Umumiy tarix



Yüklə 155,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix13.12.2023
ölçüsü155,3 Kb.
#174982
  1   2   3   4   5   6
ozbekistonning milliy davlat boshqaruvining tashkil etilishi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI 
VAZIRLIGI 
A.QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT 
PEDAGOGIKA INSTITUTI
“UMUMIY TARIX” KAFEDRASI
Tarix fakulteti III kurs tolibi 
Mirzayev Sherzodning 
O’zbek davlatchiligi tarixi fanidan
 
 
 
KURS ISHI 
 
Mavzu: O’zbekistonning milliy davlat boshqaruvining tashkil etilishi 
 
Qabul qildi:
dots.Xolmurodov A 
Topshirdi:
Mirzayev Sh
Jizzax – 2012 



Mavzu: O’zbekistonning milliy davlat boshqaruvining tashkil etilishi 
 
Reja: 
Kirish 
I-bob. O’zbekistonning milliy davlat boshqaruvining tashkil etilishi 
 
1.1.O`rta Osiyo Respublikalari o`rtasida ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning yo`lga
qo`yilishi 
1.2. Istiqlol yillarida O`rta Osiyo Respublikalari o`rtasida savdo, diplomatik va
o’zaro elchilik munosabatlari
1.3. ―Turkiston-umumiy uyimiz‖
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 



Kirish 
Ota-bobolarimiz necha asrlar mobaynida shu bepoyon mintaqada qanday 
hamjihat bo`lib, qanday qadriyatlar asosida yashab kelgan bo`lsa, bugun ham tarix 
va hayot gardishi, tabiatning o`zi bizni butun O`rta Osiyo xalqlarini aynan ana 
shunday do`stlik va hamkorlik ruhida hayot kechirishga davat etmoqda.
Bir so`z bilan aytganda, tarixiy voqelikka mana shunday qarash, jamuljam 
bo`lib yashash tuyg`usi biz uchun hayot falsafasiga, yana ham aniqrog`i, hayot 
qoidasiga aylanib ketgan.
Tadqiqot mavzusi mustaqillik yillarida O`rta Osiyo davlatlari o`rtasidagi 
integratsiya jarayonlari xususidadsir. Shu boiz mazkur kichik tadqiqot ishini ilmiy 
asosda yoritishni , o`rganishni o`z burchimiz deb bildik. 
Mustaqilligimizni ilk davrlaridanoq O`zbekiston tashqi siyosatining muhim 
yo`nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar –Qozog`iston, 
Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan hamkorlik, qardoshlarcha do`stlik 
aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan edi. 
Mintaqadagi beshta davlat o`rtasida o`xshash jihatlar ko`p. Tariximiz, 
madaniyatimiz, tilimiz, dinimizning birligi, tomirlarimizning tutashib ketganligi, 
bu mamlakat xalqlarini bir –biriga yaqinlashtirishning zaminidir. O`zbekiston 
rahbariyati bu mintaqadagi davlatlar, xalqlar o`rtasidagi teng huquqli va o`zaro 
manfaatli hamkorlik o`rnatish va mustahkamlash choralarini qadamma-qadam 
ko`rib bormoqda.
Markaziy Osiyo davlatlarining boshliqlarining birinchi uchrashuvi 1990 yil 
iyunda Almati shahrida bo`lib o`tgan edi. Unda bu davlatlar o`rtasida do`stlik va 
hamkorlik o`rnatilish zarurligi asoslab berildi. Uchrashuv Sovet Ittifoqi hali 
mavjudligi sharoitida uning ahvoli tobora yomonlashib, xalq xo`jaligining barcha 
sohalarida tanglik kuchayib borayotgan, pul qadrsizlanayotgan, narh-navo 
qimmatlashib borayotgan sharoitda bo`lganligini shu o`rinda ta`kidlash lozim.
Shuning uchun ham Markaziy Osiyodagi besh davlat iqtisodiy tanglikdagi 
chiqish uchun resurslarni birlashtirish zarur degan xulosaga keldilar: beshta 
respublika oliy rahbarlari I.Karimov, N.Nazarboyev, A. Masaliyev, Q. Mahkamov 



va S. Niyozovlar O`rta Osiyo va Qozog`iston xalqlariga murojaatnoma hamda 
respublikalar rahbarlarining bayonomi nomli hujjatlarni imzoladilar. 1990-yil 
iyunda bo`lgan Almati uchrashuvida davlat boshliqlari har yili uchrashuv o`tkazish 
to`g`risida ahdlashib oldilar. 
Ming taassuf bilan shuni aytish kerakki, sobiq SSSR hukmronligi paytida 
Turkiston xalqlari o`rtasida ―Xitoy devori‖ tiklandi. Natijada ongimiz va 
tushunchalarimizga chegara solindi, milliy mahdudlik qobig`ida biqinib qoldik. 
Bundan esa faqat ―ulug` og`achilik‖ siyosatini yurgizuvchilargina foydalanishdi, 
xolos.
Darhaqiqat, biz tariximizga ham, olis istiqbolimizga ham ajdodlarga xos 
donishmandlik bilan ma`naviy va axloqiy yuksaklikdan turib qarashimiz kerak. 
Olamga kengroq nazar solishimiz lozim. Ana shunda mintaqa mamlakatlari milliy 
mustaqilligini saqlagan holda umumiy taraqqiyot va buyuk kelajak sari yana ham 
ko`proq ishonch bilan borishi mumkin bo`ladi.
1

Yüklə 155,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin