Suyuq dori shakllari – faol ta’sir etuvchi moddani suv, spirt, yog’ yoki boshqa erituvchilarda eritib yoxud ularga aralashtirib, shuningdek o’simlik mahsulotlaridan ajratib olib tayyorlanadigan dori shakllaridir.
O’z fizik – kimyoviy xususiyatlariga ko’ra barcha suyuq dori shakllari teng taqsimlangan dispers sistema hisoblanib, suyuq dispers muhitda dorivor modda teng taqsimlangan (erigan) bo’ladi