Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti va Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni boshqarish kafedrasi tomonidan



Yüklə 1,12 Mb.
tarix02.06.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#122217
103 MEDICAL LEADERS Bayonnomasi



Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti va Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni boshqarish kafedrasi tomonidan “ 103 MEDICAL LEADERS” birinchi tez tibbiy yordamga bagʻishlangan fakultetlararo olimpiada
BAYONNOMASI

Urganch shahri 10.05.2023-yil
Hakamlar hayʼati tarkibi: TTA Urganch filiali Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni boshqarish kafedrasi mudiri t.f.d. professor Abdullayev Ibodulla Kuchkarovich, Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni boshqarish kafedrasi asissenti Nuraliyeva Nargiza Bekmurodovna, Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi dotsent PhD Ollaberganov Mardon Ismoilovich, Ichki kasalliklar va teri tanosil kasalliklari kafedrasi asissenti Hajiyev Sarvar Ortiqovich.
Ishchi a’zolar tarkibi: Sogʻliqni saqlashni boshqarish kafedrasi asissenti Sobirova Salomat Jumanazarovna, Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni boshqarish kafedrasi asissenti Omonova Anagul Sultonovna , Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni boshqarish kafedrasi asissenti Qurbonov Sanjarbek Rajabovich, Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi Roʻzimatov Fazliddin Isomiddinovich, Stimilyatsion markaz direktori Shakirov Shavkat Uktamboyevich, Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti koordinatorlari.
Ishtirokchilar: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali fakultetlararo talaba-yoshlardan tuzilgan jamoalar.
Manzil: TTA Urganch filiali bosh binosi.
KUN TARTIBI

  1. Jamoalarga “103 Medical leaders” olimpiadasidan asosiy koʻzlangan maqsad va vazifalar haqida tushuncha berish.

  2. Jamoalarni olimpiadaning umumiy qoidalari bilan tanishtirish.

  3. Jamolarga olimpiadaning shartlari va baholash mezonlarini tushuntirish.

Tinglandi:
TTA Urganch filiali Jamoat salomatligi va sogʻliqni saqlashni boshqarish kafedrasi mudiri t.f.d. professor Abdullayev Ibodulla Kuchkarovich “103 Medical leaders” filial fakultetlararo olimpiadasini ochib berdi va ishtirokchi jamoalarga zafarlar tiladi. Boshlovchi tomonidan jamoalarga “103 Medical leaders” shiori ostida birinchi tez tibbiy yordamga bagʻishlangan olimpiada talaba-yoshlarning fanlarni chuqur egallashi, yoshlarning tibbiyotga oid bilimlarini yanada mustahkamlashlari va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish, baxtsiz hodisalar roʻy berganda, kishi shikastlanganda yoki toʻsatdan kasal boʻlib qolganda uning hayotini saqlab qolish va yomon asoratlardan omon qolishi uchun koʻrsatiladigan tez va oddiy tadbirlarining mazmun-mohiyatini yaqindan tanishtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, oʻz iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish maqsadida oʻtkazilayotganligi haqida ma’lumot berildi va olimpiada shartlari va baholash mezonlari bilan tanishtirildi. Tez tibbiy yordamga bagʻishlangan ushbu olimpiada jamoaviy oʻyinlarni oʻz ichiga olishi, har bir fakultetdan bir jamoa qatnashish imkoniyatiga egaligi va har bir jamoada 4 nafardan iborat aʼzolar boʻlishi va har bir shart uchun jamoalar 10 ballik sistemada baholanishi haqida ma’lumot berib oʻtildi. Shundan soʻng jamoalar qur’a tashlashdi va qur’a natijalariga koʻra ketma-ketlikda shartlarni bajarishdi. Olimpiada 4 ta shartdan tashkil topib, har bir jamoa shartlarni alohida konvertlarga joylangan savollarni tanlash orqali bajarishdi. Olimpiadaning 3 ta sharti amaliy jihatdan talabalar bilimlarini sinash bilan oʻtdi. Eng soʻnggi shartda talabalar test markazida, tez tibbiy yordamga bagʻishlangan savollar boʻyicha tuzilgan testlarni ishlashdi. Soʻnggi natijalarga koʻra jamoalar hakamlar hay’ati tomonidan quyidagicha tasdiqlandi:

  1. Davolash fakulteti “Sirius” jamoasi – 83,8 ball;

  2. Tibbiy profilaktika, SSB va xorijiy talabalar fakulteti “Adrenalin” jamoasi – 77,3 ball;

  3. Qoʻshma ta’lim fakulteti “Pimu” jamoasi – 77 ball;

Hakamlar hay’ati tarkibi quyidagicha
QAROR QILADI:

  1. 1-o‘rin Davolash fakulteti “Sirius” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgani uchun filial tomonidan talabalarni qo’shimcha rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan (talabalarni qo‘shimcha rag‘batlantirish mezoni IX bob 38-bandlar) har bir talabaga bazaviy stipendiyaning 1 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlansin;

  2. 2-o‘rin Tibbiy profilaktika, SSB va xorijiy talabalar fakulteti “Adrenalin” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgani uchun filial tomonidan talabalarni qo’shimcha rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan (talabalarni qo‘shimcha rag‘batlantirish mezoni IX bob 38-bandlar) har bir talabaga bazaviy stipendiyaning 0,75 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlansin;

  3. 3-o‘rin Qoʻshma ta’lim fakulteti “Pimu” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgani uchun filial tomonidan talabalarni qo’shimcha rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan (talabalarni qo‘shimcha rag‘batlantirish mezoni IX bob 38-bandlar) har bir talabaga bazaviy stipendiyaning 0,5 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlansin.





Hakamlar hay’ati raisi: M.I.Ollaberganov
A’zolar: F.Ro‘zimatov
S. Sobirova
A. Omonova
S. Qurbonov
Sh. Shakirov



Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin