Termodinamik jarayonlar izobarik, izoxorik,izotermik va adiabatik



Yüklə 487 Kb.
tarix13.06.2023
ölçüsü487 Kb.
#129267
Termodinamik jarayonlar izobarik, izoxorik,izotermik va adiabatik

Termodinamik jarayonlar izobarik, izoxorik,izotermik va adiabatik

  • TAYYORLADI: Abduqahhorov Anvar
  • QABUL QILDI:

Izoxorik jarayon

  • Izoxorik jarayon
  • Izoxorik jarayon deb, gazning o’zgarmas xajmda bir xolatdan boshqa holatga o’tishiga aytiladi. Izoxorik jarayonni tasavvur qilish uchun ideal gazni berk idishda qamalgan deb faraz qillaylik. Silindrni va unga qamalgan gazni qizdiramiz. Gaz tashqi kuchlar ustidan ish bajara olmaydi. Termodinamikaning birinchi qonuniga ko’ra:
  • Q=∆U+A
  • Biroq A = 0. Shuning uchun izoxorik jarayonda gazning ichki energiyasini o’zgarishi gazga berilgan issiqlik miqdoriga teng:
  • Q = ∆U.

Izobarik jarayon Izobarik jarayon deb, gazning o’zgarmas bosimda bir holatdan boshqa holatga o’tishiga aytiladi. Izobarik jarayonni amalga oshirish uchun porsheni erkin kuzg’ala oladigan silindrga gaz qamaymiz. Gaz qizdirilganda unga Q issiqlik miqdori beriladi. Termodinamikaning birinchi bosh qonuniga binoan sistemalarga berilgan energiya qisman sistemaning ichki - energiyasiga aylanadi xamda qisman porshenni siljitishda bajarilgan ishga sarf bo’ladi (mexanik energiyaga aylanadi): Q = ∆U + A.

Izotermik jarayon

  • Izotermik jarayon
  • Izotermik jarayon deb, o’zgarmas temperaturada gazning bir holatdan boshqa holatga o’tish jarayoniga aytiladi. Izotermik jarayonni amalga oshirish uchun gazni oson ko’zg’aluvchan porshenli silindr ichiga, silindrning o’zini esa qat’iy ravishda o’zgarmas temperatura (rasmda shtrixli chizik,) saqlanib turadigan — termostat ichiga joylashtiramiz.
  • Gazni asta-sekin siqamiz. Bunda biz A ish bajaramiz. Termodinamikaning birinchi qonuniga binoan issiqlik miqdori quyidagiga teng bo’ladi:
  • Q = ∆U+A.
  • Gaz temperaturasi o’zgarmas bo’lgani uchun uning ichki energyasi xam o’zgarmas bo’ladi: U = const, ∆U= 0.
  • Shuning uchun gaz ustida bajarilgan ish gaz termostatga berishi mumkin bo’lgan Q issiqlik miqdoriga teng:
  • Q = A
  • Shunday qilib, izotermik jarayonda gazga berilayotgan issiqlik miqdori gaz bajargan ishga teng.

Adiabatik jarayon.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • Nurmatov J. va boshqalar. Issiqlik texnikasi. Oliy o‘quv yurtlari tala-balari uchun o‘quv qo‘llanma.–T.: «O‘qituvchi», 1998
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Akbarov H.I., Sagdullayev B.U., Xoliqov A.J. Fizikaviy kimyo. Darslik. – T.: “Universitet”, 2019.
  • 2. Akbarov H.I., Tillayev R.S., Sagdullayev B.U. Fizikaviy kimyo. Darslik. – T.: “Universitet”, 2014.
  • 3. Akbarov H.I. Fizikaviy kimyo kursidan seminar mashg‘ulotlari. – T.: “Universitet”, 2018.

Yüklə 487 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin