Tug’ilgansan ozod



Yüklə 15,98 Kb.
tarix19.02.2022
ölçüsü15,98 Kb.
#52842
203-guruh


Aflotunning “G’or” hikoyasi qahramoni va Cho’lponning “Kecha va kunduz” romani qahramoni Miryoqub obrazining qiyosiy tahlili

“Tug’ilgansan ozod,

Mudom ozod bo’lib qol!!!

(Nazrul Islom)

Dastlab “G’or” hikoyasi bilan tanishamiz:

“Tog’lar etagida qadimiy g’or mavjud bo’lib, bu g’orda esini tanigandan beri qo’l-oyoqlari yog’och bo’laklari bilan bandilangan uch odam yashardi.Ular erta tongdan to kechgacha faqat qarshisidagi g’or devorlari va shu devorga tushib turgan soyalar harakatini tomosha qilisharkan.Bandilar shunday bandilangan ediki,yonidagi sheriklari tugul o’zini ko’rolmasdi.Ularga doim kimlardir taom olib kelib turardi,lekin bandilar o’sha odamlarni faqat soyalarini ko’rardilar.

Kunlardan bir kun shu bandilardan biri banddan ozod bo’libdi va g’orni tomosha qila boshlabdi.U esini tanigandan beri bandi bo’lgani uchun yurolmas faqat emaklardi.G’orni tomosha qilish davomida o’zidek bandilangan ikki odamni, g’or tubidagi yonib turgan alangani ko’radi.O’zidan yorug’lik taratib turgan alanga unda qiziqish uyg’otadi va u tomonga emaklab boradi.Alangani ushlab ko’rmoqchi bo’lgan odam qo’lini kuydirib oladi va alangadan uzoqlashadi.G’or og’zidan tushib turgan nur ko’zlarini qamashtiradi va u tomon emaklab boradi.Avvaliga nurda qo’lini kuydirib olaman deb o’ylab avaylabgina qo’l uzatadi,qo’li kuymaganini bilgach yorug’likka chiqadi.Ko’zlari yorug’likka o’rganguncha atrofni ko’rolmay qiynaladi.Atrofni ko’ra boshlagach g’or og’zida turib tabiatni tomosha qiladi va asli haqiqiy va chiroyli hayot tashqaridaligini biladi.O’zi chiqqan g’or turgan tog’ga qiziqib o’sha tog’ga chiqmoqchi bo’ladi va chiqadi.Tog’ga chiqib ularga ovqat olib kelib beruvchi odamlar aslida oddiy qo’g’irchoq ekanligini, o’sha qo’g’irchoqlarni ham boshqa odamlar boshqarib turganini biladi.Pastga tushgach unda ikki yo’l qoladi:1)g’orga qaytib sheriklarini ozod qilish va ularga hayot shu g’or va uning devorlari-yu soyalardan iborat emasligi tashqarida bundan ham yaxshi hayot mavjudligini aytish,agar u sheriklarini ozod qilgan taqdirda ham sheriklari unga ishonmay uni o’zini urib o’ldirishlari yo u bilan birga tashqariga chiqishlari ham mumkin.2)g’orga qaytmay tashqarida qolih shu hayotdan bahramand bo’lgan holda yashash.

Bandilikdan ozod bo’lgan odam qaysi yo’lni tanlagani noma’lum, chunki hikoya shu yerda uzilgan.

Endi hikoyadagi ramziy obrazlarga to’xtalsak:

G’ordagi uchta bandilangan bir-birini holidan bexabar odamlar--- Chor Rossiyasi mustamlakasidagi uch xon va amirlik;

Bandilarga yegulik keltirib beruvchi soyalar,aniqrog’I qo’g’irchoqlar---O’russiya amaldorlari tomonidan mahalliy xalq orasidan tayinlangan qo’g’irchoq (Cho’lpon iborasi bilan aytganda “to‘rt chaqaga qimmat qurboni zamon”) amaldorlar;

G’or tubida yonib turgan alanga ----O’rusiya amaldorlari va ularning amaldorlari tomonidan mahalliy xalq onggiga singdirilgan “o’zaro tenglik,birlik,hamma bir vaqtda ishlab, bir vaqtda dam olishi,hamma bir xil yashashi” haqidagi xalqqa hech qanday yordam bermay uning zarariga xizmat qiluvchi sotsialistik qarashlar;

G’orga tushib turgan nur----mustaqillik va hurlik;

Tashqaridagi hayot---hurlik,yangiliklarni qabul qilish,ta’limni ozod qilish,milliy an’analarni tiklash orqali erishiladigan mustaqillik;

Bandilikdan ozod bo’lgan odam--- tasodif orqali ozodlik,hurlik haqida.jadidchilar faoliyati haqida tanishib qolgan odam go’yo Cho’lp[ponning “Kecha va kunduz’ romanidagi Miryoqub “epaqa” kabi…..

“Kecha va kunduz” romani bilan tanish har qanday odam biladiki Akbarali mingboshi yonida yurib uni har qanday ishini bir zumda hal qilib berolgani uchun “epaqa” laqabini olgan Miryoqub avvaliga siyosiy hayotga qizib qoladi,noib to’raning iltimosi bilan xalqimiz tarixi,madaniyatiga oid turli qimmatli kitoblar,tarixiy buyumlarni eltib beradi va keyinchalik bu ishlari xalqiga, millatiga nisbatan “xiyonat” ekanligini tushunib yetadi----hikoyadagi odam kabi olovga talpinib oxirida o’zi kuyib qoladi.

Ishratxonadan---razillik va qabohat botqog’idan sug’irib olgan tatar ayolni uyiga---Qrimga eltib qo’yish uchun poyezdda olib ketar chog’ida toshkentli savdogar Miryoqubning ta’rifi bilan aytganda” xushmo’ylov” go’yoki u qidirgan o’sha “pir” Sharofiddin Xodjayev bilan tanishadi va u bilan bo’lgan to’rt kunlik suhbat Miryoqubning hayotini umuman boshqa o’zanga burib yuboradi.Sharofiddin Xodjayev bilan bo’lgan suhbat davomida Miryoqubning ko’zlaridagi “parda sidirib olingandek” bo’ladi : “MILLAT” degan narsasi borligini biladi,u shu paytgacha “FUQARO” deb yurganligini,shu paytgacha g’aflatdaligini anglaydi.Jadidchi bilan suhbat qurar ekan uning so’zlari quruq safsata emaligini,juada ham ta’sirli va ma’noligini biladi.U oldinlari noib to’ra va uning tarafdorlari jadidchilar nomini qo’pol so’zlar bilan tilga olishini tushunmaydi, ammo bu odam o’zlarining Shahobiddin domladan ham yaxshiroq v a ta’sirli gapirishini, hech qayerda tutilib qolmaganini uni o’zi qidirib yurgan pir ekanligini anglaydi.Sharofiddin Xodjayev Miryoqubga bir nechta maslahat va takliflar beradi.Ulardan biri quyidagicha:tatar xotin Maryamga uylanishni,uni qo’ldan chiqarmaslikni;unga farzandlari,qizlari va singillari tarbiyasini topshirishi kerakligini uqtiradi va bu ayol mutaraqqiy(taraqqiy etgan) millat vakili ekanligi,millat bolalarining haqiqiy baxti madaniy hamda o’qimishli onalari borligidaligini uqtiradi.

Ayollarni o’qishiga,ta’lim olishiga alohida e’tibor berish haqida qadimdan turli rivoyatlar mavjud:

Qadimda biro dam vafoti oldi o’g’liga quyidagicha nasihat qildi:”O’g’lim men seni yaxshi inson qilib tarbiyaladim va o’limim oldi aytajak nasihatlarimga quloq sol.Men senga ota sifatida uch narsa in’om etdim:birinchisi,yaxshi ism quydim,sen o’z ismingdan keyinchalik uyalmasliging uchun;ikkinchisi,senga yaxshi tarbiya berdim---odamlardan hqoratli so’zlar eshitmasliging uchun;uchinchisi,senga yaxshi ona tanladim---ko’pro sen bilan shug’ullanadigan odam u bo’lganligi uchun.Endi sen ham tarbiyangga munosib bo’l!!!

Yoxud xuddi shunday voqea Payg’ambarimiz(s.a.v) davrlarida ham mavjud bo’lib, sahobalarning rivoyat qilishicha: sahobalardan biri Payg’ambarimiz(s.a.v) huzurlariga kelib:”Yo,Rasululloh, mening ikkita farzandim bor,ammo men to’plagam mablag’ ularning faqat bittasini o’qitishga yetadi.Maslahat bering qizimni o’qitaymi, yo o’g’limnimi???”.Shunda sarvari olam bo’lgan payg’ambarimiz:”Qizingizni o’qiting.chunki o’g’lingizni o’qitsangiz faqat bir odamni o’qitgan bo’lasiz.Qizingizni o’qitsangiz butun bir millatni o’qitasiz,negaki ayol millatning onasi bo’ladi”--- degan ekanlar……

Sharofiddin Xodjayev Miryoqubga Orenburgga boradigan bo’lsa o’sha yerdagi Ahmadbey Husainov tomonidan asos solingan Husayniya madrasasiga borishini,”Vaqt” gazeti bilan tanishishini,madrasadagi ustozlar suhbatida bo’lishlikni maslahat beradi.Sharofiddin Xodjayev tomonida Miryoqub ongida hali ham o’z javobini topolmayotgan savollarga javob beriladi,xususan, jadidlarning ba’zilari boy amaldor va mansabdorlarning yer-suv,mol-mulklarini tortib olib, kambag’al-bechoralarga bo’lib berish haqida gapirganligi haqida aytganda jadidchi bu bizlardan emas, ular SOTSIALISTLAR,biz unday demaymiz.Biznikilar bemalol boyi,yer-suvingni ko’paytir va ularni millatni uyg’otishga,uni bilimli qilishga sarfla deymiz.Mana masalan,men o’zim ham savdogarlardan biriman,Finlandiyaga borib savdo qilaman, yarmarkalarga qatnashaman,yoxud”Vaqt” gazetini chiqarishda amaliy yordam beroyotgan Romeyev ham “millionchi” ekanligini aytib o’tadi.Shuningdek.Bog’chasaroydan chiqadigan “Tarjimon” gazeti jadidchilar otasi Ismoil Gaspirinskiy tomonidan tashkil qilingan bo’lib, bu gazetada jadidchilarning shiori:”TILDA,FIKRDA,ISHDA BIRLIK!” ham gazetning shiori sifatida olingani haqida ta’kidlaydi.

Shunday qilib Miryoqubning millat uyg’otish uchun qilgan birinchi ishi tatar ayoli bo’lgan Bibi Maryam Oisha qiziga uylanishi bo’ldi.Sharofiddin Xodjayev bilan bo’lgan suhbat atigi 4kun davom etgan bo’lsa-da, Miryoqubning hayot o’zanini tamomila boshqa tarafga burib yuboradi.Miryoqubning ongida paydo bo’lgan bunday qarama-qarshi fikrlar uni qaysi yo’lni tanlagani Abarali mingboshiga yozgan maktubidan ham anglashiladi. Miryoqub jadidchi Sharofidddin Xodjayev bilan suhbati davomida Abdusamat mingboshidek millatni uyg’otmoqchi,Andijonlik Mirkomilboy singari johil bo’lmasligi uchun astoydil harakat qilishga, millat oldidagi ayblarini yuvishga,”xiyonatlari” uchun uzur surashga ahd qiladi.endi Miryoqubning ham oldida ikkita yo’l bor xuddi “G’or” hikoyasi qahramoni kabi.Ular quyidagilar: birinchisi,Qrimda jadidlar bilan qolib millatni uyg’otishga harakat qilish,o’qish o’rganish bo’lsa, ikkinchi yo’l ortiga qaytib qadrli mingboshisi Akbaralini ham uyg’otish va u yordamida millatini uyg’otish uchun kurashish,Orenburgdan,Qrimdan gazet olib kelib yangi usul maktabida bolalarini o’qitish.Lekin mingboshi uni tushunmay, Vatan xoini sifatida noib to’raga topshirishi ham mumkin.Romanning ikkinchi qismi Cho’lpon tomonidan yozilgan ammo bizgacha yetib kelmagani sababli Miryoqubning qaysi yo’lni tanlagani noma’lum….

Tariximizda Sharofiddin Xodjayevdek jadidlar borligi sababli tariximiz, madaaaniyatimiz yo’q bo’lib ketmadi,biz kimning,kimlarning avlodi ekanligimizni eslatib turuvchi asarlar yaratildi, tariximix,o’zligimiz shu jadidlar sabab o’zimizga qaytarib berildi…

Foydalanilgan adabiyotlar:



1.Cho’lpon----“Kecha va kunduz” dilogiya

2.Aflotun---“G’or” hikoyasi
Yüklə 15,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin