Termiz Davlat Universiteti Tarix Fakulteti 208-guruh talabasi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə1/8
tarix02.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#105960
  1   2   3   4   5   6   7   8
2 5204140185264068054

Termiz Davlat Universiteti

Tarix Fakulteti 208-guruh talabasi

Boboqulov Asqarning Oʻzbekiston tarixi fanidan

Mustaqil ishi

MAVZU 1: Buxoro amirligida saroy unvonlari va mansablari

Buxoro amirligi — (1756-1920) oʻzbek sulolasi ashtarxoniylar oʻrniga kelgan oʻzbek mangʻitlar sulolasi vakillari oʻzlarini amir deb atashgan. Shunga koʻra, davlat Buxoro Amirligi deb atala boshlangan. 1920-yil Buxoro bosqini natijasida tugatilgan.

1758-yilda Rahimbiy vafotidan soʻng mangʻitlar amirlik taxtiga uning amakisi Miyonqol hokimi Doniyolbiy (1758—1785-yillar) nomzodini surishadi. Lekin u qatʼiy markaziy hokimiyatni saqlab qololmadi. Mangʻitlarning tarafdorlari va gʻanimlari oʻrtasidagi oʻzaro janjallar, joylardagi hokimlarning mustaqillikka boʻlgan intilishlari oʻn yillarga choʻzilib ketdi. 1784-yili Doniyorbiyning boʻshligidan norozi boʻlgan Buxoro ahli qoʻzgʻolon koʻtardi va amir hokimiyatni oʻgʻli Shohmurodga (1785-1800-yillar) topshirdi.

Buxoroning so‘nggi amiri Sayyid Amir Olimxonning 1927 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, XX asr boshiga kelib “Buxoro mamlakati Amudaryoning sharqiy sohillaridan, ya’ni, Rossiya Pomiridan to Xivaning keng davlatlarigacha cho‘zilib boradi. Buxoro shimol tarafdan Qizilqum sahrosi bilan, g‘arb tarafdan Sirdaryo hamda Xo‘qand xonligi bilan, janubda esa Afg‘oniston, Sharqda turkman o‘lkasi hamda Xiva dashti bilan chegaradosh ”

Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, mahalliy ma’muriyat namoyondalari mavzeni qishloq va masjidlardan kattaroq hududiy bo‘linma deb ta’riflanganlar. Misol uchun, Karki viloyati mavzelarga bo‘linsa ham ular o‘z navbatida bekchalarga bo‘lingan, bekcha qishloqlardan iborat bo‘lgan. Pomir viloyatlaridagi Ro‘shon va Shug‘non ma’muriy tumanlari oqsoqollik deyilgan. Aholi yashaydigan punktlar manbalarda uchta atama- qishloq, mavze, daha nomlari orqali qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra,Buxoro amirligi aholisi XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab tez ko‘paya boshlaydi. XIX asrning boshlariga kelib amirlik aholisi taxminan 2 mln.dan oshiq, 50-yillariga kelib taxminan 2,5mlndan ortiq kishini tashkil etgan. Buxoro shahrida taxminan 60 mingdan ziyodroq, Samarqanda shahrida esa taxminan 50 mingdan ortiq aholi istiqomat qilgan.


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin