktabgacha yoshdagi bolalarni ta'limning keyingi bosqichiga o'tishidagi asosiy kompe- tensiyalari belgilab berilgan3,
O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan bar-cha maktabgacha ta'lim muassasalari uchun (davlat, nodavlat, maxsus va boshqalar) ushbu dastur asosiy manba bo'lib xizmat qiladi
O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta'lim muassasalarida:
davlat maktabgacha ta'lim muassasalari;maktabgacha ta'lim sohasida xizmat ko'rsatuvchi nodavlat muassasalari;maktabgacha guruhlarga ega bo'lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;maktabgacha va boshlang'ich ta'limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida - ushbu davlat o'quv dasturini qo'llash majburiydur.
Davlat o'quv dasturi VII bobdan iborat bo'lib, 1 bobda MTM davlat o'quv dasturini qo'llash va MTMning maqsad va vazifalari aks ettirilgan.
Davlat o'quv dasturi variativ o'quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
Ta'lim muassasalari Maktabgacha ta'lim vazirligi tomoni-dan tasdiqlangan variativ o'quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
Ta'lim muassasasi Davlat o'quv dasturi asosida o'zining MTM ishchi o'quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta'limmuassasasining ishchi o'quv dasturi muassasa pedagoglari to-monidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi.
Davlat o'quv dasturida MTMning quyidagi maqsad va vazi-falari belgilab berilgan:
bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat ta-lablari asosida hamda Davlat o'quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart- sharoitlar yaratish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning o'quv-tarbiyaviy faoli-yatini tashkil qilish va amalga oshirish;
bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;
bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o'zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.
II bob - MTM ta'lim jarayonining maqsad va tamoyillari deb nomlanib, u quyidagilarni:

  • MTM ta'lim jarayonining maqsadlari

  • MTMda ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari

  • Qo'shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish

  • Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan ta'lim faoliyati

  • Ota-onalar bilan hamkorlikni o'z ichiga oladi.

Davlat dasturida MTM ta'lim jarayonining maqsad va ta-moyillari aks ettirilgan bo'lib:

  • O'quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir.

MTMda ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari:
bola huquqlari, o'ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyat- larini hisobga olish;
ta'lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o'zaro bog'liqligi;
bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo'llab-quvvatlash;
o'yin orqali ta'lim berish va rivojiantirish;
bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;
bola uchun xavfsiz muhitni ta'minlash;
MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;
milliy madaniy an'analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan ta'lim faoliyati.
Maktabgacha ta'lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalarni qo'llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari javobgar bo'ladi.
Zarurat tug'ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta'lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o'quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
Ota-onalar bilan hamkorlik
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlash uchun maktabgacha ta'lim muassasasi ota-onalar bilan o'zaro ham-korlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:ota-onalarning maktabgacha ta'lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish;
ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish; ota-onalarni o'quv- tarbiyaviy jarayonda faol qatnashisbga jalb etish;
ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo'llab- quvvatlash.
Ill bob - Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv deb nomlanib, dastur majburiy 5 ta ta'lim sohasini o'z ichiga oladi.
«Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi kompetensiyalari«Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari «Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari» sohasi kompe-tensiyalari
«Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari«Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalariMaktabgacha yoshdagi (6-7 yosh] bolaning umumiy muhim kompetensiyalari

  • Kompetensiya bolaning bilim, ko'nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir. Boshlang'ich kompetensiyalar, rivojlan-ish sohasidan qat'iy nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

  • Kommunikativ kompetensiya - muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko'nikmasi.

  • O'yin kompetensiyasi - bolaning o'yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko'nikmalardan ijodiy foydalanishi. O'quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi.

  • Ijtimoiy kompetensiya - hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me'yorlariga rioya qilgan holda o'zini tutish mahorati.

  • Bilish kompetensiyasi - atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko'nikma, malaka va qadriyatlardan o'quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.

VI - O'quv-tarbiyaviy faoliyat bobida O'zbekiston Respublikasidagi barcha MTMlarda tashkil etiladigan o'quv va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish masalalarini o'z ichiga oladi.
Bunda MTMlarda o'quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish turlari yillik mavzuviy va haftalik ish rejalari va tarbiyachi tomonidan rejalashtirishni amalga oshirish yoritib beriladi.
O'quv-tarbiyaviy faoliyat «O'zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari» asosida amalga oshiriladi.
V bob Bolaning rivojlanish sohalari bo'yicha yutuqlari MTM pedagoglari tomonidan bolaning rivojlanishini kuzatib borishxaritasi yiliga uch marta to'ldiriladi (3 dan 7 yoshgacha bo'lgan davrni o'z ichiga olgan) shuningdek, 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi ham to'ldiriladi. Bu xarita Davlat
dasturiga muvofiq bolar rivojlanishning beshta sohasi kompetensiyalari bo'yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi.
VI - Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish bobida Maktab-gacha ta'lim muassasasida quyidagi mazmunda:

  • ko'rgazmali-rivojlantiruvchi/

  • madaniy-tarixiy qadriyatlar:

  • milliy va mintaqaviy an'analar;

  • tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo'lishi yoritiladi;

  • II bob Ilovalarni o'z ichiga olib ushbu dasturni amaliyotda qo'llashning mazmun va mohiyati yoritib beriladi.

Dastur - muhim vosita bo'lib, uning yordamida tarbiyachi-lar (mutaxassislar) O'zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablariga muvofiq muayyan yosh guruhidagi bolalar uchun eng maqbul va samarali shakllar, metodlar va ta'lim jarayonini tashkil qilish yo'llarini belgilaydi.
Dastur uchta asosiy bo'limni qamrab oladi:maqsadli - bu tushuntirish xati hamda dastur o'zlashtirilishining rejalashtirilayotgan natijalarini o'z ichiga oladigan bo'lim;
mazmunli - bu Dasturning umumiy mazmunini ifodalov- chi va bolalar shaxsining to'laqonli rivojlanishini ta'minlovchi bo'lim;
tashkiliy - bu Dasturning moddiy-texnik ta'minoti ta'rifini, ta'lim va tarbiyaning metodik materiallar va vositalar bilan ta’minlanganligini, kun tartibini, shuningdek, tadbirlar,
bayramlar, rivojlantiruvchi muhitni o'z ichiga oluvchi bo'lim. «Ilk qadam» dastur nomining falsafiy mazmuni - bilimlar dunyosiga birinchi qadam, birinchi muvaffaqiyat, go'zallik,yaxshilik, samimiylik - milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarbiyalashning ilk asoslari.
Dasturning mazmuni - ijtimoiy hodisalar, inson va uning faoliyati, xulq-atvor me’ yorlari, san'atning janr va turlari, jonli va jonsiz tabiat, kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qilish kabilardan tashkil topgan.
"Ilkqadam” dasturiga binoan maktabgacha ta'lim muassasasining turli yosh guruhlaridagi: «Til va nutq», «Ilm-fan va tabiat», «Qurish-yasash,
konstruksiyalash+matematika», «San’at» «Syujet-rolli o'yinlar va
sahnalashtirish» faollik markazlari, bolalarni dialogik va monologik nutqini rivojlantirishga, jamoa bo'lib birgalikda hamda mustaqil ishlashga, raqamlar, shakl va vaqtni, elementar matematik hisoblashlarni bilishga, san'at va madaniyatga qiziqish, ijodiy yondoshish kabilarga qaratilgan. Bu boradagi kuzatishlar va ularning tahlili, katta yutuqlar bilan bir qatorda mavjud qiyinchiliklarni aniqlashga va asosli ba'zi taklif lar kiritishga bizga imkon berdi
3. “Ilk qadam” dasturi asosida Pedagogik jarayonni rejalashtirish vazifalari
Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim-tarbiyaviy ishni rejalashtirish pedagoglar, tarbiyachi-metodist, mudira faoliyatining muhim turlaridan biridir.
Rejalashtirish - ta'lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita, ishning usul va metodlarini ko'rsatib, ta'lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir.Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta'lim muassasasi ishini rejalashtirish mumkinligini va zarurligini ta’kidlab, bunda u inson shaxsining shakllanishida ijtimoiy omillar, muhit va tarbiyaning muhim ahamiyatga egaligi haqida asosiy qoidalarga tayanadi. Rivojlanishning asosiy omiii bo'lgan tarbiya jarayonida bilim, aqliy va amaliy malakalar hamda harakat usullarini bola tomonidan egallanishi amalga oshiriladi. Tarbiyaning mazmunini uning maqsadi belgilaydi. Rejalashtirishning maqsadi - «Maktabgacha ta'lim muassasasi ta'lim-tarbiya dasturi»ning bajarilishini ta'minlashdir.Pedagogik jarayonni yagona bir butun sifatida tashkil etish vazifasi rejalashtirishda yetakchi hisoblanadi,
Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: bolalar jamoasi va ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini aniqlashga, bolalarni yoshga ko'ra pedagogik ta’sir mazmunini va usullarini tanlashga, bolalaAhayoti, faoliyat turlari, rahbarlik metodlari va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishga yo'llangan bo'lishi kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish murakkab bo'lib, tarbiyachidan bolalarning ruhiy fiziologik taraqqiyot darajasi to'g'risidagi bilimlarni,ta'lim-tarbiya dasturini, ta'lim va tarbiyaning metod va usullarini bilishni taqozo etadi.
Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya ishlarigaoldindanpuxta tayyorgarlik ko'rish metod vausullarni yaxshilab o'ylab olish, kerakli material va jihozlarni tayyorlash imkonini yaratadi. Tarbiyachi rejalashtirgan hamma ishlar har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’ minlashi lozim.
Shu bilan birga reja qotib qolgan narsa bo'lmay, vaziyatdan kelib chiqib, unga o'zgarishlar kiritish mumkin.Shuning uchun MTMda bir-birini to'ldiradigan bir necha xil reja tuziladi:
MTMning yillik rejasi, istiqbol rejasi va tarbiyachining kalendar rejasi. Yillik reja asosan MTM mudirasi, metodist tarbiyachilar tomonidan tuzilib, bolalar muassasasida amalga oshiriladigan barcha ishlarni o'z ichiga oladi.
Istiqbol rejasi 1-3 oyga mo'ljallangan bo'lib, undan ko'zlangan asosiy maqsad bolalar bilan olib boriladigan ta'lim- tarbiya ishlarini tartibga solish va uning ma'lum maqsadgaqaratilgan va samarali bo'lishini ta'minlashdir. Unda «MTMda ta'lim-tarbiya dasturi»ning hamma bo'limlari o'z aksini topadi.Istiqbol rejasida dasturning hamma bo'limlari bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan ta'lim- tarbiya ishlari tizimi bolalar faoliyatining hamma turlarida aniq mavzular bo'yicha belgilab chiqiladi.
Kalendar reja 10-12 kunga tuziladi kun davomida amalga oshiriladigan ta'lim- tarbiya mazmunini aks ettiradi. Uni tuzishda dastur talablari, bolalarning rivojlanish va tarbiyalanish darajalari, maktabgacha ta'lim muassasasining ish sharoiti hisobga olinadi.Kalendar rejaga bolalarning aniq bilim va tasavvurlarni egallash jarayoni va ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar to'g'risida umumlashgan bilimlarni shakllantirish, bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni o'stirish, axloqiy ongini shakllantirish, axloqiy xulq, odat va malakalarni egallashi va boshqalar kiradi.
Kichik yoshdagi bolalar uchun to‘g’ri keladigan o‘quv rejasi qanday tarzda bo'lishi kerakligi hali hamon turli xil mulohazalarga olib kelmoqda, biroq shunisi aniq bo‘lmoqdaki, natijaning soddalashtirilgan choralari, faqat qisqa mudat ichida o‘sishga qaratilgan bilim va uddalay olishlik kompitentlari, masalani jiddiy tarzda baholay olmayapti.
MTM tarbiya dasturini yaxshi bilish kalendar rejani muvaffaqiyatli tuzishning asosiy garovidir.Pedagog va psixolog olimlar olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarining xulosalari bolalarning malaka va ko'nikmalarni egallashi ma'lum yosh bosqichida yuzaga kelishini ko'rsatdi.
Tarbiyachi xuddi mana shu davrni qo'ldan boy bermay, bolani har tomonlama rivojlantirishga erishmog'i zarur.
Tarbiyachi o'zi ishlayotgan guruh, shuningdek, o'zidan oldingi va keyingi guruhlar dasturi talablari va mazmunini yaxshi bilishi kerak. Masalan, dasturning kichkina guruh bolalarini tevarak-atrof bilan tanishtirish bo'limida bolalarni hayvonlar, o'simliklar va shunga o'xshashlar to'g'risidagi eng oddiy bilim va tushunchalar bilan tanishtirish vazifasi belgilangan.O'rta guruhda dastur bo'yicha bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va narsa-buyumlarga, voqea- hodisalarga nisbatan qiziqishini o'stirish va shu asosda eng oddiy tasavvur va tushunchalar hosil qilish, eng muhimi esa, kuzatuvchanlikni, narsa va buyumlar, voqea-hodisalar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni topa bilishga o'rgatish bosh vazifa hisoblanadi. Katta va tayyorlov guruhi bolalarini narsa-buyumlar, voqea- hodisalar to'g'risidagi haqiqiy tasavvur va tushunchalarini,
ularning tabiiy sabablar bilan bog'liq ekanligini shakllantirish dasturning muhim vazifasidir.Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun dasturni yaxshi bilishning o'zi yetarli emas, shu bilan birga, har bir bolaning shaxsini rivojiantirish yo'llarini yaxshi bilish, bolaning bilim, malaka va ko'nikmalarni egallab olish qobiliyati har xilligini ham e'tiborga olish kerak.
Tarbiyachining ishini muvaffaqiyatli rejalashtirishning yana bir zarurati - uning metodik qo'Ilanma, pedagoglar kengashi, metodik birlashma, kurslarda va shunga o'xshashlardan olgan tavsiyalardan keng foydalanishidir.
Kalendar rejani guruhda ishlovchi har ikkala tarbiyachi birgalashib bamaslahat tuzishlari lozim. Tarbiyachilar vaqti- vaqti bilan bolalarning ishlarini tahlil qilib borishlari lozim.
Kalendar reja bir-ikki haftaga tuziladi va tarbiyachining majburiy hujjati hisoblanadi.
Dasturga muvofiq hamma ta’lim-tarbiya ishlari bolalar faoliyatining barcha turlari: o'yin, mehnat, maishiy faoliyatva mashg'ulot orqali amalga oshiriladi. Kalendar rejaning mazmuni bolalar faoliyatining hamma turlarida aks ettiriladi.
Kalendar rejani tarbiyachi kun tartibiga binoan tuzib chiqadi.
Bolalarning o'yini ham, mehnat mashg'uloti ham, maishiy faoliyati ham tarbiyachining har kungi kalendar rejasidan o'rin olishi lozim.
Kalendar rejaning mazmuni va shakli bolalarning har tomonlama barkamol shaxs bo'lib shakllanishi qay darajada borayotganligiga qarab baholanadi.
Ertalabki soatlarni rejalashtirish. Ertalabki soatlarda quyidagilar rejalashtiriladi:

  1. Bolalarning og'zaki nutqini tuzatish va rivojiantirish:

  1. kitoblar, o'yinchoqlar, bolaning dam olish kunini qanday o'tkazgani, uning oila a'zolari - ota-onasi, opa-singlisi, aka- ukasi va shunga o'xshashlar to'g'risida jamoa tarzida va yakka tartibda suhbatlar o'tkazish;

  2. albomlar, jurnallar, yangi kitoblar, rassomlarning yangi asarlarini ko'rish; v) she'rlarni takrorlash;

g) to'g'ri talaffuz qilishga o'rgatish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantiruvchi didaktik o'yinlar;
d) tovushlarni to'g'rilash bo'yicha yakka tartibda shug'ullanish.

  1. Bolalarni kattalik, rang, vaqt, fazoviy masofa bilan tanishtirish bo'yicha didaktik o'yinlarni rejalashtirish (kichik va o'rta guruhlarda).

  2. Bolalar xohlagan faoliyat rejalashtiriladi. Bolalarning mustaqil shug'ullanishlari uchun plastilin, bo'yoqlar, qalamlar, bo'yashlari uchun rasmli kitobchalar va o'zlarining chizgan rasmlari beriladi.

  3. Bolalar tomosha qilishlari uchun xalq o'yinchoqlari, kiyimlar, kashtalar, idish-tovoqlar, narsa-buyumlar, milliy kiyimdagi qo'g'irchoqlar beriladi.

  4. Bolalarni madaniy-gigiyenik malakalarga o'rgatish bo'yicha yakka tartibdagi ishlar rejalashtiriladi, masalan,kichkina guruhda dastro'molchadan foydalanishga o'rgatish bo'yicha didaktik o'yin o'tkaziladi.,

  5. Koptokni dumalatish, gardishni aylantirish, tirmashib chiqish, sirpanib yurish kabi asosiy harakatlarni rivojlantiruvchi ishlar rejalashtiriladi.

  6. Ashula va raqsning ayrim qismlarini takrorlash reja-lashtiriladi.

  7. Bolalarning o'yin faoliyatlari rejalashtiriladi:

  1. qurilish o'yinlari rol, syujet bilan bog'liq qurilish o'yinlari rejalashtiriladi;

  2. syujetli-rolli o'yinlar, turmushni aks ettiruvchi va boshqa shunga o'xshash o'yinlar rejalashtiriladi;

  1. stol usti bosma didaktik o'yinlari, so'zli buyumlar bilan o'ynaladigan didaktik o'yinlar, ermak o'yinlar, xorovod o'yinlar, xalq didaktik o'yinlari rejalashtiriladi. Bolalarning sezgisini, idrokini, tovushlarni idrok etishini, rang, vaqt, didni, nutqni o'stiruvchi ishlar rejalashtiriladi. Dramalashtirish va

sport o'yinlari ham rejalashtiriladi.

  1. Mehnatning turli xillari rejalashtiriladi:

  1. tabiatdagi mehnat ko'chat o'tkazish, suv sepish, o'simlik va hayvonlarni parvarish qilish va shu kabilar;

  2. xo'jalik maishiy mehnat idishlarni yuvish, xonani yig'ishtirishtirish, kitoblarni yopishtirish-yelimlash, o'simliklar bargini artish);

  1. qo'l mehnati (tabiiy materiallar, daraxtlar mevasi, somonchalar, lattalar, yog'och va kartondan har xil buyumlar yasash) har bir yosh guruhida mehnatning qaysi turi o'tkazilishi dasturda ko'rsatilgan. Ertalab 2-3 xil faoliyat rejalashtiriladi.

Ertalabki soatlarni rejalashtirishda shu kungi o'tkaziladigan mashg'ulotlar e'tiborga olinadi. Mashg'ulotda biror narsa o'qib berish rejalashtirilgan bo'lsa, ertalabki soatda rasm ko'rish, onasi to'g'risida so'zlab berish, o'qish rejalashtirilmaydi, shu kuni ertalabki soatga mehnat, kattalik, shakl bilan tanishtirish, tasviriy faoliyat rejalashtiriladi. Tarbiyachi har xil mashg'ulotlarni rejalashtiradi; bolalarga yangi bilim beruvchimashg'ulotlar ularning olgan bilimlarini, orttirgan tajribalarini mustahkamlovchi va tartibga soluvchi mashg'ulotlar, kompleks mashg'ulotlar va hisobot-nazorat (tekshiruvchi) mashg'ulotlari bo'ladi. Tarbiyachi o'zining kalendar rejasiga mashg'ulotning nomi va dastur mazmunini yozib qo'yadi. Dastur mazmuniga mashg'ulotning ta'lim-tarbiyaviy vazifalari va bolalar egallab olishlari, aniqlash va mustahkamlash kerak bo'lgan bilim, malaka, ko'nikmalar hajmi ham yoziladi.
Mashg'ulotni rejalashtirish bolalar tomonidan ma’lum hajmdagi bilimlarni egallash va kengaytirish imkoniyatini yaratibgina qolmay, shu bilan birga ularning bilimlarini aniqlash, mustahkamlash, mustaqil faoliyatlarida qo'llash imkonini beradi. Bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko'nikmalarning hajmi mashg'ulotdan-mashg'ulotga kengaytirib, murakkablashtirib boriladi. Masalan, tarbiyachi birinchi mashg'ulotdabolalarni uy hay vonlari bilan tanishtiradi, bolalar ularni kuzatishadi, nomini aytishga o'rganadi. Keyingi mashg'ulotda esa bu bilimlar mustahkamlanib, hayvonlarni kuzatish jarayonida yangi bilimlar hosil bo'ladi. Bolalar bu hayvonlarning foydali belgilarini, xatti- harakatini kuzatishsa, kelgusi mashg'ulotda bolalar uy hayvonini odamlar qanday parvarish qilishi va bu parvarishga hayvonlar o'z «minnatdorchiligini» qanday bildirishi to'g'risida gap boradi.
Dastur materialini o'rganish mashg'ulotdan-mashg'ulotga mana shu izchillik bilan amalga oshirib boriladi. Bolalarning bilim, malaka va ko'nikmalarni muvaffaqiyatli o'zlashtirishlari aksariyat hollarda tarbiyachining tayyorlagan metod va usullariga, shart-sharoitga bog'liq bo'ladi. Bu yoshdagi
bolalarning yosh xususiyati asosan ko'rgazmali metoddan kuzatish namoyish qilish metodi hikoya, suhbat, tushuntirish; amaliy metod mashq o'yindan foydalanishni takrorlaydi. Har bir metod umumiy vazifani amalga oshirishga qaratilgan yagona yo'l bo'lib, usullar yig'indisidan tashkil topadi. Hamma usullarni shartli ravishda uchta guruhga bo'lish mumkin: ko'rgazmali (ko'rsatish), og'zaki (savol, solishtirish, she'raytish, topishmoqdan foydalanish), amaliy [topshiriq, o'yin, vaziyat usullari va boshqalar).
Bevosita faollashtiruvchi metodlardan tashqari bavosita metodlardan ham foydalaniladi (eslatish, maslahat, tanbeh berish, tuzatish). Ko‘p hollarda metod va usullardan kompleks tarzda foydalaniladi. Mashg'ulot vaqtida beriladigan bilim, malaka va ko'nikmalarni bolalar yaxshi o'zlashtirib olishlari ularning hissiy holatini ko'tarish uchun xizmat qiladi.Tarbiyachi o'zining kalendar rejasida mashg'ulotda foydalaniladigan usulnigina yozib qolmasdan, shu bilan birga uning mazmunini ham ochib yozishi kerak.
Bolalarga beriladigan savollarni ham qanday izchillikda berilsa, shunday yozib qo'yish zarur. Agar tarbiyachi mashg'ulotda topishmoq yoki she'rdan parcha keltirmoqchi bo'lsa, uning mazmunini yozib qo'ygan ma'qul. Solishtirishga o'rgatishda qaysi buyumlardan, ularning qaysi belgisidan, qanday savollardan foydalanish lozimligi ham yoziladi.
Tarbiyachining mashg'ulotni rejalashtirishdagi ba'zi bir metod va usullarini ko'rib chiqamiz.
Tarbiyachi mashg'ulotga tayyorgarlik ko'rayotganda, albatta, yosh bolaning tafakkuri ko'rgazmali-obrazli bo'lishini e'tiborga oladi va asosan mashg'ulotda ko'rgazmali metodlarni rejalashtiradi. Kuzatish metodi tarbiyachi rahbarligida kuzatilayotgan obyektni bolaning hissiy idrok qilishini ta'minlaydi. Narsa va buyumlarni namoyish etish ham shunday ahamiyat kasb etadi. Ko'p mashg'ulotlarda, ayniqsa, nutqni o'stirish mashg'ulotida tarbiyachining hikoyasidan foydalaniladi. Bu bolalarga tanish bo'lgan badiiy asardan, tevarak- atrofdagi hayotdan olingan voqea-hodisalarni tarbiyachi his-hayajon bilan jonli, obrazli qilib bayon etishidir. Suhbat metodi ham rejalashtiriladi. Suhbat bolalarga avval egallagan bilimlari bilan yangisini bog'lash imkonini yaratadi, shuningdek, yangi bilimlarni o'zlashtirib olishlarini yengillashtiradi. Tarbiyachi mashg'ulotlarda foydalanadigan so'zli metodda uning qiyinligini savollar tashkil etadi, Savollarni bolalarning bilish jarayonlari: sezgi, idrok, tafakkurini faollashtiradigan qilib tuzish kerak. Savollar bolalardan aqliy zo'r berishga, sabab-natijalarni aniqlashga qaratilgan bo'lishi zarur.
Mashg'ulotlarda muammoli vaziyatlar yaratish ham bolaning fikrlash faoliyatini kuchaytiradi, bilimlarni egallab olishini yengillashtiradi, ularning fahm-farosatli, mustaqil fikrlaydigan bo'lishiga yordam beradi.
Mashg'ulotlarda solishtirish usulidan foydalanish insonning eng qimmatbaho aqliy xazinasi bo'lib, u buyumlarni yaxshiroq o'rganish va tushunishga yordam beradi.
Kichik guruhlarda solishtiriladigan buyumlar bir-ikkitadan ko'p bo'lmaydi. Tarbiyachi solishtirishni qanday izchillikda olib borishni o'zining kalendar rejasida yozib qo'yadi.
O'rta guruhda solishtirishga mo'ljallangan buyumlardagi belgilar soni ko'payadi va bolalardan buyumlarni kuzatib, ulardagi belgilarni ma'lum izchillikda bayon qilish talab etiladi.
Katta va maktabga tayyorlov guruhlaridagi bolalardan faqat ular ko'rib turgan buyumlarning belgilarini sanash bilan chegaralanib qolmay, ularni solishtirishda tasavvurlaridan foydalanish ham talab etiladi.
Solishtirishning bu murakkab shakli bolalarning yoshiga mos bo'lib, ularning aqliy rivojlanishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarbiyachi mashg'ulotlarda o'yin usulidan keng foydalanadi, O'yin usuli mashg'ulotning qiziqarliroq Jozibaliroqligini ta'minlaydi, mashg'ulot jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bola osonlik bilan yengadi.
Mashg'ulot rejasida bolalarning xulq-atvori, qiziqishi, rivojlanish darajasiga qarab yakka tartibdagi ishlar ham rejalashtiriladi. Umumiy rivojlanishi biroz orqada qolayotgan, diqqati tarqoq, o'ziga ishonchi yo'q yoki o'zi to'g'risida yuqori fikrli bolalarga ko'proq e'tibor berish kerak.
Shunday qilib, kalendar rejaga mashg'ulotning dastur mazmuni, metodik usul unga kerakli ko'rgazma va tarqatma materiallar, bolalar bilan individual ishlash rejalashtiriladi.
Sayrni rejalashtirish.

  1. Tabiatdagi, ijtimoiy hayotdagi voqea-hodisalarni kuzatish rejalashtiriladi. Masalan: harakatlanayotgan transportni, bayramga bezatilgan ko'chani,

farroshning ishini va shunga o'xshashlarni kuzatish; barg yozayotgan, gullab turgan o'simliklarni, yog'ayotgan qor va hokazolarni kuzatish rejalashtiriladi. Bular haftasiga 5-6 marta kuzatiladi. Ob- havoni kuzatishni oldindan rejalashtirib bo'lmaydi. Bu kalendar rejaga quyidagicha yoziladi: yaqin orada
(hafta davomida) qor yog'ishini kuzatish. Bu tadbir o'tkaziladigan mashg'ulot bilan uzviy bog'liq bo'lishi kerak.

  1. Qoidali o'yinlarning ta'lim-tarbiyaviy vazifasi ko'rsatilgan holda rejalashtiriladi. Kichik guruhda bitta yangi o'yin yoki tanish o'yinni rejalashtirish mumkin katta guruhda ham bolalarga tanish bo'lgan 2 o'yinni sayrning boshida va oxirida rejalashtirgan ma’qul.

  2. Bolalarning maydonchadagi, polizdagi mehnati rejalashtiriladi:

  1. tabiatdagi mehnat (daraxt o'tkazish, suv quyish, chopiq qilish, o'simlik urug'ini terish, hayvonlarni parvarish qilish va hokazolar);

  2. maishiy-xo'jalik mehnati (barglarniyig'ish, qornitozalash, ay vonchani supurish, qafasni tozalash, yo'lkalarga qum sepish va shunga o'xshashlar).

  1. Bolalar bilan olib boriladigan yakka tartibdagi ishlar: jismoniy tarbiyadan asosiy harakatlarni mashq qildirish, san'at, ona tilini o'rganish va boshqalar.

Asosiy harakatlarni mashq qildirish bo'yicha tadbirlar yil fasllariga qarab tanlanadi, masalan, qishda yugurish, sakrash, yurish kabi ishlar rejalashtiriladi; emaklab, sirpanib yurish, gimnastika narvonchasidagi muvozanatni saqlashga o'rgatuvchi mashqlar rejalashtirilmaydi.

  1. Sport o'yinlari (voleybol, stol tennisi, badminton va shunga o'xshashlar), sport ermak o'yinlari (chang'i, konki,chana, velosiped va boshqalar).

  2. Maqsadli sayrlar maydoncha bo'ylab va maydonchadan tashqariga o'tkaziladi. Avval ekskursiyaga borib kelingan joyga maqsadli sayr uyushtiriladi. (Masalan, bahorda mana shu o'tloqqa kelgan edik, shu vaqtgacha ko'p narsalar o'zgaribdi]

  3. Qurilish o'yinlari va ularga kerakli materiallar, qurollar sayrda bolalarning syujetli-rolli o'yinlari yuzaga kelish va rivojlanishi, o'yin harakatlariga bolalarni o'rgatish usullari ham rejalashtiriladi. Tarbiyachi kalendar rejasi o'yin uchun olib chiqiladigan o'yinchoqlarni, ularning ayrimlarini ham ko'rsatadi. Sayrga chiqishdan oldin tarbiyachi bugun sayr vaqtida nima bilan shug'ullanishlari, qanday mehnat faoliyatini bajarishlari yoki qanday o'yin materiallarini olib chiqishlari kerakligi to'g'risida bolalar bilan gaplashib oladi.

Kunning ikkinchi yarmini rejalashtirish. Kunning ikkinchi yarmi ikki qismdan iborat: guruhdagi va sayrdagi ishlar kunning ikkinchi yarmida bolalarning
guruhdagi o'yin faoliyati rejalashtiriladi.
Uyqudan keyingi o'yin uchun kichik guruhda - 45daqiqa,
o'rta guruhda 1 soat, katta guruhda - lsoat,
tayyorlovguruhida -1,5 soat ajratiladi.
Syujetli-rolli o'yinlar ham rejalashtiriladi (faqat nomigina yoziladi]. Rejada, shuningdek, stol usti bosma o'yinlari, didaktik o'yinlar ham mo'ljallanadi. Rejaga stol usti bosma o'yinlari qoidasi, tushuntirilishi ham yoziladi. Bu vaqtda dramalashtirilgan o'yinlar ham rejalashtiriladi.
Tarbiyachi qurilish o'yinlarida o'zining qatnashishini ham rejaga yozib qo'yadi. Unda tarbiyachining bolalar bilan atributlar yasashi ham mo'ljallanadi.
Kechqurunga ko'ngil ochish o'yinlarini rejalashtirish mumkin. U haftasiga bir marta o'tkaziladi. Katta va tayyorlov guruhida kitoblarni bir necha kun davomida o'qib berish ham rejalashtiriladi. Tarbiyachi har gal o'qishdan oldin "O'tgan gal men sizlarga nima o'qib bergan edim", deydi. Bolalar buni esga tushirib, so'zlab berishadi. Tarbiyachi savollar bilan yordam berib turadi.
Kunning ikkinchi yarmida asosan bolalarning xilma-xil o'yin faoliyatlari tashkil etiladi. Bolalarning syujetli-rolli o'yinlari uchun sharoit yaratish, o'yinchoqlar bilan o'ynashga o'rgatish va boshqalar kalendar rejasiga yoziladi. O'yinda tarbiyachining qatnashishi ham rejada qayd etiladi. Bu bolalar o'yinini tashkil etish va unga tarbiyachining rahbarlik qilishi uchun shart- sharoit yaratadi.
Katta va tayyorlov guruhlarida tarbiyachining bolalar o'yiniga rahbarligi o'zgarib, bevosita rahbarlikdan bavosita rahbarlikka o'tadi, tarbiyachi bolalarning mustaqil faoliyatlarini rag'batlantiradi. Tarbiyachi qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlarni, sahnalashtirilgan va qoidali o'yinlarni ham rejalashtiradi.
Kunduzgi uyqudan keyin guruh xonasini yig'ishtirish, yirtilgan kitoblarni ta'mirlash, qo'g'irchoq kiyimini yuvish, kichik bolalar uchun o'yinchoqlar yasab berish, o'simlik va hayvonlarni parvarish qilish kabi mehnat faoliyati rejalashtiriladi. Tarbiyachi, shuningdek, ko'ngilochar o'yinlarni ham unutmaydi. Bunga qo'g'irchoq, soya teatri, konsertlar, sport, musiqa va badiiy ko'ngil ochish soatlari, musiqa eshitish va shunga o'xshashlar kiradi. Tarbiyachi badiiy asarlarni o'qib berish, klassik va zamonaviy rassomlarning rasmlarini tomosha qilishni ham esdan chiqarmaydi. Kunning ikkinchi yarmida har kuni sayr o'tkaziladi, uning mazmuniga harakatli va ijodiy o'yinlar, mehnat faoliyati kiradi.
Buyumlarni, ijtimoiy hayot voqealarini kuzatish, jonli obyekt bilan muloqotda bo'lish ham kalendar rejasidan o'rin egallashi kerak.Tarbiyachi bolalarning o'zlari qiziqqan faoliyat bilan shug'ullanishlari uchun shart-sharoit yaratadi. Reja kun davomida har bir bola mazmunli, qiziqarli faoliyat bilan shug'ullanadigan qilib tuzilishi kerak.
4. “Ilk qadam” dasturi orqali Ta'lim- tarbiya ishlarini rejalashtirish mazmuni.
Ta'lim-tarbiyaviy ishning mazmuni, metodi va usullari hamda uni tashkil etish turlari, bolalar xulq-atvorini tarbiyalash mazmuni, ularda madaniy-gigiyenik malakalarni shakllantirish, bolalar mehnati va o'yinlariga rahbarlik usullari, bolaning bo'sh vaqti, ko'ngilochar daqiqalarni tashkil etish, shuningdek, ota- onalar bilan ishlash turlari rejalashtirilishi lozim.
O'qitishning har bir bolimiga doir mashg'ulotlarni rejalashtirishda bilimlarni egallashning asosiy bosqichlari hisobga olinadi. Rejada bilimlar mazmunining takrorlanishi, ularni sekin-asta murakkablashtirish nazarda tutiladi.
Istalgan bo'limga doir mashg'ulotlarni rejalashtirishda mazkur bo'lim bilan bog'langan asosiy ta'lim-tarbiyaviy masalalardan tashqari dasturning boshqa boTimlaridan ayrim masalalarni kiritish kerak. Mashg'ulotlarni bunday yaxlitlash ularni rivojlantiruvchi samarasini oshiradi.
Ta’lim-tarbiyaviy ishlar mashg'ulotlardan tashqarida: kundalik turmush, o'yin, mehnatda ham davom ettiriladi. Rejada bolaning xulq-atvorini: bir-birlariga xayrixohlik munosabatini, bir-birining o'yiniga qiziqishlari bilan hisoblashishni, yuzaga kelgan nizolarni haqgo'ylikbilan hal qilish kabilarni tarbiyalash vazifalari nazarda tutiladi.
Rejada o'yinda bolalarni o'zaro munosabatlari va xulq- atvorlarini tarbiyalash vazifasini kiritib, tarbiyachi bolalar o'yinlarining mazmunini, ularning o'ynash ko'nikmalarini hisobga oladi. Kun davomida tarbiyachi xilma-xil harakatli va didaktik o'yinlarni uyushtiradi, ularga rahbarlik rejalashtiradi. Bolalarning mehnat faoliyatlarini tashkil etish shakllariga doir rejalashtirish muhimdir. Mehnatni tashkil etish shakli sifatida barcha guruhlarda topshiriqlardan foydalaniladi.
O'z mazmuniga ko'ra topshiriqlar turlicha bo'lishi mumkin. Tarbiyachining ish rejasida yangi topshiriq mazmuniniqayd etish, so'ngra uni bajarishga jalb etiladigan bolalar ismlarini ko'rsatish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachi bolalar navbatchiligiga rahbarlikni rejalashtirar ekan, tarbiyachi mehnat hajmi va mazmunini, bolalarga navbatchilik vazifalarini tanishtirishda foydalanadigan jihoz, metod va usullarni ko'rsatadi.
Rejada bolalarning jamoa shaklidagi mehnatlarini tashkil qilish mazmuni va tarkibi, o'tkazish vaqti ko'rsatiladi. Zarur jihozlar belgilanadi va joylashtiriladi,
Mustaqillik bayramlari, mustaqil yurtimizdagi muhim sanalar va hodisalar bilan bog’liq bayramlar, maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarga Vatanga muhabbat, baynalminal hislarni tarbiyalash, ularni xalqimizning boy milliy va umumbashariy qadriyatlari asosida tarbiyalash maqsadida bayram ertaliklari o'tkaziladi. Bayramlarni tarbiyaning muhim vositasi sifatida puxta rejalashtirish lozim. Rejada muassasaning butun jamoasi, bolalarning tayyorlarligi aks ettiriladi. Pedagogik kengashda bayram ssenariysi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.Maktabgacha ta'lim muassasasi ota-onalar o'rtasida pedagogik targ'ibotni amalga oshiradi. Ularni oila va maktabgacha ta'lim muassasasining bolalarga ta’sir ko'rsatishda hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadlarida ta'lim- tarbiyaviy ish mazmuni bilan tanishtiradi. Bolalarni oilada tarbiyalashning ilg'or usullarini o'rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi. Bu ish izchil tarzda amalga oshiriladi va maktabgacha ta'lim muassasasi mudirasi tomonidan yillik rejada, tarbiyachi tomonidan ham rejalashtiriladi. Ishni tashkil etish usullari quyidagilarni: ota-onalar majlisi, bola oilasiga borishni, ochiq eshiklar kunini, mashg'ulotlar o'tkazishni, bolalar ishlari bo'yicha ko'rgazmalar tashkil etishni nazarda tutadi. Ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish shakllarini ilova etamiz.
Ilova
Yilik reja

  1. Hisobot.

  2. MTMning__ yildagi asosiy o'quv vazifalari.

  3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining tadbirlari (tarbiyachilarning ilg'or ish tajribalarini ommalashtirish, tarbiyachilarni metod birlashmalarga olib borish).

  4. Nazariy-amaliy seminarda qatnashish.

  5. MTM pedagogik jamoasi ro'yxati.

  6. Pedagoglarning siyosiy ongini oshirish (Prezident farmonlari, gazeta, Konstitutsiya).

  7. Malakka oshirish rejasi (Tarbiyachining F.I.Sh., yili).

  8. Pedagogik kengash (yillik rejani muhokamasi, yangi o'quv yiliga tayyorgarlik haqida tarbiyachi hisoboti, pedagogik kadrlarni guruhlarga taqsimlash, ochiq mashg'ulotlar tahlili).

  9. Amaliy, nazariy seminar (bolalarda uchraydigan kasalliklar, aqliy rivojlanish).

  10. Tarbiyachilar uchun maslahatlar.

  11. Yosh mutaxassislar bilan ishlash (F.I.Sh.).

  12. Tashkiliy ishlar (ko'rik tanlovlarda qatnashish: «Yil tarbiyachisi»,

«Chaqqon ona», «Sog'lomjon, polvonjon»).

  1. . yilda o'tgan tadbirlar.

  2. Pedagogik jarayonni jamoa bilan kuzatish (katta guruhlarda ekologik tarbiya).

  3. MTM va maktab hamkorligi (maktabning yangi o'quv yilining boshlanishidagi marosimida qatnashish, tayyorlov guruhlari boialarini maktab binosi bilan tanishtirish, o'qituvchisi bilan bolalarni o'zlashtirishi haqida suhbat; «Alifbe» bayramida qatnashish, «Xayrbog'cha, salom maktab»).

  4. Kam ta’ minlangan oila bolalari bilan ishlash.

  5. Umumiy ota-onalar yig'ini (ota-onalar komitetini saylash, yillik ish reja bilan tanishtirish, to'garaklar haqida).

  6. Har bir yosh guruhda ota-onalar yig'ilishi.

  7. Yozgi sog'lomlashtirish va tibbiy ishlar rejasi.

  8. Ilg'or tajribalarni o'rganish (tarbiyachi F.I.Sh.ni

469ommalashtirish, masalan, ota-onalar bilan ishlash uslublarini o'rganish).

  1. To'garaklar ish rejasi.

  2. Xo'jalik-maishiy ishlar (idishlar, o'yinchoqlar, jihozlar bilan

ta'minlanganligi).

  1. Sog'lom avlod dasturini amalga oshirish.

  2. Ochiq eshiklar kuni: sentyabr, dekabr, aprel, iyun.

Kundalik rejaning tuzilishi

  1. Ertalabki soat

  2. Suhbat (mavzu).

  3. O'yinlar (mavzu).

  4. Mustaqil faoliyat.

  5. Mehnat.

  6. Bolalar bilan yakka tartibda ishlash.

  1. Mashg'ulotlar

  1. Mashg'ulot yo'nalishi, mavzu va maqsadi.

  2. Zaruriy jihoz va ko'rgazmali qurollar.

  3. Mashg'ulotningborishi (tarkibiy qismlari).

  1. Sayr

  1. Kuzatish.

  2. Harakatli o'yin.

  3. Ixtiyoriy o'yinlar.

  4. Mehnat.

  5. Tinch o'yin.(Sayr qismlarining ketma-ketligi olingan mavzuga qarab o'zgarishi mumkin)

4.Kunning2-yarmi

  1. Yakka tartibda ishlash.

  2. Ifodali o'qish va suhbat.

  3. O'yinlar (ta'limiy, stol ustida, voqeaband, ixtiyoriy, sahnalashtirilgan).

  4. Ko'ngilochar soatlar (har oyda 1-2 m arta).

  5. Kechki sayr

  1. Ixtiyoriy kuzatish.

  2. Ixtiyoriy o'yinlar.

  3. Ota-onalar bilan ishlash.

Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim-tarbiya jarayonini
rejalashtirish tarbiyachidan tegishli tayyorgarlikni talab etadigan ancha murakkab ishdir. Tarbiyachi bolaning psixik- fiziologik rivojlanish darajasini, «Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari»ni hamda u asosida yaratilgan ta'lim-tarbiya dasturini yaxshi bilishi kerak. Reja tarbiyachiga dastur talablarini bir yilga bir tekisda taqsimlashga yordam beradi hamda taTim-tarbiya berish va tarbiyalashning usullarini oldindan o'ylab olish, maqsadni aniqroq ko'rish imkonini beradi. Reja bo'lsa, tarbiyachi bugun nima ish qilishi va qanday qilishini, qaysi qo'llanmalardan foydalanishni biladi.Ta'lim- tarbiyaviy ish rejasi tarbiyachi tomonidan tuziladi. Reja oy boshlanishidan besh kun avval metodistga tasdiqlash uchun beriladi, oylik ish reja daftarida, avvalo, haftalik mashg'ulotlar jadvali, bir oylik rejaning taqsimoti beriladi. Har o'n besh kunga mo'ljallangan badantarbiya mashqlari, ota- onalar bilan ishlash rejasi va kundalik faoliyatining yuritilishi ochib beriladi. Kundalik faoliyatda ertalabki soat, mashg'ulot, sayr, kunning 2-yarmida belgilangan vazifalar to'liq yoritiladi.
Davomat daftari.
Davomat daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, rahbar tomonidan imzolangan bo'lishi kerak. Kundalik davomat tarbiyachi tomonidan bolalarning soni yozilgandan so'ng tasdiqlanadi, imzolanadi. Davomat har oyda yopiladi.
Filtr daftari.
Ta'lim-tarbiyaviy ish rejasi Filtr daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan, imzolangan bo'lishi kerak.
Ota-onalar haqida ma'lumot daftari.
Patronaj daftar.
Patronaj daftari tikilgan, sahifalangan, muhrlangan,
imzolangan bo'lishi kerak.
O'z ustida ishlash daftari.
O'z ustida ishlash daftari uch yo'nalishda olib boriladi:

  1. Siyosiy o'qish.

  2. Yangi metodik qo'llanmlar bilan tanishib borish.

V) Ilg'or ish tajribani o'rganish.
Kichik guruh bolalarida mashg'ulotga qiziqish uyg'otish uchun bolalarni qiziqtiradigan mazmundagi, kutilmagan, topishmoqli usullardan foydalanadi.
«Quloq solinglar-chi, kimdir eshik qoqyapti! Bu qo'g'irchoq biznikiga mehmonga kelibda», - deb mashg'ulotni boshlash mumkun. Bolalarning narsalar va ularning nimaga ishlatilishi to'g'risidagi tasavvurini tartibga solivchi mashg'ulot manna shunday boshlanadi.
Katta guruhlarda qanday mashg'ulot bo'lishini tarbiyachi bolalarga oldindan aytib quydi. Bu bolalarning bo'lajak mashg'ulotga qiziqishini orttiradi. Masalan, mustaqillik maydoniga ekskursiyaga borishni bolalarga bir hafta oldin aytib o'tadi va ularga rasimlarni ko'ribshni, ota-onasi bilan sayr qilganda nimalarni ko'rganini eslashni taklif etadi. Bolalar bu kunni zo'r qiziqish bilan kutishadi.
Katta va tayyorlov guruhlaridagi bolalar mashg'ulotning zarurligi va majburiyligini tushinishlari, unga ongli ravishda tayyorlanishlari zarur.
Asosiy qism. Mashg'ulotda bolalarga Yangi bilim beriladi, topshiriqni bajarish yuzasidan yo'l-yo'riq ko'rsatiladi, qiynalgan bolalarga yordam berilajdi. Bolalar bilan bo'ladigan jamochilik munosa'atlarini alohida munosabat bilan qo'shib olib
boriladi. Topshiriqni bajarishni hamma bolalar uddalay olishlari uchun tarbiyachi har xil metod va usullarni qo'llaydi.
Mashg'ulotning boshlanishidanoq bolalarning diqqatini tashkileta bilishi kerak. Bu bolalar lodiga qo'yilgan aqliy vazifaga bog'liq. Bolalarga qanday ishlar olib borish zarurligi ko'rsatiladi va tushuntiriladi, ularni ayrim bolalarga alohida takrorlash shart emas, balki hamma bolalarni e'tibor bilan eshitib o'tirishga o'rgatish kerak. Zarurat tug'ilsagina takrorlash mumkin.
Bog'chadagi bolalr o'qish, yozishni bilmaganligi uchun o'tilgan materialni qaytarib mustahkamlay olmaydilar, shuning uchun bolalarga berilgan bilimni mustahkamlash uchun tarbiyachi takrorlash va mashq qildirish usullaridan foydalanadi. Mexanik qaytarish, yodlatishdan qochish kerak, chunki anglab olinmagan material tezda esdan chiqadi.
Qaytarish, mashq qildirishda tarbiyachi fikrlarni to'ldirib, tartibga solib boradi, bu bolalrda bilimga qiziqish uyg'otadi vash u narsa to'g'risidagi tasavvur va tushunchalarini chuqirlashtiradi. Mashg'ulotni dastur maqsad va bolalar yoshiga qarab mustahkamlashning har xil usullari qo'llaniladi.
Bolalar o'zlashtirib olishi va javob qilishi kerak bo'lgan materil so'z orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun u yoki bu ishni bajarishda bolalrdan uni qanday amalga oshirmoqchi ekanini so'z bilan tushuntirib berish talab etiladi (masalan, son- saanoqqa o'rgatishda, qurish-yasashda, rasm chizganda qanday tartib bilan bajarishi, buning uchun qanday materialdan foydalanishini tushuntirib berishi talab etiladi).
Mutahkamlash jarayonida didaktik material bilan bajariladigan mashq aqliy vazifani o'z ichiga olsa, bolalrda mustaqillikni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo'ladi.
Masalan, son-sanoq mashg'ulotilda bolalr sanash materiali bilan o'zlari mashqlarni mustaqil bajarishadi: tarbiyachining topshiriqiga qarab narsalar sonini
kamaytirishadi yoki ko'paytirishadi. Buning uchun o'yinchoqlardan ham foydalanish mumkun.
Mashg'ulot davomida pedagog hamma bolalar faol qatnashishini va ishni o'z vaqtida puxta amalga oshirishlarini nazorat qilib boradi. Agar mashg'ulot yakka
tartibda olib boriladigan bo'lsa (rasm, loy va plastilindan narsalar yasash, qurish- yasash, konstruktsiyalash), bolalar ishni har xil vaqitda bajarganliklari uchun tarbiyachi mashg'ulot tugashga bir necha daqiqa qolganda mashg'ulotni tugatish kerakligi to'g'risida ularni ogohlantiradi.
Mashg'ulotni tugatayotib, tarbiyachi o'tkaziladi mashg'ulotga yakun yasaydi: bajarilgan ishni bolalar bilan birgalikda baholaydi, bolalarning mashg'ulotda qatnashganini gapiradi, ba'zan kegusi mashg'ulotda nimalar o'tishlarini aytadi.
Bolalarning o'qiv faoliyatini yaxshi egallab olishlari ular bilimini to'g'ri baholashga bog'liq.
Qo'yilgan vazifaning bajarilshiga qarab baho berilishi kerak. Bolaning ishini to'g'ri baholab, «to'g'ri» yoki «noto'g'ri» deyshi bola uchun oddiy maxtovdan ancha qimmatlidir.
Ish qanchalik yaxshi tahlil qilsa, u bolaning kelgusida ishini tuzatib olishiga yaxshiroq imkoniyat yaratadi.
Mashg'ulotlardan keyin tarbiyachi bolalarni o'yinga taklif etadi, boshqa mashg'ulot bo'lmasa, sayirga tayorlanishada.
Mashg'ulotda tarbiyachining bolalarga qo'yadigan talabi ularning yoshi va imkonyatlarga mos bo'lishi kerak. Birinchi kichik guruh bolalarini enaga qarab turadi. Tarbiyachi mashg'ulot paytida hamma bolalarning faol qatishishlariga haraka qiladi: savolga to'g'ri javob berishlarini ko'rsatilgan narsaning nomini aytishlarini, rasm chizishlarini, narsa yasashlari va hokazolarni kuzatadi.
Agar bolalar ikkinchi kichik guruhga yangi kelgan bo' lishsa, dastlabki 1 -2 haftada tarbiyachi faqat xohlagan bolalar bilangina mashg'ulot o'tkazadi: bolalar yangi sharoitni yaxshi o'zlashtirib olganlaridan keyingina hamma bolalar bilan mashg'ulot o'tkaziladi.
Dastlabki mashg'ulotlarda tarbiyachi bolalarni guruh xonasi, qo'g'irchoq va o'yinchoqlar bilan tanishtiradi. Qo'g'irchoqar yardamida mashg'ulot o'tkazadi. Tarbiyachi avval bolalarda mashg'ulotka qiziqish uyg'otadi, keyin esa mashg'ulotning hamma uchun majburiy ekanligini sekin-asta bolalar ongiga singdirib boradi.
Sekin-asts mashg'ulot bolalar xulqiga moslab murakkablashtirib boriladi. Ular mashg'ulot paytida axloq qoidalarini egallab oladilar to'g'ri o'tirish, chalg'imaslik, tarbiyachi va o'rtoqlarini diqqat Bilan eshitish, tarbiyachi so'ragandagina jovob berganda o'rnidan turish,kerak bo'lsa stolning oldiga borish va qokazolarni o'rganadilar.
Katta bolalar o'zlarini tez tashkil eta bilishlari lozim: bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga osonlik bilan o'tishlari, mashg'ulot vaqtida ish joylarini ozoda saqlashlari, rasmga qarab so'zlaganda ko'rsatkichdan foydalanishlari, jovab berganda gavdalarini to'g'ri tutib turishlari, nutqlari tushunarli bo'lishi, etarli darajada baland ovozda gapirishlari, to'la javob berishilari, mashg'ulotdan keyin o'z ish joylarini yig'ishtirib qo'yishlari kerak.
Mashg'ulot paytida talabani bajarish axloq normasiga aylanib qolishi kerek. Bu ikki narsa asosida shakllanadi, birinchisi tarbiyachining obro'siga asoslanilsa, ikkinchisi ma'lum talabning rivojlanishi bilan (uqib olish va bajarish uchun eshitish kerek, qiziqarli bajarish zarur) amalga oshiriladi. Tashqaridan qaraganda bolalar xulqida hech qanday farq ko'rinmaydi - bu odatdagi intizomgi bo'ysunishning natijasi, ikkinchidan, bu o'quv faoliyati rivojlanganligining belgisi, ta'limning ta'siridir.
Mashg'ulotda axloq qoidalariga rioya qilish bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega bo'lib, maktab ta'limiga madaniy tayyorgarlikning hissiy- axloqiy qisim hisoblanadi.
Mashg'ulotning sifativa uning natijasi tarbiyachining unga qanday tayyorgarlik ko'rganiga bog'liq. Mashg'ulotga tayyorlanish mazmuniga quydagilar kiradi: mashg'ulotni rejalashtirish, kerakli jihozlarni tayyorlab qo'yish, bolalarni mashg'ulotga tayyorlash.
Tarbiyachi bir bo'limdan bitta emas, balki butun bir mashg'ulotlar sistemasini rejalashtirgandagina ma'lum natijaga erishishi mumkin. Masalan: «Kiyim qanday tikiladi?» mavzusini rejalashtirishda bir qancha mashg'ulotlarni belgilab chiqadi: kiyimni qanday tikish to'g'risida gapiradi va tikish uchun kerakli narsajlarni ko'rsatadi; yaqinroqdagi atel'ega ekuskursiyaga boriladi, gazlamalar to'g'risida
suhbat o'tkaziladi. Birinchi mashg'ulotda bolalarning tikish va kiyish to'g'risidagi bilimlari aniqlanadi; bolalar tikuv mashinasi va tikish uchun kerak bo'ladigan boshqa asboblar bilan tanishishadi; tarbiyachi bolalarga ularni ko'rsatib, gapirib beradi, qisman tikish jarayonini ko'rsatadi.
Ikkinchi mashg'ulotda bolalar atel'edagi asbob-anjomlarni, tikuvchilarning ish jarayonini kuzatishadi, texnik moslamalar (elektr tikuo' mashinalari, dazmollaydigan mexanik presslar, elektr qaychilar) bilan tanishishiadi va qanday kiyimlar tikilishini bilib olishadi. Uchinichi mashg'ulotda bolalar har xil matodan tikilgan kiyimlar bilan tanishib, ularni bir-biridan farqlashga o'rgatiladi.
Shunday qilib, tarbiyachi har bir mashg'ulot mazmunini konkretlashtiradi, bajarish usullarini tanlaydi, bunday albatta bolalarning yoshi vaimkoniyatlari e'tiborga olinadi.
Ba'zi bir mashg'ulotlarga oldindan tayyorgarlik ko'riladi va urejada ham aks ettiriladi. Masalan, «Bizning bayram» degan mavzudagi rasm mashg'ulotlardan oldin bolalar bilan bayramona bezatilgan ko'chalarga sayr uyushtirish, rasmlarni ko'rish, oynai jahon orqali ko'rsatilgan bayram eshittirishlari bo'yicha suhbat o'tkazish mumkin. Tayyorgarlik ishlari bolalarning mashg'ulotga hissiyot tayyorgarligini ta'minlaydi. Tarbiyachi mashg'ulotning borishini balafsil o'ylab ko'radi. Unga ajratilgan vaqtdan samarali foydalanishga intiladi.
Masalan, yuqorida aytib o'tilgan «Kiyim qanday tikiladi?» mavzusiga oid birinchi mashg'uotnig borishi quyidagicha bo'lishi mumkin; pedagog bolalarga bir- birlarining kiyim-boshlarini ko'zdan kechirish va bu haqda gapirib berishni taklif etadi. Agar 3 - 4 boladan so'ralsa, bunga 3 - 4 daqiqa kerak bo'ladi. Keyin tarbiyachi: Kiyimlaringizni kim tikib bergan? Keyin
tarbiyachi:
«Kiyimlariningzni kim tikib bergan?», «Magazindan tayyor holda sotip olinadigan kiyimlar qaaerda tikilishini kim biladi?», «Tikish uchun qanday buyumlar kerak?» degan savollarni beradi. Bu savollarga javob berish ham 3 - 4 daqiqa vaqtni oladi. Shundan keyin bolalarga gazlama, andaza, qayshi, santimert, igna, angishvona, tikuv mashinasini ko'zdan kechirish va har bir buyumning vazifasini so'zlab berish taklif etiladi. Bunga 8 - 10 daqiqa vaqt ketadi. Shu mashg'ulotning o'zida tarbiyachi qo'yirchog' kiyimt tikishning ayrim jarayonlarini, andaza bo'yicha fartukni bichib olish, tikuv mashinasida cho'ntakni tikish, qo'lda tugmalarni qada shva tikishdagi ketma-ketlik haqida gapirib berishi kerak. Bo'nday mashqulotga 20 - 25 daqiqa davom etadi.
Mashg'ulotga tayyorgarlik ko'rishda tarbiyachi tegishli metodik adabiyotlardan foydalanadi.
Murakkab mashg'ulotlarga tayyorgarlanish konspekt tuzishni taqozo etadi. Unda mashg'ulotlarga mazmuni (ta'lim va tarbiyaviy vazifalar), tayyorlanishi kerak bo'lgan jiqozlar, bolalar bilan olib boriladigan dastlabki ishlar bilan olib boriladigan dastlabki ishlar (agar bunga zarurat bo'lsa), mashg'ulotning borishi va tarbiyachi foydalanadigan metodik usullar ko'rsatiladi. Mashg'ulot japayonini bayon etib yozishda mashg'ulotning boshi va oxirida (yakun chiqadirish va keyingi faoliya turiga o'tishadi) bolalarni uyushtirishni alohida ajra'tib ko'rsatish kerak.
Mashg'ulot muvaffaqiyatli o'tishi uchun jiqozlari o'z vaqtida tayyorlash zarur. Ularni tanlash mashg'ulotning mazmuniga va tarbiyachi belgilangan metodik usullarga bog'liq.
Odatda metodika kabineida «Bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya dasturi» ning hamma bo'limlari bo'yicha metodik qo'llanmalar bo'ladi. etishmaganini tarbiyachi o'zi tayyorlaydi, ba'zan bu ishga katta va tayyorlov guruhlari bolalarni jalb etadi. Mashg'ulot uchun kerakli materiallarni bir kun ilgari tayyorlaydi, uning buzuq emasligini, didaktik materiallar hamma bolalar uchun etarli ekanligini tekshiradi.
Agar tarbiyachi ekskursiya o'tkazadigan bo'lsa, u oldindan ekskursiya o'tkaziladigan joyga borib kelishi, uchun ob'ekt tanlashi, bolalarni qanday joydloshtirishni o'ylab qo'yishga, eng yaqin va havfsiz marshrutni tanlash kerak. Mayda sanoq materiali, rasm mashg'uloti, applikatsiya, qurish-yasash uchun matnriallar, she'r, ertak matnlari oldindan tayyorlab qo'yiladi. Masalan, kichik guruh bolalarga ekish yoki ko'chat o'tqazishga qiziqsh uyg'otish uchun ko'karib turgan o'simlikni ko'rsatish kerak. Buning uchun avval etishtirish zarur.
Navbatchilar mashg'ulotga kerakli jihozlarni tayyorlaydilar, stol, stullarni qulay g'ilib joylashtiradilar, qo'llania va materiallarni qo'yib chiqadilar. Jismoniy tarbiya
va musiqa mashg'ulotlaridan oldin bolalar poyabzalni almashtiradilar, sport formasini kiyadilar.
Mashg'ulotlarda tarbiyachining etakchilik roli va uni o'tkazishga tayyorgarligi. Tarbiyachi bolalar bog'chasida asosiy shaxs hisoblanadi. Butun g'oyaviy- tarbiyaviy ishlarning sifati va qolaversa, kelajak avlodni tarbiyalanganlik va bilish darajasi tarbiyachining g'oyaviy-siyosiy va ilim-pedagogik tayyorgariga, jayaobgarlik hissiga, pedagogik mahoratiga va ishga bo'lgan ijodiy munosabatiga bog'liq.
Bolaning o'qiv faoliyatiga bo'lgan munosabati ko'proq uning tarbiyachi shaxsiga munosabati bilan belgilanadi.
Tarbiyachining o'ziga xos xususiyatlarini - uning yuksak kasb mahoratidir. Eng muhimi-bolaning ruhiyatini, yoshva o'ziga xos ruhiy-fiziologik xususiyatlarini bilishdir.
Bolalar bog'chasi dasturi bolalarning yoshini, jismoniy va ruhiy xususiyatlarini hisobga olib tuzilgan bilan har bar boladagim alohida ruhiy xususiyatning qay vaqtda qanday na moyon bo'lishini oldindan ko'ra olmaydi, bu ish dasturda yaxshi tayyorlangan tarbiyachining zimmasiga yuklanadi.
Tarbiyachi o'z guruhidagi har bir bolaning jismoniy tomondan yaxshi rivojlanishi,uning oliy nerv faoliyati yaxshi ishlashi, shuningdek aqliy, ahloqiy, mehnat, estetik tomonidan normal tarbiyalanishi uchin yaxshi shart-sharoit yaratadi. Tarbiyachi har bir boladagi o'ziga xos xusuiyatlarni yaxshi bilgan holda undagi o'ziga xos xususiyatlarni (zararli bo'lsa) yo'qota borib, bolaga nisbatan qulay talab qo'yadi.
Tarbiyachi har bir bolaning kelajalda haqiqiy inson bo'lishiga erdam beradigan sifatlarini va imkoniyatini rivojlantirishi lozim. Maktabgacha tarbiya eshi davrida tarbiyachining bolaga shaxsiy ta'siri juda katta bo'ladi. Chunki bu davrdagi har taassurot bolaning xotrasida bir umirga saqlanib qoladi.
Bolani tushuna bilish va uning ma'naviy dunesiga Kira olish tarbyachidan zo'r kasb tayerligini talab etadi. Bola bilan jonli munosabatda bo'lish - fikrlar manbai, pedagogik yangiliklar, quvonch va tashvishlardirki, busiz tarbiyachining ijodiy meg'natini tasavvur etib bo'lmaydi.
Mashg'ulotda tarbiyachi o'z ovozidan qural sifatida foydalanishi mumkin. Sekin, tinch ovoz bolaga yaxshiroq tas'ir etishini pedagog bilishi zarur. Bolaga qattiraqroq va qat'iy gapirish mumkin, ammo bunda so'z ohangi bolaga tinichlantiruvchi ta'sir etishi lozim.
Tarbiyachi asosan bolaning normal ruhiy taraqqieti asosi bo'lgan jismoniy rivojlanishiga aolhida e'tibor berishi lozim.
Bolaning ko'p vaqt harakatsiz o'tirishi uning sog'lig'i uchun juda zararli, u bolaning har tomonlama rivojlanishini sekinlashtiradi.
Bolaning ko'p harakatlarni o'tirib bajarishi ham gavda tuzilishining noto'g'ri o'sishiga olib keladi. Shuning uchun faoliyat turlarini almashtirb borish muvofiqdir.
Yana bolaning normal rivojlanishi uchun har doim tinch,qunoq muhitni tashkil elish lozim. Bolani: «Tezroq yuvininglar-nonushtaga kech qolyapmiz»,
«O'yinchoqni tezraq yig'ishtiringlar,sayrga yoki mashg'ulotga kech qolyapmiz» va hokazo deb shoshiltirish kerak emas.
Ta'lim berganda uni shuday tashkil etishi kerakki, har bir faol ishlasin va hai biri ijobiy natijaga erishsin.
Bolalarning mashg'ulotda olgan bilim va malakalari boshqa faoliyat turlarida qo'llanilishi mumkin. Bolalar olgan bilimlarini qo'llay olishlari ularning yaxish o'zlashtirib olganligidan dalolat beradi, ya'ni ular hesh qanday kiyinchiliksiz bu bilimlardan foydalanishlari mumkin. Ta'limning amaliy ahamiyati ham ana shundan iboratdir.
Agar bolalar etarlicha bilim va malakalarga era bo'lsa, ular bilan xilma-xil mashg'ulotlar o'tkazish mumkin, bu mashg'ulotlarda bolalar mavjud bilimlardan ijodiy foydalanishlari: bemalol rasm chizishlari, biror narsani qurish yoki yasashlari, hikoya qilib berishlari mumkin. Bu mashg'ulotlar odatdagi mashg'uoltlardan boshqacharoq qilib tashkil etiladi: bolalar ixtiyoriga har xil materiallar beriladi va ularga rasm mavzusini o'zi belgilash, qurilishni o'zi o'ylab topish, hikoya tuzish imkoniyati yaratiladi. Bunday mashg'ulotlar dastuning ayrim bo'limlari bo'yicha tal'limning yakunlovchi bosqichlarida o'tkaziladi.
Ekskursiya bolalarga ta'lim berishning maxsus shaklidir. Mashg'ulotdagi kabi ekskusiyada ham dastur mazmuni bilan bog'liq ta'lim-tarbiya vazifalari qo'yiladi va hal etiladi. Mashg'ulotda bo'lgani kabi ekursiyada ham hamma bolalar qatnashadi. Ammo bolalar faoliyatining mazmuni, tashkil etilish shakli va ta'lim berish sistemasiga ko'ra, ekskursiya bolalar bog'chasida ta'limni tashkil etishning maxsus yalpi shaklidir. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda ekskusiyadan keng foydalaniladi. Bunday ekskursiyalar yilning har xil fasllarila dalaga, o'rmonga, shahar bog'lariga, o'tloqqa, suv manbalariga uyushtirilishi mumkin. Bolalarni kattalarning turli xil mehnati, mehnat naijalari,, har xil ijtimoiy voqea va hodisalar bilan tanishtirish uchin ham ekskursiyalar o'tkaziladi
Ekskursiyadan ko'zlangan asosiy maqsad-bolalarning tevarak-atrofdagi hayot to'g'risidagi tasavvur va taassurotlarini shakllantirishdir.
Shunga ko'ra ekskursiyada asosan kuzatish metodidan foydalaniladi. Ekskursiya jarayonida tarbiyachi kuzatilayotgan ob'ekt to'g'risida bolalarga so'zlab beradi, tushintiradi.
Ekskursiya vaqtida ba'zan rejalashtirilmagan voqea, g'odisalarni kuzatishga to'g'ri kelib qoladi. Shuning uchun tarbiyachi ekskursiyaga oldindan puxta tayyorgarlik ko'rishi lozim (bolalarning diqqatini kerakli ob'ektga qarata olishi, uyushqoqlik, intizomlilikni saqlashga o'rgatishi kerak). Ekskursiya uchun mashg'ulotga nisbatan kengroq mazmunni o'z ichiga oladigan ta'limiy vazifa belgilanadi. Ekskursiyaning joyi, tuzilishi, metodi, undan ko'zlangan ta'lim vazifasi mazmunga qarab belgilanadi. Ekskursiyaga tayyorlanishda uning yaqin-uzoqligi, ekskursiyada bolalar yig'adigan narsalar, uning uchun kerakli asboblar, ularni qanday joylashtirib olib borish oldindan puxta o'ylab rejalashtirib chiqiladi.
Bolalarda ekskursiyaga qiziqish uyg'otish uchun ularga qaerga ekskursiyaga borishlari, undan ko'zlangan maqsad to'g'risida tarbiyachi qisqacha so'zlab beradi.
Ekskursiyaga tarbiyachi bolalar bilan birgalikda tayyorg'arlik ko'radi, olib boriladigan jihozlar bolalar bilan birgalikda tanlanadi, joylashtiriladi va kimlar nimani olib borishi belgilanadi, tarbiyachi bolalarga ekskursiyada o'zlarini qanday tutishlari kerakligini eslatadi. Bunday ekskursiyalarni mazmunli tashkil etish va uyushqoqlik bilan o'tkazishda tarbiyachining rahbarlik roli muhim ahamiyat kasb etadi.
XULOSA
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytadigan bo’lsak maktabgacha ta’lim sohasida
Quyidagilarni bajarish muhim:

  • MTMda ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari

  • Qo'shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish

  • Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan ta'lim faoliyati

  • Ota-onalar bilan hamkorlikni o'z ichiga oladi.

Davlat dasturida MTM ta'lim jarayonining maqsad va tamoyillari aks ettirilgan bo'lib:

  • O'quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir.

MTMda ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari: bola huquqlari, o'ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish;
ta'lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o'zaro bog'liqligi;bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo'llab-quvvatlash;
o'yin orqali ta'lim berish va rivojiantirish;
bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;
bola uchun xavfsiz muhitni ta'minlash;
MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;
milliy madaniy an'analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan ta'lim faoliyati.
Maktabgacha ta'lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalarni qo'llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari javobgar bo'ladi.
Zarurat tug'ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta'lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o'quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
Ota-onalar bilan hamkorlik
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlash uchun
maktabgacha ta'lim muassasasi ota-onalar bilan o'zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:
ota-onalarning maktabgacha ta'lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish;
ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;
ota-onalarni o'quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashisbga jalb etish;
ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo'llab- quvvatlash kabilarni maktabgacha ta’limda rivojlantirish kerak. Ushbu dastur maktabgacha ta’lim rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo’di. Ushbu dastur asosida qilingan ishlar natijasida maktabgacha ta’lim sohasi rivojlanib, yetuk barkamol avlodning poydevori qo’ yilishining asosi bo’ldi.

Yüklə 90,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin