O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “STATISTIKA” KAFEDRASI O’QITUVCHISI Z.T.TO’RAYEVA TOMONIDAN “STATISTIKA” FANIDAN “STATISTIK MA’LUMOTLARNI TO’PLASH NAZARIYASI VA AMALYOTI” MAVZUSIDA TAYYORLANGAN AMALIY MASHG’ULOT
Statistik kuzatish natijasida o‘rganilayotgan xodisalarning har biri to‘g‘risida juda ko‘p ma’lumotlar to‘planadi. Lekin bu ma’lumotlar biror belgi bo‘yicha tartibga keltirilmaganligi sababli xodisalar to‘g‘risida umumiy xulosalar qilishga imkon bermaydi. Shuning uchun navbatdagi vazifa-ma’lumotlarni jamlash, bir tizimga keltirish va qayta ishlashdir.
ikkinchi bosqichi bo‘lib, statistik kuzatish ma’lumotlarini jamlash va guruhlash
deb yuritiladi.
Statistikada jamlash tor va keng ma’noda tushiniladi. Tor ma’noda jamlash deganda kuzatishdan olingan ma’lumotlarni biror belgisiga qarab guruhlamasdan, to‘plamning umumiy yig‘indisini (yakunini) hisoblanish tushuniladi. Masalan, Respublika bo‘yicha terilgan paxtaning umumiy miqdori, o‘rilgan g‘alla maydoni, institut bo‘yicha o‘qiydigan barcha talabalar soni va xokazo.

Kuzatish ma’lumotlarini maxsus dastur asosida muhim belgilariga qarab guruhlarga ajratib o‘rganish keng ma’noda jamlashdir. Masalan, terilgan paxtani qo‘lda va mashinada terilgan guruhlarga ajratish, talabalarni kurslarga, mutaxassisliklarga, kunduzgi va sirtqi belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratib o‘rganish.