UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MATEMATIKA VA INFORMATIKA FANLARINI O'QITISHDA FINLANDIYA TAJRIBASIDAN FOYDALANISH Alisher Kholboyev Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani Xalq ta'limi bo'limi Ta'lim sifati monitoringi bo'limi bosh inspektor-metodisti
Annotatsiya: Bugungi kunda uzluksiz ta'lim tizimida ta`lim sifati va samaradorligini oshirishda ilg'or xorijiy tajribalarni qo'llash muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada “Finlandiya o' rta ta'lim maktablarida matematika fanini o'qitishni taxlil qilish” ning muhim ahamiyatga ega ekanligi bayon etilgan.
Kalit so’zlar:fin ta'limi, metodlari, yutuqlari, matematikani oqitish, fanlar integratsiyasi, finlarning ta'lim madaniyati.
So`nggi paytlarda Finlandiyadagi ta’lim tizini dunyodagi eng yaxshi tizimlardan hisoblanib, yuqori darajada rivojlangan. Ayniqsa, Matematika o`qitish metodikasi eng yuqori darajada deya dunyoda tan olinadi. Finlandiyada o'quv materiallari matematik ta'limga qiziqadigan va hozirda maktablarda ishlaydigan oddiy o'qituvchilar tomonidan tayyorlanishi maktabdagi sharoitlarni juda yaxshi bilgan siz uchun ham boy tajriba maktabi bo`la oladi. Finlandiyaning ta'lim sohasidagi ijobiy tajribasini ta'lim tizimini o`rganish, kadrlar malakasini oshirish va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash tizimini o`rganish, Finlandiyaning o`qitish tizimidagi bir qancha yutuqlari va afzalliklarini tahlil qilgan holda milliy o`qitish tizimiga asos tariqasida qayta takomillashtirish, ya’ni tajribani yo`lga qo`yish asosiy maqsadimizdir.
Finlandiya maktablarida ta'lim tizimi yuqori darajada rivojlangan va katta yutuqlarga erishgan. Hech kimga sir emaski bugungi kunda Finlandiya maktablarida matematika o'qitish metodikasi eng yuqori darajada bo'lib, shulardan bitta oddiy misol keltiradigan bo'lsak, Finladiyada fandan yuqori va past o'zlashtiruvchi o'quvchilar bir biriga yordamchi yoki o'quvchi bir biriga ustoz metodi yanayam aniqroq aytadigan bo'lsak juft yoki toq metodida o'qitish ham ommalshgandir. Juft metodi bu yuqori va past o'zlashtiruvchi ikkita o'quvchiga dars o'tiladi va past o'zlashtiruvchi o'quvchi tushunmagan qismini o'quvchining tushunishi oson bo'lgan atamalari bilan yuqori o'zlashtiruchi o'quvchi past o'zlashtiruvchi o'quvchiga tushuntiradi. Toq usul esa past o'zlashtiruvchi o'quvchi bilan fan ovqituvchisi shug'ullanadi, undan keyin maktabning to'garak o'tuvchi o'qituvchisi shug'ullanadi va ohirgi bosqichda esa past o'zlashtiruvchi o'quvchining ota onasi shug'ullanib boshqa sinfdagi tez o'zlashtiruvchi o'quvchilarga yetib olishlariga yordam berishadi. Bu ikkita metodning afzalliklari juda samarali natija berishida bovlib, bir necha yillardan beri sinalgan metodlardan biri bovlib hisoblanadi. O'qituvchilari tamonidan bu metod a'lo darajada o'zlashtirilgan va amaliyotda tatbiq etib kelinmoqda. Bizning asosiy maqsadimiz bu ulkan tajribalarni ovzimizni ta'lim tizimizga joriy etib, matematika fanini o'qitishda Finlandiya matematika metodlarni joriy etish hamda o'quvchi yoshlarni matematika faniga qiziqishini oshirishdir.
Finlandiya so'ngi 30 yil ichida ta'lim tizimida katta islohatlar olib bordi va yutuqlarga erishdi. Finlandiya maktablarida yana bitta metodlardan biri bu, deyarli raqobat yo'q. Ya'ni o'quvchilarga baxo qo„yishda Finlandiyada baxo tizimi mavjudmas. O'quvchilarning qaysinisidir ikki oldi yoki uch oldi va h.k kabi ajratish mavjudmas. Finlandiyada maktab bitiruvchi sinfgacha bo'lgan davrgacha kredik ball tizimi bovlib har bir o'quvchi masalan matematika fanidan maktab bitirguniga qadr davr ichida 300 kredit ball tovplagan bo'lishga majburdir. Ikkinchi raqobatning mavjudmasligiga yana bitta misollardan bittasi ularda forma kiyish yoki qandaydir kiyinishga bo'lgan talabning mavjudmasligidir. Finlandiyada har bir o'quvchi o'z hohishiga ko'ra kiyinishi va asosiysi imkoniyati daramjasida kiyina olishidir. Bulardan tashqari hamma maktablari bir xil ta'mirlangan va jihozlangan. Finlandiya maktablarida sinf xonalarida deyarli shovqun bo'lmaydi. O'quvchilar bir biri bilan taqqoslanmaydi. Agarda o'quvchi o'zlashtira olmasa u bilan fan o'qituvchisi ko'proq shugvulanadi
Umumiy o'rta ta'lim maktablarida matematika o'qitishni takomillashtirish, maktab o'quvchilariga tushuntirishda turli metodlardan foydalanish va hayotiy tadbiqlarini ko'rsatib berish shu kungacha bo'lgan asosiy masalalardan biri bo'lib hisoblanadi. O'zbekiston respublikasi prezidentining PQ-4708 sonli 07.05.2020 kungi “Matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi qaroriga ko'ra, birinchidan, matematika ta'limotining ta'lim olish bosqichlari o'rtasidagi uzviylik to'liq ta'minlanmagan;
ikkinchidan, umumta'lim maktablarida matematika darsliklari o'quvchilarning yoshiga nisbatan fanni o'zlashtirishni qiyinlashtiruvchi murakkab masalalardan iborat va boshqa fanlarda o'tiladigan mavzular bilan uyg'unlashtirilmagan;
uchinchidan, matematikaga qiziquvchan, xalqaro olimpiadalar g'oliblari bo'lgan aksariyat iqtidorli yoshlarimiz hududlardan bo'lishiga qaramasdan ularning kelgusi rivojlanishi uchun oliy ta'lim va ilm-fan sohasida zarur shart-sharoit yaratib berilmagan;
to'rtinchidan, matematika sohasidagi ilmiy-tadqiqotning amaliyot va ishlab chiqarish bilan bog'liqligi zaifligicha saqlanib qolmoqda;
Kabi bandlarida bir qator fanning va umumiy o'rta ta'lim va oliy ta'limning bir qator muammo hamda kamchiliklari keltirib ketilgan. Yuqoridagi qaror bandlarida keltirilgan ba'zi kamchiliklar sifatida shuni aytish mumkinki, birinchi bandda keltirilganidek matematika fanini o'qitishda uzviylik ta'minlanmagan. Sababai shundaki ba'zi mavzular boshlang'ich tushunchalari keltirilmay turib asosiy tushunchalar keltirilgan va misol, masalalardagi tadbiqlari qiyinlilik darajasi yuqori tartibdagi misollar berilgan. Ikkinchi banddagi aytib o'tilganidek maktab matematika kursi darsliklari maktab o'quvchilarining yosh jixatdan o'zlashtirish darajalari inobatga olinmasdan ishlab chiqilgan. Ammo maktab matematika kursining mavzulari va boshqa fanlar bilan o'zaro bog'liqligi ko'pam taxlil qilinmagan. Xozirgi kunda har bir fanning fanlararo bog'liqligi hamda hayotiy tadbiqlarini o'rgatish xar bir fanning zamonaviy muammolaridan bo'lib hisoblanmoqda. Shularni inobatga olib qarasak, Finland ta'lim tizimi bir qator qulay va umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilarini faqat formulalar bilan emas balki mantiqiy fikrlashga tayangan holda yechim topishga o'rgatishga qaratilgandir. Bundan tashqari finlandiya ta'lim tizimi asosan xalqaro baxolash tizimiga asoslangan bo'lib, Finlandiya umumiy o'rta ta'lim maktablarining ematematika kursi darsliklari (PISA, TIMS) kabi bir qator baxolash tizimining dasturlariga asosan ishlab chiqilgandir. Xulosa qilib aytganda, matematikani o'qitish bilan shug'ullanadigan
Finlandiya o'qituvchilari maktab matematikasi ta'limini saqlash va yaxshilashda muhim rol o'ynaydi. O'qituvchi butun tayyorgarlikni sinfdan tashqarida amalga oshiradi , qiziqarli o'yinlar izlab topadi va shu jumladan yangicha metodlar kashf qiladi. Bu fin o'qituvchilarni muvaffaqiyatga erishishga asosiy sababchi bo'lmoqda.