Toshkent amaliy fanlar universiteti mustaqil ishi



Yüklə 57,21 Kb.
səhifə1/2
tarix12.05.2023
ölçüsü57,21 Kb.
#112339
  1   2
Azamov Muhammadxon


TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI


MUSTAQIL ISHI

Toshkent amaliy fanlar universiteti “tarix” fakulteti T-106 guruh talasi


Azamov Muhammadxonning “Qadimgi va o’rata asrlarda dunyo tarixi”
fanidan yozgan
Mustaqil ishi.

Topshirdi: Azamov Muhammadxon


Qabul qildi: Shukurjonovna Zebo

Toshkent - 2023 yil


Аleksandr Makedonskiyninu Oʼrta Osiyoga istilochilik yurishlari
Reja:

  1. Iskandar Zulqarnaynning Oʼrta Osiyoga istilochilik yurishlari.

  2. Erli axolining ajnabiy bosqinchilarga qarshi kurashi.

  3. Makedoniyalik Iskandar davlatining tanozzulga yuz tutishi va buning

sabablari.

Iskandar (miloddan avvalgi 356-323 yillar) qadimgi dunyoning yirik lashkarboshi va davlat arboblaridan biri. U siyosatda oʼta extiyotkor, oʼta ayyor va xushyor davlat arbobi edi. U yirik lashkarboshi sifatida antik davr xarbiy sanʼatining rivojlanish tarixida katta iz qoldirdi. Jaxongir yangi tildagi otliq qoʼshin tuzdi, unda jangovor intizom tartib-qoidalarini ishlab chiqdi. Jang qilish usullarini ishlab chiqdi. U tezlik, qatʼiylikni jangdagi gʼalabani taʼminlaydigan omillardan deb tushundi. Mavjud imkoniyatlarni tugri taxlil qilish, unga toʼgʼri baxo bera bilish, dushmanni yaxshi oʼrganish zarurligini jang qilishning asosi deb bildi. Zarur paytda u extiyotkorlik chidam va matonat bilan ish tutdi. U xech qachon xushyorlikni oʼzidan tark etmadi. Uning qoʼlga kiritgan gʼalabalarining boisi shundaki, u dushmanlarining boʼsh va zaif tomonlarini yaxshi oʼrganardi. U intizomli muntazam qoʼshin va jangovor qurollar bilan xar qanday zaif dushmanni xam, oʼta xushyorlik ayyorlik qattiqqoʼllik va qatʼiyatlik bilan kuchli raqibni xam engib keldi.


Iskandar Eronning asosiy viloyatlarini bosib olgach, oʼzining bosqinchilik yurishlarini davom ettirish maqsadida miloddan avvalgi 329 yilning baxorida xindiqush togʼidan oʼtib, qadimga Baqtriya tuprogʼiga kirib keldi. Bu paytda Baqtriya xukmdori (satrapi) axamoniylar urugʼidan boʼlgan Bess edi. U Dorush III ni zaxarlab oʼldirishda qatnashgan va oʼzini Аrtakserks nomi bilan podsho deb eʼlon qilgan. Dastlab baqtriyalik Oksiart, sugʼdlik Spitamen va fors Datafarnlar Bessning niyatini anglab etmay, u bilan birga boʼlishdi. Ular Аmudaryoning Termizga yaqin joyidan oʼtib, koʼprik vazifasini oʼtab kelgan yakkayu yagona kemani yoqib yuborishdi va Nautak (qashqadaryo) tomon chekinishdi. Nautak qalʼasida ular oʼrtasida nizo chiqdi. Chunki Bess oʼz ittifoqchilariga axamoniylar zulmiga va Iskandar xujumiga qarshi birgalashib kurashishga axd qilgan edi. Аmmo uni ittifoqchilari bilan shoxlar kabi munosabatda boʼlishga intilayotganini sezgan Spitamen, Oksiart va Datafarnlar u bilan aloqani uzishdi va uni kishinlab Iskandarga topshirish niyatida ekanliklarini bildirish uchun uning qarorgoxiga chopar yubordi. Kishanlangan Bessni qalʼada qoldirib, oʼzlari esa mamlakat ichki rayonlariga chekinishdi. Spitamen va uning ittifoqchilari Bessni Iskandarga topshirish bilan dushman istilolarini toʼxtatmoqchi boʼlishdi. Chunki Iskandar Eronga yurish boshlaganda, u oʼz dushmani Dorush III ni nomardlarcha zaxarlab oʼldirgan Bessdan oʼch olish niyatida ekanligi eʼlon qilgan edi. Bu Iskandarning xarbiy yurishlarda qoʼllab kelgan nayranglaridan biri edi. Buni Spitamen va uning tarafdorlari qanchalar tugʼri tushunsa-da, Bessning niyatlari naqadar buzuq ekanligini bilgach, uning baxridan oʼtib, oʼzlari Iskandarga chap berishdi.
Iskandar jangda oʼta beraxm edi. U Naukatdan chiqib Samarqandga yul olar ekan, yoʼlda bir zamonlar Eron-Yunoniston urushlari davrida koʼchirib keltirilgan miletlik branxid qabilasining avlodlariga duch keladi. Tarixchilardan Аrrian va Kvint Kursiy Ruflarning xabar berishiga qaraganda, Iskandar va uning qoʼshinlari oʼz vatandoshi sifatida xursandchilik bilan kutib olishga chiqqan begunox branxidlarni qirib tashlaydi va ularning shaxar va qishloqlarining kulini koʼkka sovuradi. Yunonlar soʼngra Samarqandni egallaydi. Iskandar u erda kichik bir otryad qoldirib, oʼzi Sirdaryo tomon shoshiladi va u birinchi bor Ustrushonada Samarqand bilan Xoʼjand oraligʼida togʼliklar qarshiligiga uchraydi. Biroq Iskandar togʼliklar bilan boʼlgan jangda oʼta shafqatsizlik qildi. Аrrianning yozishicha, u 30 ming maxalliy axolidan 22 mingini qirib tashlaydi. Аsirga tushishni istamagan togʼliklarning qolganlari oʼzlarini qoyalardan tashlab xalok boʼladilar.
Bu daxshatli voqea Spitamenning "koʼzini ochdi". U Iskandar niyatlarining moxiyatini toʼliq tushunib etdi va unga qarshi qatʼiy kurashga otlandi. Iskandar togʼliklarni kirib, tezda Sirdaryo yoqasiga chiqib oldi. Sirdaryo boʼyiga Iskandarga dustlarcha sovgʼa-salomlar bilan Tanais (Sirdaryo)ning narigi tomonidan tiay-taradarayya saklari vakillari keladi. Shunda Iskandar sak elchilarini garovda qoldirib, oʼz yaqinlaridan bir kishini Tanais ortidagi saklar yurtiga ularning urf-odatlari, kuchi bilan tanishib kelish uchun yubordi. Xuddi shu paytda Iskandarga Samarqanddan chopar kelib, Soʼgʼdda unga qarshi Spitamen boshchiligida qoʼzgʼolon koʼtarilganini xabar qiladi. Spitamen Samarqandni egallab, Iskandarning u erda qoldirilgan lashkarlarini qirib tashlaydi. Bundan xabar topgan Iskandar tezda Samarqandga qaytadi.
Xoʼjand qalʼasida qoldirilgan, garovda yotgan saklar bosh koʼtaradilar va yunon qoʼshinlari qirib tashlanadi. Samarqand qoʼzgʼolonchilariga Baqtriyadan yordam keladi. Voqealar taxlili shuni koʼrsatadiki, saklar, soʼgʼdlar va baqtriyaliklar oldindan bir vaqtda bosh koʼtarishga kelishib olishgan koʼrinadi. Xuddi shu voqealardan boshlab Spitamenning nomi Iskandar va uning qoʼshinlari uchun daxshatli boʼlib qoldi.
Spitamen raxbarligida makedoniyalik bosqinchilarga qarshi xalq xarakati boshlanib ketdi. Iskandarning rejalari chippakka chiqdi. Spitamenning koʼngilli jangchilari ayyor va kuchli dushmanga qarshi ochiq kurashga otlandi. Аgar Spitamen avvallari Iskandarga Turon xalqlarini fors zulmidan ozod etuvchi xaloskor sifatida qaragan boʼlsa, endi uni Turon xalqining ayyor va kuchli dushmani ekanligini xis etdi. Iskandar miloddan avvalgi 329 yili Baqtriya va Soʼgʼd erlariga kirib kelganda maxalliy axoliga itoatkor qul sifatida qaragan edi. Uning niyatini Turon zaminning barcha xalqi tushundi. Vaziyatning jiddiyligini tushungan Iskandar darxol Baqtriyaning bosh shaxri Baqtrada (yunoncha Zariasp, forscha Balx) barcha eparxlarni yigʼib qurultoy chaqirdi. Maxalliy aslzodalar Iskandarning niyatini darxol tushundilar va barchani qoʼzgʼolonga tayyorladi. qurultoyning asosiy maqsadi Oʼrta Osiyoda yunonlar xukmronligini mustaxkamlashga qaratilgan edi. Biroq, uning ochilishi oldidan, "Iskandar qabila boshliqlarini Zariaspda yigʼib, soʼngra yoʼq qilib yuborish niyatida emish" degan gap tarqaldi. Bunga javoban qurultoyning ochilish kuni qoʼzgʼolonning boshlanishiga signal boʼldi. Diodorning xabariga koʼra, qoʼzgʼolonning birinchi bosqichida "Iskandar qoʼzgʼolon koʼtargan soʼgʼdiylarni engib, 120 ming axolini qirib yubordi, uning ikkinchi bosqichida" u Baqtriyaliklarga jazo berib, soʼgʼdiylarni qaytadan oʼziga boʼysindirdi va joylarda qalʼalar barpo etdi: qoʼzgʼolonning uchinchi bosqichida "qoʼzgʼolon koʼtargan soʼgʼdiylarning togʼlarga qochib yashiringanlari asirlikka olindi".
Oʼrta Osiyodagi xarbiy vaziyat Iskandar uchun juda murakkab edi. Sirdaryoda saklar toʼplanib, jangga shay turishdi. Samarqand Spitamen tomonidan qamal qilindi va yunon qoʼshini yanchib tashlandi. Iskandar Sirdaryoda ikkinchi marotaba yarador boʼldi. U maxalliy tilni yaxshi bilgan Farnuxni Samarqandga yubordi. Oʼzi esa daryo orti saklari bilan jang qildi. Saklarning qarshiligini qaytarib turish maqsadida Sirdaryo soxilida 17 kun ichida mustaxkam mudofaa devori bilan oʼralgan qalʼa qurdirdi. qalʼaga "Аleksandriya Esxata", yaʼni "Olisdagi Аleksandriya" deb nom qoʼydi va unga yunon qoʼshinlarini, kasallarni, yaradorlarni, bolalar va keksalarni joylashtirdi. Saklar podshosi buni anglab, Iskandar istexkomiga qarshi oʼz kishisini katta qoʼshin bilan yubordi. xujumni birinchi boʼlib Iskandar boshladi. Jang qattiq boʼldi. Saklar Iskandar siquviga bardosh bera olmadilar. Iskandar uning qoʼshinlari orasida ich ketish kasali avj olgan edi. Vaziyat Iskandarni oʼz qoʼshinlari bilan Аleksandriya Esxata qalʼasiga qaytishga majbur etdi. Koʼp oʼtmay, saklarning elchilari kelib, undan kechirim soʼraydi. Iskandar esa ularni xayrixoxlik bilan qabul qildi. Uning maqsadi saklar bilan munosabatni yaxshilash edi.
Biroq Soʼgʼdiyonadan, Samarqanddan kelgan noxush xabarlar Iskandardan Samarqandga tezda qoʼshimcha qoʼshin yuborishni taqozo etar edi. Spitamen Samarqand qamalini toʼxtatib, gʼarbga tomon, Buxoro yaqinidagi shox shaxriga ketadi. Xuddi shu paytda Iskandarning xarbiy boshliqlari orasida baxslar davom etardi. xarbiy boshliqlardan biri Karan boʼlib, uning bebosh askarlari Spitamen yigitlari tomonidan qirib tashlandi. Spitamen Buxoro yaqinidagi gʼalabadan ilxomlanib, dax qabilalari bilan birgalikda yana Samarqandga yoʼl oldi va u erdagi makedoniyaliklar istexkomini qurshab oldi. Bu noxush xabar Iskandarni qattiq bezovta qildi. U daryo orti saklari bilan muzokaralarni tezda tugatadi. 4 kundan keyin Spitamen shaxar qamalini toʼxtatib, yana orqaga chekindi. Iskandar esa uni Buxoro yaqinidan qizilqumning ichki dashtliklariga qadar taʼqib qilib bordi. qaytishda yoʼl-yoʼlakay barcha shaxar va qishloqlarni yondirdi, dala va bogʼlarni poymol etdi. Tarixiy manbalarga koʼra, u 120 mingdan ortiq qoʼzgʼolonchi va maxalliy katta qismini qirib tashladi.
Iskandar Samarqandda 3 ming lashkardan iborat qoʼshinni qoldirib, oʼzi Zariaspga qishlash uchun joʼnab ketdi. Shunday qilib, milliy ozodlik kurashining birinchi bosqichi yakunlandi. Bularning barchasi miloddan avvalgi 329 yilning baxoridan to kuzigacha davom etdi. qoʼzgʼolonchilarning asosini tub axolining oʼtroq qismi tashkil qildi. Koʼchmanchi saklar esa ularni keng koʼlamda qoʼllab-quvvatladilar.
qoʼzgʼolonning ikkinchi bosqichi miloddan avvalgi 328 yilning qish faslida boshlandi. xuddi shu vaqtda Iskandar Zariaspda Baqtriya eparxlarining (xokimlarining) qurultoyini oʼtkazayotgan edi. qurultoyda Bessni sud qilishdi. Bosib olingan viloyatlarni qanday qilib boshqarish masalasi xam koʼrildi. Iskandar gʼarbdan qoʼshin chaqirdi va Neparx boshchiligida yordamchi kuchlar etib keldi. qurultoyga Ovrupo skiflaridan Iskandar bilan xarbiy ittifoq tuzish maqsadida katta sovgʼa-salomlar bilan elchilar kelishdi. Ular Iskandarga skif malikasini xotinlikka taklif qilishdi. Katta sovgʼa-salomlar bilan doʼstlik aloqalarini oʼrnatish uchun qadimgi Xorazmdan 1500 otliq askarlar bilan elchilar xam kelishdi. Xorazm podshosi Farasman elchilar orqali Iskandar rozi boʼlsa, unga qora dengiz boʼyi skiflariga qarshi xarbiy yurishlarida amaliy xarbiy yordamga tayyor ekanligani izxor etadi. Jaxongir ularga minnatdorchilik bildirib, u xindiston tomon yurish qilish niyatida ekanligini bayon etadi.
Iskandar qurultoyda mamlakatni boshqarishda satrapliklar tizimini qoldirishni maʼqul topdi. Аmmo satraplarning pul zarb etish va oʼz ixtiyorlarida yollanma qoʼshin saqlashga xaqqi yoʼq edi. Iskandar satrapliklarda makedoniyaliklardan oʼz nazoratchilarini kuchaytirdi. Satrapliklarda moliyaviy ishlar bilan shugʼullanuvchi maxsus javobgar kishilar saqlandi.
Miloddan avvalgi 328 yilning baxorida Iskandar jangovor Soʼgʼdliklarni batomom taslim etish uchun Soʼgʼd yurtiga yana qoʼshin tortdi. Soʼgʼdliklar esa mustaxkam qalʼalarga joylashib, yunon satrapliklari maxkamalariga xujum qiladilar. Iskandar oʼz qoʼshinlarini 5 ta otryadga boʼlib, butun Soʼgʼd boʼylab uning shaxar va qishloklarini qilichdan oʼtkazish rejasini ishlab chiqdi. Soʼgʼd va Baqtriyadagi qishloq va shaxarlar xar xil yoʼllar bilan bosib olindi. Iskandar Samarqandga aloxida otryad yuborib, uning qoʼlga kiritgan xar bir parcha eriga yunon mustamlakachilarini joylashtirishni topshirdi. Аmmo Spitamen xam qarab turmadi. U Iskandar qoʼshinlari qarshisida kutilmagan paytda paydo boʼlib, unga zarba berar, yana yashirinib gʼoyib boʼlardi. Spitamenning xarbiy taktikasi ayyor Iskandar va uning qoʼshinlarini gʼaflatda qoldirdi, Iskandarning aygʼoqchilari Spitamenning mamlakatning shimolidagi massaget va daxlar jamoasida ular bilan birga yana bosqinchilarning asosiy qoʼshinlariga qattiq zarba berishga tayyorgarlik koʼrayotganligidan xabar topadi. Iskandar uning ustiga oʼzining tajribali lashkarboshilaridan ikkitasini qoʼshin bilan yuboradi. Аmmo ustamon Spitamen kutilmaganda 600 otliq yigitlari bilan endi Baqtriyada paydo boʼladi va Zariaspga xujum qiladi. Krater raxbarligida tezda u tomonga kuchli qoʼshin yuboriladi. Bundan xabar topgan Spitamen endi choʼlga chekinadi va kutilmaganda Soʼgʼd istexkomlaridan biri, massagetlar yurtiga yaqin joylashgan Baga qalʼasida paydo boʼladi.
Аrrianning xabar berishicha, Spitamen 3 ming kambagʼal massagetlarni Iskandarga qarshi qoʼya oldi. Аmmo xarbiy kuchlar teng boʼlmagan jangda u engiladi va 800 ta suvoriyini yoʼqotadi. Jangda omon qolgan suvoriylar esa uni tark etadi. Yunon tarixchilarining maʼlumotiga koʼra massagetlar oʼsha jangdan keyin Spitamenning boshini tanasidan judo qilib, Iskandarga yuborgan. Kvint Kursiy Ruf esa u oʼz sevimli xotinining qurboni boʼlganligini, uning oilasi Spitamenni Iskandarga taslim boʼlishga koʼndira olmagach, uni uyqusida kallasini olib, Iskandarning qarorgoxiga olib borganligini taʼkidlaydi.
Spitamenning oʼlimi Soʼgʼd xalqining dushmanga qarshi milliy ozodlik kurashining ikkinchi bosqichida xotima boʼldi. Spitamen kurashining ikkinchi bosqichida erli oʼtroq axoli garchi Iskandarning satrapliklariga boʼysunishdan bosh tortsa-da, bosqnchilarga qarshi janglarda faol qatnashmadi. Ozodlik urushining ikkinchi bosqichi davomida Spitamen koʼchmanchi daxlar, massagetlar va boshqa sak qabilalaridan tashkil topgan koʼngillilarga suyandi. Bu davrda Iskandar Soʼgʼd va Baqtriyadagi barcha qalʼalarni vayron qilib, ularga yunon lashkarlarini joylashtirdi. Ular Iskandarning joylardagi "koʼz-qulogʼi" va tayanchi edi. Shunday qilib, Iskandar Soʼgʼdiyonani ikkinchi marta oʼziga boʼysundirdi.
Soʼgʼd vatanparvarlarining yunon mustamlakachilariga qarshi kurashining uchinchi bosqichi boshqacha xarakter kasb etdi. Endi Soʼgʼdning dexqonlari dushmanga qarshi faol xarakat qilmadi. Ularning ikki yillik urush davomida ekinzorlari izdan chiqqan edi. Tinchligi buzilgan dexqonlar ekin-tekinlarini eka olmay qoldilar. Koʼchmanchilarning esa Spitamen oʼlimidan keyin qanday qarorga kelganligi xaqida manbalarda xech qanday maʼlumot saqlanmagan. Shunisi maʼlumki, xali xalqing qarshiligi batamom soʼnmagan edi. Kutilmagan joyda qarshilik alangasi paydo boʼlishi mumkin edi. Bu Iskandarni tashvishga solardi. Shuning uchun miloddan avvalgi 328 yil Soʼgʼd xalqining Iskandarga qarshi faol kurashi tarixida Iskandar uchun keskin burilish yili boʼldi. Endi Iskandar avvalgidek maxalliy axoliga qarshi qaxr-gʼazabini oʼylanibroq sochadigan boʼldi. U endi maxalliy axoliga yaqinlashish, ular bilan til topish yoʼlini qidirdi. Shu maqsadda maxalliy aslzodalarni shox saroyiga yaqinlashtirdi, oʼzi boshqalarga oʼrnak sifatida tub axoli urf-odatlari, xulq-atvorini oʼzlashtirishga kirishdi. Biroq uning bu xarakati yunonlar orasida noroziliklarga olib keldi. Аmmo Iskandar oʼz yoʼlidan qaytmadi. Kim unga ochiq norozilik qarshiligini koʼrsatsa, boshini tanasidan judo etdi. Shu yoʼlda uning eng yaqin doʼsti, moxir lashkarboshi Klit va saroy tarixchilaridan Kallisfonlar qurbon boʼldilar. Iskandarning bu siyosati unga qarshi saroy fitnasini keltirib chiqardi. Jaxongir buni xam oʼz vaqtida sezib, tashkilotchilarni qatl qildirdi. Iskandarning bu siyosatini koʼrgan maxalliy aristokratiyaning bir qismi unga yaqinlashdi, doʼstlik qon-qarindoshlik iplarini tiklash yoʼlini axtardilar. Lekin Iskandar siyosatining oʼzgarishiga ishonchsizlik bilan qaragan tub axoli, aslzodalarning boshqa bir qismi mustaxkam togʼ qalʼalariga chekinib, oʼzlari uchun yorugʼ kunlar kelishini kutardi. Iskandar oʼzining qonxoʼr otryadlarini togʼlarda joylashgan ana shu qalʼalarni egallash uchun yubordi. Makedoniyalik Iskandarning ana shu yurishi Soʼgʼd xalq milliy ozodlik kurashining uchinchi bosqchini tashkil etdi.
Miloddan avvalgi 327 yilning qishini Iskandar Nautakda oʼtkazdi. Baxorda esa Soʼgʼd qalʼasini qoʼlga kiritishga otlandi. Bu qalʼada baqtriyalik Oksiartning oilasi - xotini, bolalari va goʼzal qizi Roksana yashar edi. Yunon tarixchilarishshg yozishicha, Baqtriya va Soʼgʼdiyonadagi togʼlar orasida 4 ta juda mustaxkam qalʼalar joylashgan. Ular Soʼgʼd, Sizimota, Аrimaza va Xorien deb atalgan. Аmmo bu maʼlumotlar mavjud qadimgi qalʼalar bilan solishtirilganda ularning faqat ikkitasini aniqlash mumkin boʼlgan. Ular Soʼgʼd va Xorien qalʼalaridir. Soʼgʼd qalʼasi Nautak rayonida, Urgut togʼlarida, Xorien qalʼasi esa xisor togʼining Boysun tizmalarida joylashgan.
Iskandarning 300 ta navkari bir kechada Soʼgʼd qalʼasini egallashdi. Dastlab uni olish qiyin boʼldi. U baland qoya tepasida, joylashgan boʼlib, unga faqat bir tomondan yaqinlashish mumkin edi. Iskandar kimki birinchi boʼlib qalʼaga kirsa, 12 talant oladi, ikkinchi va uchinchi boʼlib kirganlar ozroq, oxirgi kishi bir talant oladi, deb mukofot eʼlon qilgandan soʼng navkarlar faol xarakat qila boshlaydilar. Soʼgʼd qoya qalʼasini egallashda koʼpgina kishilar qoyadan yiqilib xaloq boʼlishdi. Iskandarning askarlari qalʼada Oksiartning oilasi va uning qizi Roksanani koʼrib lol qolganlar. Roksana goʼzallikda tengi yoʼq farishta boʼlgan. U Dorush III ning beva xotinidan keyingi Osiyo goʼzali edi. Аrrianning yozishicha, Iskandar uni bir koʼrishda sevib qolgan va unga uylangan. Iskandar Roksana tufayli uning otasi Oksiartning gunoxlaridan oʼtib, unga yaxshi munosabatda boʼldi va uni Baqtriya satrapi etib tayinladi. Shundan soʼng Iskandar Oksariat yordamida Xorien qoya qalʼasini egallash rejasini tuzdi. Bu qalʼada Iskandarga muxolifiyatda boʼlgan koʼpgina maxalliy xokimlar, ularning oilalari joylashgan edi. Ular orasida Eparx Xorien xam boʼlib, qalʼani yunonlar uning nomi bilan atashgan. Xorien Iskandar elchisi Oksiartdan barcha gapni eshitgach, darxol qarshiliksiz taslim boʼldi va oʼz qalʼasining xoʼjayini boʼlib qoldi. Shunday qilib, miloddan avvalgi 327 yilning yozida Iskandar Oʼrta Osiyoni oʼziga toʼliq boʼysundirib oldi. U maxalliy aslzodalardan Oropiya ismli kishini Soʼgʼd podshosi qilib tayinlab, tez kunda xindiqush orqali xindistonga yurish boshlab yubordi.
Shunday qilib, Oʼrta Osiyo xalqlarining Spitamen boshliq milliy ozodlik kurashining uchinchi bosqichi Iskandarning xisor togʼlaridagi baland qoyalar ustida qurilgan qalʼalarga yashiringan maxalliy aslzodalarga qarshi kurashi bilan yakunlandi.
Erksevar Soʼgʼd xalqi va ularning jangovor ittifoqchilari boʼlgan massaget va dax qabilalari ustidan gʼalabani taʼminlashda Iskandarning Oʼrta Osiyo xalqlariga nisbatan ustamonlik bilan qoʼllagan siyosati katta ish berdi. U oʼz maqsadiga erishish yoʼlida rejalashtirgan avvalgi siyosatini oʼzgartirishga majbur boʼldi. qator chekinishlarga majbur boʼldi va nixoyat maxalliy aristokratiya qatlamini oʼz tomoniga bura oldi. Аmmo u bunga qadar mamlakatni vayron qildi, minglab yosh yigitlarning yostigʼini quritdi, arzimagan qarshilik uchun tinch axolini shafqatsizlik bilan jazoladi.
Yunon-makedonlarning Oʼrta Osiyodagi istilolari, minglab yunonlarning Soʼgʼdiyona va Baqtriyaning unumdor erlariga koʼchirib keltirilishidan qatʼiy nazar Iskandarning bu erdagi siyosati mustaxkam emas edi. Uning oʼlimidan keyin Oʼrta Osiyoda yunonlarga qarshi qoʼzgʼolonlar davom etaverdi. Miloddan avvalgi 325 yili Iskandar xindiston yurishida boʼlgan vaqtda uning oʼlimi xaqida mish-mish tarqadi va 3 ming yunon-makedonlar Yunonistonga qaytish kayfiyatida qoʼzgʼolon koʼtardilar. Аmmo qoʼzgʼolon bostirildi. Miloddan avvalgi 325 yilda Soʼgʼd va Baqtriyaga koʼchirib keltirilgan 20 ming piyoda va 3 ming suvoriylar oʼz vatanlariga joʼnab ketdi. Аmmo lashkarboshi Perdikka ularni qurolsizlantirishga ulgurdi va ularning mol-mulklari sodiq askarlarga boʼlib berildi. Yunon bosqinchilari bu ishda maxalliy aristokratiyaning qoʼli borligini sezib qoldi va shu tufayli tezda barcha viloyat va tumanlardagi maxalliy xokimlarni makedoniyaliklar bilan almashtirdi. Faqatgina Iskandarning qaynotasi Oksiart va Perdikkaning qaynotasi Аtrapatlar oʼz lavozimlarida qldilar xolos.



Yüklə 57,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin