UMUMQO'SHIN JANGI ASOSLARI Reja: I. Kirishqismi Jang haqida tushuncha va zamonaviy umumqo’shin jang tavsifi
II. Asosiyqism 1. Zamonaviy umumqo’shin jangi
2. Umumqo’shin jangining asosiy turlari
3. Askarning jangdagi majburiyatlari
III. Xulosa Jang haqida tushuncha va zamonaviy umumqo'shin jangi tavsifi, uning maqsadi. Umumqo 'shin jangining asosiy turlari Jang — qisqa vaqt ichida chegaralangan hududda dushmanni yo'q qilish (tor-mor etish), uning zarblarini qaytarish va boshqa taktik vazifalarni bajarish.
Jang maqsadi — dushmanning jonli kuchini yo'q qilish yoki asirga olish, uning jangovar texnikasi va qurol-aslahalarini yo'q qilish yoki qo'lga kiritish hamda dushmanning keyinchalik qarshilik qilish qobiliyatini so'ndirish. Unga barcha turdagi qurollar zarbi quvvati, harbiy qismlar va bo'linmalar qat'iy va faol harakatining qo'rqmasdan o'tkazilgan manyovri bilan erishiladi.
Zamonaviy umumqo'shin jangi — unda qatnashayotgan qo'shinlarning birlashgan kuchlari tanklar, piyodaning jangovar mashinalari (bronetrans-portyorlar), artilleriya, havo hujumi mudofaa vositalari, samolyotlar, vertolyotlar hamda boshqa texnika va qurol-aslahalarni qo'llash bilan olib boriladi. U qat'iyatlilik, keskinlik, tez kechuvchanlik, yuqori manyovrlilik va jo'shqinlik bilan, vaziyatning tez o'zgaruvchanligi, ichkariga quvvatli olov ta'siri hamda jangovar vazifani bajarishning turli xil usullari qo'llanilishi bilan tavsiflanadi
Umumqo'shin jangining asosiy turlari Umurnqo'shin jangining asosiy turlari bo'Iib, mudofaa va hujum hisoblanadi. Mudofaa — dushman hujumini qaytarish, unga zarar yetkazish va o'z qo'shinlarimizni hujumga o'tishi uchun sharoit yaratib berish maqsadida , ataylab yoki majburan amalga oshiriladi.
Mudofaa oldindan yoki jang sharoitida dushman bilan yuzma-yuz kelinganda tayyorlanishi mumkin. Mudofaa dushman qo'llagan barcha qurollar zarbini qaytara oladigan, barqaror va faol bo'lishi kerak.
Hujum — dushmanni tor-mor etish (yo'q qilish) va joyning muhim marralari (obyektlari)ni egallash maqsadida o'tkaziladi. U dushmanni mav-jud bo'lgan barcha vositalar, bilan zararlash, qat'iy hamla, dushmanning jangovar tartibi ichiga bo'linmalarning shiddatli kirib borishida, jonli ku-chini yo'q qilish va asir olishda, qurol-aslaha, texnika hamda belgilangan hududlar (marralar, joydagi obyektlar)ni egallab olishda ifodalanadi.
Mudofaadagi dushmanga guruh (seksiya)ning hujumi, unga to'g'ridan to'g'ri yaqinlashishda yoki ichkaridan harakatlanib kelganda (birdan, yo'l-yo'lakay) amalga oshiriladi. Motoo'qchi guruh o'z qurolini, joy va undagi muhandislik jihozlarini hamda to'siq va g'ovlarni mohirona ishlatib, hujumga o'tgan dushmanga katta talafot yetkazgan holda egallab olgan pozitsiyalarini ushlab qolish qobiliyatiga ega. U qoidaga ko'ra, vzvod tarkibida mudofaaga kirishadi, batalyon rezervida turib jangovar qo'riqlashga, jangovar razvedka kuzatuviga va o't ochuvchi pistirmaga belgilanishi, kuchlarining bir qismi yoki to'laligicha batalyon (vzvod)ning zirh guruhi tarkibiga kirishi mumkin.
Motoo'qchi guruh front bo'yicha 200 m.gacha va ichkariga 200 m.gacha bo'lgan tayanch punktini mudofaa qiladi. Motoo'qchi guruhining mudofaasi o'ziga: guruhning jangovar tartibini, guruh tayanch punktini va o't ochish tizimini oladi.
Guruhning jangovar tarkibi qo'yilgan vazifa va joy sharoitiga bog'liq holda quriladi. Motoo'qchi guruhning seksiyalar pozitsiyasi, qoidaga ko'ra, bitta transheyada chiziqda bo'ladi. Motoo'qchi guruhning tayanch nuqtasi seksiyalar pozitsiyasidan, piyodalarning jangovar mashinalari va ixtiyoridagi o't ochish vositalari hamda o't ochish pozitsiyalaridan iborat.
Guruhning mudofaadagi o't ochish tizimi guruh mudofaasi old chegaralarida tayyorlangan yig'ilgan olov uchastkasini; mudofaaning oldingi chegarasi oldida, oraliqlarida, qanotlarda va mudofaa ichkarisida piyoda jangovar mashinasining tankka qarshi zonasi va guruhning boshqa barcha o't ochish vositalari ko'p qavatli olovini; xatarli yo'nalishlarda tayyorlangan piyodaning jangovar mashinasi va boshqa o't ochish vositalarining tayyorlangan olov manyovrini o'z ichiga oladi.