Toshkеnt irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti qishloq хo`jaligi iqtisodiyoti fanidan «Agrоsanоat majmuasi va uni rivоjlantirish»
2. Agrosanoat majmuasi tarkibidagi tarmoqlar o`rtasidagi munosabatlar
3. Agrosanoat majmuasining holati, iqtisodiy-ijtimoiy samaradorlik darajasi, ularni rivojlantirilishi.
4. Oziq-ovqat va xalq iste'moli mollari majmuasi. Davlatning oziq-ovqat xavfsizligi
1. Agrosanoat majmuasining zarurligi, maqsadi,vazifalari va tarkibi
1. Agrosanoat majmuasining zarurligi, maqsadi,vazifalari va tarkibi
Mamlakat agrosanoat majmuasining asosiy maqsadi – aholini sifatli oziq-ovqat va xalq iste'moli tovarlari bilan talab darajasida ta'minlashdir. Bu masala ulkan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lib, uning talab darajasida hal etilishi aholi turmush darajasini yuksaltiradi, ularni farovon yashashini ta'minlaydi. Shuning uchun ham bu masalaga Respublika hukumati tomonidan alohida e'tirbor berilmoqda, ya'ni agrosanoat majmuasiga kiruvchi barcha tarmoqlarni rivojlantirish bilan bog`liq bo`lgan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularni hayotga bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Respublika agrosanoat majmuasi o`z maqsadga erishishi uchun quyidagi asosiy vazifalarni yechilishini taqozo etadi:
Respublika agrosanoat majmuasi o`z maqsadga erishishi uchun quyidagi asosiy vazifalarni yechilishini taqozo etadi:
Respublika agrosanoat majmuasining maqsadini to`liq va samarali bajarilishini taminlay olish qobilyatiga ega bo`lgan tarkibning (ya’ni tarmoqlarni) maqsadga muvofiq holda tashkiliy, texnologik, texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan o`zaro uzviy bog`lanishini ta'minlash;
majmua tarkibidagi korxonalarni barcha omillarni e'tiborga olgan xolda maqsadga muvofiq oqilona joylashtirish hamda ularning ixtisoslashtirilishi va integratsiyalashuvini ta'minlash;
samarali faoliyat ko`rsatishini ta'minlash maqsadida barcha korxonalarni zamonaviy texnikalar bilan jihozlash, ularda ilg`or, innovatsion texnologiyalarni joriy etish;