Bozordagi raqobatchilar nechta bo’lsa, raqobatchilik strategiyasining variantlari va ko’rinishlari shuncha bo’ladi. Biroq ularning turi qanchalik ko’p bo’lmasin, ularning o’xshashliklari topiladi.
Mavzu: Firma xarajatlari raqobatbardoshligini baholash
Reja:
1.Kompaniyaning narxlari va xarajatlari raqobatbardoshligi.
2.Kompaniyaning raqobat pozitsiyasi mustahkamligi.
3.Kompaniyaning strategik muammolari.
Kompaniya axvoli tahlilining muxim qismi - bu Korxona xarajatlarining raqobatga bardoshliligini aniqlashdir. Baholardagi farqlarning kelib chiqish sabablari xilma-xil bo’lishi mumkin. Ularning eng muximlari quyidagilar:
xom ashyolar, butlovchi qismlar, quvvatlar va boshqa tovarlar narxlaridagi farq;
texnologiyaning turliligi va jixozlar yoshining turliligi;
ishlab chiqarish xarajatlarining turliligi;
raqiblarning inflyatsiyaga va xorijiy valyutalar almashtiruv kurslarining o’zgarishiga bogliqlik darajasining turliligi;
marketing xarajatlarining turliligi;
transportirovka xarajatlarining turliligi ;
sotish shaxobchalarini tashkil etish xarajatlarning turliligi.
Raqobatga bardoshli bo’lish uchun kompaniyaning xarajatlari raqiblar xarajatlariga teng yoki undan past bo’lishi lozim. Buning uchun kompaniya qiymatlar zanjirining xar bir bo’ginida tahlil o’tkaziladi. Qiymat yaratuvchi zanjir quyidagilardan iborat bo’ladi.
Kompaniyaning raqobat pozitsiyasi qay darajada mustahkam kerak?
Kompaniyaning raqobatga bardoshliligini aniqlash uchun qiymatlar zanjiridan foydalanish yetarli emas. Kompaniyaning raqobatchilik kuchi va pozitsiyasi chuqurroq tahlil qilinishi lozim. Buning uchun quyidagilar aniqlanadi:
xozirgi vaqtda kompaniya o’zining raqobat pozitsiyasini qanchalik qattiq ushlab turibdi;
amaldagi strategiya saqlanib qolsa kompaniya raqobat pozitsiyasining mustaxkamlanish va zaiflashish istiqboli qanday;
asosiy raqiblar ichida kompaniya qanday o’ringa ega;
xozirgi vaqtda kompaniya asosiy raqiblardan ustunmi yoki orqadami;
tarmoqning xarakatlantiruvchi kuchlari, raqobat bosimlari, raqobatchilarning kutilayotgan qadamlaridan kelib chiqib kompaniya o’zining pozitsiyasini ximoya qila oladimi;
Bu savollarga javob topish uchun quyidagilarni bajarish lozim:
1-qadam - tarmoqdagi muvaffaqiyatning kalit omillari ro’yxati to’ziladi;
2-qadam - xar bir ko’rsatkich bo’yicha kompaniya va uning raqiblariga baho beriladi;
3-qadam - raqiblarning kuchli tomonlariga berilgan baho umumlashtiriladi;
4- qadam - raqiblarning raqobatda ustunlik yoki zaif jixatlari xaqida xulosa chiqariladi;
Kompaniya qanday strategik muammolarga to’qnash keladi? Yuqoridagi tahlil natijasini o’rganib, menejerlar nimaga etibor berish kerakligini aniqlashlari lozim. Kompaniyaning zaif joyini topa bilish, ana shu zaifliklarni bartaraf qilish choralarini ishlab chiqish menejerlarning asosiy vazifasiga aylanadi. Ushbu vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun menejerlar quyidagi savollarga javob topishlari lozim:
1)tarmoqdagi xarakatlantiruvchi kuchlarni xisobga olganda Korxonaning bugungi strategiyasi ma’qulmi;
2)Korxonaning amaldagi strategiyasi tarmoqning kelajakdagi muvaffaqiyatning kalit omillariga mos keladimi;
3) tarmoqdagi 5 ta raqobat kuchlaridan amaldagi strategiya yaxshi ximoya qiladimi;
4) qanday vaziyatlarda bugungi strategiya kompaniyani tashqi xavflar va ichki zaifliklardan ximoya qila olmaydi;
5) bir yoki bir nechta raqiblarning xujumi kompaniyaga zarar yetkaza oladimi, agar yetkaza olsa qanday zarar yetkaza oladi;
6) kompaniya raqobat ustunligiga egami yoki u raqobatchilikdagi kamchiliklarni tugatish uchun yanayam ko’proq ishlashi kerakmi;
7) bugungi strategiyaning kuchli va zaif tomonlari nimalardan iborat;
8) kompaniyaning raqobat pozitsiyasini kuchaytirish uchun qo’shimcha choralar ko’rish lozimmi;
Ushbu savollarning javoblari kompaniya amaldagi strategiyasini davom ettirgani ma’qulmi yoki strategiyani tubdan o’zgartirish lozimmi degan savolga javob beradi. Vaziyat tahlilining sunggi bosqichida kompaniyaning ish rejasini tashkil qiluvchi barcha muxim strategik yondashuvlar aniqlanadi. U bajarilgan vaziyat taxhliliga tayanishi va quyidagi savollarga javob berishi kerak:
mavjud strategiya tarmoqdagi xarakatlantiruvchi kuchlarga mosmi?
mavjud strategiya tarmoqning kelgusidagi muvaffaqiyat omillari bilan
qanchalik kuchli bog’liq?
mavjud strategiya xozir va ilgari emas, kelgusidagi beshta raqobat kuchidan
qanchalik yaxshi ximoyalangan?
mavjud strategiya kompaniyani ichki xatarlar va tashqi zaifliklardan ximoyalay
oladimi?
kompaniya bir yoki bir nechta raqiblarning xujumlaridan xavfsirashi kerakmi?
kompaniyaning qiymat pozitsiyasini yaxshilash, ijobiy imkoniyatlarni
ko’paytirish yoki uning raqobatli pozitsiyasini yaxshilash uchun qo’shimcha choratadbirlarni amalga oshirish kerakmi?
Qiymat bo’shliqlari asosan zanjirning orqa qismida yotsa, korxona quyidagi olti xil strategik xatti-xarakatlarni amalga oshirishi mumkin:
yetkazib beruvchilar bilan o’zi uchun qulay narxlar tug’risida kelishib olishi;
yetkazib beruvchilar bilan ularning xarajatlarini kamaytirish maqsadida ish olib borishi;
moddiy xarajatlarni nazorat qilish uchun orqaga tomon integratsiyalanishi;
arzonroq o’rinbosar tarkibiy qismlardan foydalanishga urinishi;
taqsimotning narxlari maqbo’l bo’lgan yangi manbalarini topishi;
zanjirning boshqa qismlarida tejamkorlik evaziga farqni kamaytirishga urinishi mumkin.
Qiymat bo’yicha raqobatbardoshlikning boy berilishiga sabab zanjirning ichki sohalarida bo’lsa, quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
qiymatning xavf tug’dirayotgan tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish va asbobuskunalarga yangi investitsiyalar ob’ekti sifatida ko’rib chiqish;
mahsulotning qiymatini kamaytirish maqsadida uni yangilash va xokazo;
Korxonaning raqobat pozitsiyasi kuchini baholash. Qiymat, raqobat pozitsiyasini baholashga qo’shimcha ravishda kompaniyaning raqobat pozitsiyasi va raqobatchilik kuchini umumiy tahlil qilish xam talab qilinadi. U quyidagi savollarga javob berishi kerak:
Korxonaning bugungi raqobat pozitsiyasi qanchalik kuchli?
bugungi strategiyadan foydalanilganda raqobat pozitsiyasining qanday o’zgarishini kutish mumkin?
Korxonaning qanday raqobat ustunliklari bor?
Korxonaning raqobat prozitsiyalarini baholash uchun muvaffaqiyatning asosiy omillari bo’yicha balli baholar shkalasidan foydalaniladi. Bunda Korxona va uning raqiblari bo’yicha ana shunday omillar solishtirib kuriladi Umumiy qoida: kompaniya o’zining raqobatdagi kuchli jixatlarini ko’paytirib borishi va o’zining raqobatchilikdagi zaif jixatlarini ximoya qilishi kerak. U o’z strategiyasida o’zining kuchli jixatlariga tayanishi va zaif jixatlarini mustahkamlashga oid chora-tadbirlarni kurishi lozim.
Ayni paytda raqiblarning kuchli jixatlari reytingi xujumning qaysi tomondan bo’lishini va aksincha, raqiblarning zaif tomoni qaerda ekanligini ko’rsatadi. Agar aynan kompaniya raqobatda kuchli bo’lgan jixatlarda raqiblar zaif bo’lsa, ushbu vaziyatdan foydalanib qolish chora-tadbirlarini kurish lozim. Muammolarni aniqlash va ifodalash. Muammolarni aniqlash uchun qo’yiladigan savollar. Kompaniya avvalgi strategiyasini amalga oshira oladimi? Kompaniyaning strategik istiqboli uchun kuchli jixatlar ayniqsa muximdir, chunki ular strategiyaning poydevorini tashkil qiladi, raqobatli ustunliklar ana shu jixatlar asosiga qurilishi lozim. Ayni paytda yaxshi strategiya zaif jixatlarni ko’rib chiqishni xam talab qiladi. Tashkiliy strategiya bajarish mumkin bo’lgan ishlarga yaxshi moslashgan bo’lishi lozim. Kompaniyaning o’ziga xos jixatlarini aniqlash aloxida axamiyat kasb etadi. Bu esa strategiyani shakllantirish uchun muximdir, chunki:
noyob imkoniyatlar Korxonaga bozordagi qulay vaziyatlardan foydalanish imkoniyatini beradi;
bozorda raqobat ustunliklarini vujudga keltiradi;
potentsial jixatdan strategiyaning asosini tashkil etishi mumkin.
Tarmoqdagi qulay imkoniyatlarni kompaniyaning qulay imkoniyatlaridan farqlash kerak. Tarmoqdagi ustivor va qayta paydo bo’layotgan qulay imkoniyatlar raqobat ustunligiga ega bo’lgan yoki o’sish uchun boshqa imkoniyatlari bo’lgan kompaniyalar uchun ayniqsa mos keladi.
SWOT-tahlil quyidagi savollarga javob topishga yordam beradi:
kompaniya o’z strategiyasida o’zining ichki kuchli tomonlaridan yoki ustunliklaridan foydalanadimi? Agar kompaniyaning xech qanday ajralib turuvchi ustunliklari bo’lmasa, uning qanday potentsial kuchli jixatlari ana shu ustunliklarga aylanishi mumkin?
kompaniyaning zaif jixatlari uning raqobatdagi eng nozik tomonlarimi? Ular ma’lum bir qulay jixatlardan foydalanishga imkon bermaydimi? Strategik jixatdan kelib chiqqan xolda qaysi zaif jixatlarga to’zatish kiritish kerak?
qanday qulay sharoitlar kompaniyaga muvaffaqiyat qozonishga imkoniyat yaratadi? SHuni qayd qilib utish lozimki, foydalanish usullari bo’lmagan qulay imkoniyatlar sarobdan boshqa narsa emas. Korxonaning kuchli va zaif tomonlari uning boshqa Korxonalarga qaraganda qulay imkoniyatlardan foydalanishga yaxshiroq yoki yomonroq darajada moslashishiga yordam beradi.
menejerni qaysi taxdidlar ko’proq tashvishlantirishi kerak? U himoyani yaxshi tashkil qilish uchun qaysi strategik chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim?
Umumiy qoida: kompaniya o’zining raqobatdagi kuchli jixatlarini ko’paytirib borishi va o’zining raqobatchilikdagi zaif jixatlarini ximoya qilishi kerak. U o’z strategiyasida o’zining kuchli jixatlariga tayanishi va zaif jixatlarini mustahkamlashga oid chora-tadbirlarni kurishi lozim. Ayni paytda raqiblarning kuchli jixatlari reytingi xujumning qaysi tomondan bo’lishini va aksincha, raqiblarning zaif tomoni qaerda ekanligini ko’rsatadi. Agar aynan kompaniya raqobatda kuchli bo’lgan jixatlarda raqiblar zaif bo’lsa, ushbu vaziyatdan foydalanib qolish chora-tadbirlarini kurish lozim.