UDK 004.42 © Maxmadiyev B. S., Mallayev A.R.
DINAMIK TIZIMLARNI KOMPYUTERLI MODELLASHTIRISHDA
MATLAB / SIMULINK MUHITIDAN FOYDALANISH
Maxmadiyev B. S., Mallayev A. R. - Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va
boshqarish kafedrasi dotsentlari (QarMII).
Статья посвящена инженерным методам моделирования процессов и систем с
использованием методов графического(визуального) программирования в среде системы
MatLAB/Simulink.
Ключевые слова: MatLAB,
Simulink, метод, модель, процесс, система, визуаль,
график, программа, Eureka, Gauss.
Article deals with engineering methods for modeling and simulation of systems and processes
with graphical (visual) programming methods. MatLAB / Simulink software environment is used
mainly.
Keywords: MatLAB, Simulink, methods, models,
processes, systems, visual, graphic
program, Eureka, Gauss.
Kirish. Bugungi kunda zamonaviy
kompyuter matematikasi, vizual modellashtirish,
hisoblash va loyihalash kabi ishlarni
avtomatlashtirish uchun Eureka, Gauss, MatLAB,
MathCAD, Mathematica, Maple va boshqa dasturiy tizimlar va dasturlarning to`plamlarini
taklif
qiladi. Ular orasida MatLAB imkoniyatlari va samaradorligi yuqoriligi bilan ajralib turadi.
MatLAB yordamida vizual modelni tarmoqlarda kechadigan fizik jarayonlarga yaqinlashtirilgan
holda
amalga oshirish, ya'ni murakkab dinamik jarayonlarni real vaqt masshtabidagi vizual
modelini qurish imkonini beradi. Buning uchun MatLAB tizimining
Simulink va Power System
kengaytmalar paketlaridan foydalaniladi. Bu paketlarning kutubxonalarida ko`plab virtual
elementlar va o`lchov priborlari mavjud bo`lib har qanday murakkab tizimni har tamonlama tadqiq
qilish mumkin.