25
«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: muammolar va
yechimlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
TUPROQ EROZIYASI VA UNGA QARSHI KURASH CHORALARI
Anvarjon Dadaho‘jayev
1
dots
Akobir Ergashev
2
talaba.
Azizbek Yo‘lchiboyev
3
talaba.
1-2-3
Namangan muhandislik-qurilish instituti,
Namangan, Uzbekistan
https://doi.org/10.5281/zenodo.7127532
Kalit so‘zlar:
Tuproq eroziyasi; yemirilish jarayoni; yuvilish;
geologik
eroziya; tuproqshunoslik; irrigatsion eroziya; mikrobiologik xossalar.
Annotatsiya: Tuproqning suv va shamol ta’sirida yemirilish jarayoni.
Tuproqning suv ta’sirida yemirilishiga suv eroziyasi, shamol natijasida yemirilib,
uchirilib ketilishiga esa shamol eroziyasi yoki deflyatsiya deyiladi.
Suv eroziyasi ham ikkiga: yoppasiga yuvilish yoki yuza eroziya va uzunasiga
ro‘y beradigan yoki jarlik eroziyasiga bo‘linadi. Shuningdek,
oqar suvlarning
ta’siriga qarab suv eroziyasi yuza oqar suvlar (qor va yomg’ir suvlari) ta’sirida
ro‘y beradigan eroziya va sug’orish suvlari natijasida yuzaga keladigan
irrigatsion eroziyaga ajratiladi [1].
Yoppasiga yuvilish (yuza eroziya) ko‘proq tarqalgan bo‘lib [2]. Tuproqning
yuqori gorizontlari yonbag’irlar bo‘ylab oqadigan suvlar ta’sirida yuvilib yuzaga
keladi [3-4]. Oqar suvlar ta’sirida
tuproq qalinligi kamayadi, tuproqning
unumdor qismidagi turli o‘lchamdagi zarrachalar bilan birga oziq moddalar ham
yuvilib, nishabligi kam va tekis maydonlarga olib borib yotqiziladi.
Yuvilgan
joylarda ekinlar hosili keskin kamayadi, yuvilib keltirilgan yotqiziqli erlarda esa
o‘simlik g’ovlab o‘sadi va hosil pishib etilmaydi hamda hosil nisbatan ozroq
bo‘ladi.
Uzunasiga bo‘ladigan yoki jarlanish eroziyasi – yonbag’irlardan kelayotgan
kuchli suv oqimlari ta’sirida
tuproqning chuqurlatib, o‘yilib yuvilishi
hisoblanadi. Bu jarayon bir necha bosqichda kechadi:
dastlab uncha katta
bo‘lmagan (20-25 sm) chuqurchalar hosil bo‘ladi va u kengayib, 0,3-0,5 dan 1-
1,5 m ga qadar bo‘lgan chuqurchalar yuzaga keladi.
Geologik eroziya-o‘simliklar bilan qoplangan tuproq yuzasidan
zarrachalarning asta-sekin yuvilish jarayoni bo‘lib, bunda tuproq paydo bo‘lishi
davomida yuvilgan tuproq qatlamlari qayta tiklanadi.
Tezlashgan eroziya – insonlarning aktiv faoliyati bilan bog’liq bo‘lib, tuproq
yuzasidagi o‘simliklar yo‘qotilib yuborilganda va yerdan notug’ri