Ученый XXI век



Yüklə 13,02 Kb.
səhifə1/2
tarix01.12.2023
ölçüsü13,02 Kb.
#170837
  1   2
maktabgacha-yoshdagi-bolalarning-jismoniy-tarbiyasi

Ученый XXI века • 2022 • № 3 (84)




MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY TARBIYASI
S.O. Mirzayeva1, N.M. Boyjonova2 Maqolada bolalardagi maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi
haqida ma’lumot berilgan.


Kalit so`zlar: jismoniy tarbiya, maktabgacha ta’lim muassasasi, harakat faoliyati, tarbiyachi, bola, sog`lomlashtirish.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida, oilada jismoniy tarbiyalashning asosiy vazifalari ularni sog`lom va baquvvat qilib o`stirish, ular organizmini chiniqtirish, ta’lim va tarbiyani to`g`ri tashkil etishdan iboratdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning sog`lomlashtirish vazifalari - bu jismoniy tarbiyaning eng asosiy vazifasi bo`lib, bola hayotini muhofaza qilish, uning sog`lig`ini mustahkamlash, organizmini chiniqtirish yo`li bilan o`zini himoya qilish va turli kasalliklarga chidamlilik xislatlarini oshirishdan iborat.


Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarni harakatga o`rgatish tarbiyachining bevosita rahbarligi hamda uning kuzatuvi ostidagi bolalarning mustaqil faoliyatida amalga oshiriladi. Harakat faoliyatiga o`rgatishda bolaning anglash, irodaviy va emotsional kuchlari rivojlanadi hamda uning amaliy harakat ko`nikmalari shakllanadi. Harakatlarga o`rgatish bola ichki dunyosi his-tuyg`usi, tafakkuri, asta-sekin shakllanadigan dunyoqarashi, axloqiy fazilatlariga; bolalar tomonidan bajariladigan, salomatlik va umum-jismoniy rivojlanish uchun foydali bo`lgan harakat faoliyatiga maqsadga yo`nalgan tarzda ta’sir etadi. Ta’lim mazmunini muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablari asosida tanlangan jismoniy mashqlar, harakatli o`yinlar tashkil etadi. Ta’lim jarayonida kattalar bolalarga maqsadga yo`naltirilgan faoliyatning tajribasini beradi. Uning mazmuniga rivojlanish va takomillashishiga xizmat qiluvchi harakatlarni egallash tajribasi ham kiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda ularning yosh xususiyatlarini hisobga olish juda zarur, bolaning ongli harakat faoliyatida asqotadigan ayrim bilimlar; bolani harakatlarga o`rgatuvchi faoliyat metodlari, faoliyat va ularni amalga oshirishning malaka va ko`nikmalari haqidagi bilimlar birligi ish jarayonlaridan kelib chiqqan holda tarkibiy qismlarni tashkil etadi. Qismlardan biri ijodiy faoliyat tajribasi hisoblanadi. Bolalikdan mustaqil fikrlashga o`rgatilmagan va hamma narsani tayyor berilgandan so`ng o`zlashtiradigan kishi unga tabiat tomonidan berilgan sifatlarni namoyon qila olmaydi. Shuning uchun jamiyat yosh avlodning ijodiy faoliyatga o`rganishiga tamoman befarq qarab turolmaydi. Harakat faoliyatini tarbiyalash jarayonida kattalar (ota- onalar, tarbiyachilar) bolalar rivojlanishining psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ular oldiga yangi harakat vazifalarini qo`yadilar. Bolaning mashqlar jarayonida yangi harakat vazifalarini tobora hal eta borishi va shu bilan bog`liq ravishda vujudga keladigan katta imkoniyatlar harakatlar xarakteri va sifatini o`zgartiradi. Bu yosh davri uchun juda xarakterli bo`lgan narsa yangi mashqlarga o`rgatish jarayonida go`yo bir aylanib yangicha sifat kasb etadi. Chunonchi, bolaning yurishi dastlabki paytda va ikkinchi yilning oxirida butunlay farq qiladi. Bu hodisani yangilikning eski narsani diakktik inkori, barcha rivojlanishning va ziddiyatlarni hal etishning obyektiv sharti, harakatlanuvchi omil sifatida ko`rsatish mumkin. Har bir sohada rivojlantirish o`zidan oldingi yashash shakllarini inkor etmasdan kechishi mumkin emas. Bunday murakkab rivojlanish jarayoni tashqi va ichki sharoitning o`zaro aloqadorligida to`xtovsiz kechadi. Qiyinchiliklarni yengish va yangi vazifalarni hal etish bolada ijobiy emotsional kayfiyat hosil qiladi. Bu erishilgan maqsad, tarbiyachi bahosiga muvofiq yangi muskul sezgilari tufayli yuzaga keladi. Paydo bo`lgan o`zgarishlarni mustahkamlash yanada yuksakroq yutuqlarga intilish uyg`onishiga xizmat qiladi. Bu murakkab jarayon doimo tarbiyachi nazorati ostida bo`lishi kerak. Bir tomondan bolaning yangi harakat vazifasini tushunib olishini ta’minlash lozim, ikkinchi tomondan



1Mirzayeva Sabohat Oripovna - Shofirkon tuman 2-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori (Buxoro, O`zbekiston).
2Boyjonova Nafosat Muxammad qizi - Shofirkon tuman 2-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rus tili o`qituvchisi (Buxoro, O`zbekiston).



48

Yüklə 13,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin