Toshkent tibbiyot akademiyasi yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi ko’kyo’tal



Yüklə 445 b.
tarix25.03.2017
ölçüsü445 b.
#12271


TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi

KO’KYO’TAL

Ko’kyo’tal – yuqori nafas yo’llari katari, biroz intoksikatsiya hamda spazmatik yo’tal xuruji bilan namoyon bo’luvchi siklik o’tkir infeksion kasallikdir.

Ko’kyo’tal – yuqori nafas yo’llari katari, biroz intoksikatsiya hamda spazmatik yo’tal xuruji bilan namoyon bo’luvchi siklik o’tkir infeksion kasallikdir.

ETIOLOGIYASI

  • Kasallikning qo’zg’atuvchisi Brucellaceae oilasi, Bordetella sinfiga mansub bo’lgan Bordetella pertussis – spora hosil qilmaydigan, kapsulali, grammanfiy bo’yaluvchi ovoid shakldagi mayda tayoqchadir.



Antigenlik xususiyati

  • Antigenlik xususiyati murakkab; 12 xil antigen tutadi. Ko’p o’rganilganlari:

  • agglyutinogen

  • toksin

  • gemagglyutininlar



EPIDEMIOLOGIYASI

  • Kasallik manbai bemor odam (kasallikning 1-kunidan to 3-4-haftasigacha), spazmatik yo’tal davrida atrofga ko’p miqdorda qo’zg’atuvchi ajratadi. Yuqish yo’li – havo-tomchi.

  • Kontagiozlik indeksi – 0,7-0,75. 1 yoshgacha 10%ni tashkil etadi, 1-5 yoshda 80-85%ni tashkil etadi.

  • Mavsumiyligi – bizning regionda bahor-yoz oylari.



O’zbekiston Respublikasi bo’yicha ko’kyo’tal kasalligining ko’rsatkichlari



PATOGENEZI

Akademik Musaboev I.K. bo’yicha:
  • I faza – qo’zg’atuvchining nafas yo’llariga kirishi va adaptatsiyasi.

  • II faza – MNSda patologik dominant o’choqning paydo bo’lishi.

  • III faza – organ va sistemalarda, ayniqsa nafas va nerv sistemalarida ikkilamchi o’zgarishlar paydo bo’lishi.

  • IV faza – immunitetning paydo bo’lishi, zararlangan a’zolarning tiklanishi, infeksion jarayonning tugashi.



PATOLOGIK ANATOMIYASI

  • Kasallikning kataral va spazmatik davrida nafas yo’llari katari.

  • Og’ir hollarda nekrotik o’zgarishlar.

  • Bronxiola shilliq pardasining nursimon bo’lishi, mushaklari spastik holatda.

  • O’pkada limfo- va gemostaz.

  • O’pka emfizemasi.

  • Alveolalar yorilishi, interstitsial emfizemalar.

  • Kichik qon aylanish doirasiada dimlanish.

  • Yurak o’ng qorinchasining kengayishi, mushaklarining qalinlashishi.

  • Miya kapillyarlari kengayishi, miya shishi.

  • Kon’yunktiva va skleraga qon quyilishi.

  • Til osti yaralari.



KLINIKASI

4 ta davrga bo’lib o’rganiladi:
  • Yashirin davri, 2-3 kundan 14-15 kungacha.

  • Boshlang’ich-kataral davri – 1,5-2 hafta.

  • Spazmatik yutal davri – 3-4 hafta.

  • Tuzalish davri – 2-4 hafta.



KO’KYO’TALNING KLINIK TASNIFI (A.D.Shvalko bo’yicha)

I. Tipik shakli:

1. engil

2. o’rta og’ir

3. og’ir

II. Atipik shakli:

1. juda sust (bilinar-bilinmas)

2. subklinik

3. ko’kyo’tal chaqaloqlarda

III. Ko’kyo’tal emlanganlarda.

Kataral davriga xos bo’lgan belgilar

  • Yo’tal oddiy, kam, quruq, tumov.

  • Tana harorati subfebril yoki me’yorda.

  • Umumiy ahvolida o’zgarish kam, ishtahasi yaxshi.

  • Umumiy qon analizida biroz leykotsitoz, EChT me’yorida.

  • O’pkada quruq tarqoq xirillash.



Spazmatik yo’tal davriga xos belgilar

  • Xurujli yo’tal.

  • Kattaroq bolalarda avval qisqa muddatli “aura” kuzatiladi.

  • Repriz.



Spazmatik xurujli yo’tal vaqtidagi bolaning ko’rinishi

  • Yuzi kerkkan, qizargan, gohida ko’kargan

  • Bo’yin va bosh venalari bo’rtgan

  • Ko’zi qizargan, katta ochilgan, qorachiq kengaygan

  • Tili oxirigacha chiqqan, uchi yuqoriga ko’tarilgan

  • Qusish, beixtiyor ich ketishi, siyib qo’yish





Til ostida yaracha



Til ostida yaracha



Spazmatik yo’tal davrining xurujsiz vaqtidagi bolaning ko’rinishi

  • Yuzi kerkkan, ko’kimtir-oqish tusda

  • Qovoq shishgan

  • Sklerada qon quyilish

  • Xurujdan so’ng bola biroz holsiz, so’ng yana o’ynab ketadi



Ko’z sklerasiga qon quyilishi



Ko’z sklerasiga qon quyilishi



Ko’z sklerasiga qon quyilishi



Periferik qonda bo’ladigan o’zgarishlar

  • Kataral davrida:

  • biroz leykotsitoz

  • leykoformula o’zgarishsiz

  • EChT me’yorida

  • Spazmatik yo’tal davrida:

  • 70-90% hollarda leykotsitoz, giperleykotsitoz

  • yaqqol limfotsitoz (70-80%)

  • EChT o’zgarishsiz



Engil shakliga xos belgilar

  • Intoksikatsiya yo’q, t – me’yorda

  • Uyqu va ishtaha o’zgarishsiz

  • Spazmatik yo’tal xos, lekin kam va qisqa (10-15 marta/sut.)

  • Qusish yo’q, kislorod etishmovchiligi yo’q



O’rta og’ir shakliga xos belgilar

  • Intoksikatsiya yaqqol, bola darmonsiz, ta’sirchan, qaysar

  • Uyqu va ishtaha buzilgan

  • Tana harorati subfebril yoki me’yorda

  • Yuzi oqish, shishgan, xurujda yuzi ko’kimtir

  • Xuruj uzoq, tez-tez, ko’proq qusish bilan (20-30 marta/sut.)

  • O’pkada timpanit, quruq va nam xirillash



Og’ir shakliga xos belgilar

  • Intoksikatsiya kuchli, bola lanj, darmonsiz, adinamik.

  • Uyqu va ishtaha buzilgan, bemor ozgan.

  • Tana harorati 38⁰S va undan yuqori.

  • Yuzi oqish, shishgan, qovoq kerkkan, shilliq pardalari ko’kimtir.

  • Gohida aura, qo’rquv, bezovtalik, o’yinlarni tashlaydi.

  • Xuruj ko’p (40-50 marta/sut.), og’ir, uzoq, 10-15 ta repriz bilan.

  • Xuruj vaqtida sianoz, akrotsianoz.

  • Yopishqoq balg’am, qusish, qon quyilishlar.

  • Nafas to’xtash, hush yo’qotish, mushaklar tortishishi.

  • O’pkada korobka tovushi, ko’p quruq va nam xirillash.



Atipik shaklining bilinar-bilinmas ko’rinishiga xos belgilar

  • Intoksikatsiya yo’q, tana harorati – me’yorda.

  • Xurujli yo’tal yo’q.

  • Oddiy yo’tal 4-6 hafta davomida.

  • Ko’pincha emlanganlarda kuzatiladi.



Atipik shaklining subklinik ko’rinishiga xos belgilar

  • Klinik belgilari yo’q.

  • Muloqotda bo’lganlar laborator tekshirib aniqlanadi (bakteriologik, gematologik, immunologik).

  • Asosan emlanganlarda uchraydi.



Ko’kyo’tal chaqaloqlarda

  • Og’ir kechadi.

  • Yashirin davri 3-5 kun.

  • Kataral davri 2-6 kun, yuqori harorat, tumov, yo’tal.

  • Xuruj reprizsiz, 2-3 minut davom etadi.

  • Xurujli yo’tal o’rniga aksa urish.

  • Yuzida ko’karish, shish, gemorragiyalar.

  • Ko’proq pnevmoniya asoratini beradi.



ASORATLARI



O’pka to’qimasidagi atelektaz o’choqlari



Chap o’pka pastki bo’lak atelektazi



TASHXISOTI

  • Kliniko-epidemiologik.

  • Bakteriologik.

  • Serologik.

  • Allergologik.



QIYOSIY TASHXISOTI

  • Gripp.

  • Qizamiq.

  • Bronxadenit.

  • Bronxial astma.

  • Yot tanacha.

  • Parako’kyo’tal.



DAVOLASH

  • Kasalxonaga yotqizish kasalliknimg og’irligiga bog’liq, qat’iy yotoq tartibi shart emas.

  • Etiotrop davo.

  • Patogenetik davo.

  • Desensibillovchi davo.

  • Organizmning kurashish qobiliyatini oshirish.



PROFILAKTIKASI

  • Vaksinatsiya – AKDS.

  • Bemorni izolyatsiya qilinadi, 40 kunga.

  • Bemor bilan muloqotda bo’lgan 10 yoshgacha bolalar 14 kun izolyatsiya qilinadilar.

  • Immunoglobulin.



Yüklə 445 b.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin