Bola rivojlanishida ijtimoiy omillar



Yüklə 6,4 Kb.
səhifə1/3
tarix21.10.2023
ölçüsü6,4 Kb.
#158643
  1   2   3
Bola rivojlanishida ijtimoiy omillar-fayllar.org


Bola rivojlanishida ijtimoiy omillar

Bola rivojlanishida ijtimoiy omillar .



Reja: 1.Bola shaxsi rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari 2.Bola shaxsini rivojlantirishda uning individual va yosh xususiyatlarini hisobga olish.
3.Tarbiyaning mazmuni va shakli

Rivojlanish kishidagi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo’lib, u barcha tug’ma va egallangan miqdor va sifat o’zgarishlarini o’z ichiga oladi. Jismoniy rivojlanish buyicha o’sishi, vazinning kuchini ortishi, sezgi a’zolarini mukammallashuvi, xarakatlarni to’g’ri boshqara bilish bilan bog’liqdir. Ruhiy rivojlanishda esa kishi shaxsidagi psixologik sifatlar va belgilarning shakllanishi, emotsional irodaviy, bilish jarayonida muhim o’zgarishlar ro’y beradi. Bolaning ijtimoiy rivojlanishi u ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda uning xulqida, tevarak- atrofga bo’lgan munosabatida namoyon bo’ladi.
Shaxsning shakllanishi kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan ijtimoiy-tarkibiy tajribani o’zlashtirish, ta’lim-tarbiya berish orqali amalga oshiriladi. Bu har xil faoliyatlarda yuzaga keladi. Bolalar egallashlari lozim bo’lgan mazmunni tanlash, uning egallab olishiga rahbarlik qilish kattlar tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonda amalga oshiriladi. Tarbiya va ta’limning mazmuni, vositalari, metodlari, bolaning rivojlanish jarayoni ularning yoshi bilan izohlanadi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib borilganda ularning mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olinadi. Keyingi yosh guruhlarda maktabgacha yoshdagi bolaning mustaqilligi, moslashishi ancha oshib boradi. Shunga muvofiq tarzda ta’lim-tarbiyaviy ishlarning vazifalari, mazmuni, vositalari o’zgaradi. 
Bolalarning maktabgacha yoshning oxiriga borib erishgan rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi. Ijtimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtirish faol ish jarayonida yuz beradi. Faollik bolaga xos xususiyatdir. Tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning har xir turlari shakllanadi. Ulardan asosiylari: munosabatda bo’lish faoliyati, bilish, buyumlar bilan bo’ladigan faoliyat, o’yin, oddiy mehnat va o’quv faoliyatlaridir. Ta’lim-tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar birdaniga o’zlashtirib olmaydigan, ularni bolalar tarbiyachi rahbarligida sekin-asta egallab boradilar. Bolalar hayotining birinchi yilidanoq faoliyatning eng oddiy turlari undagi shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, tevarak-atrofga ma’lum bir munosabatning shakllanida asos bo’lib xizmat qiladi. 

Yüklə 6,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin