Umumrivojlantiruvchi mashqlar maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘rgatish metodikasi



Yüklə 62 Kb.
səhifə1/5
tarix01.04.2023
ölçüsü62 Kb.
#92062
  1   2   3   4   5
Umumrivojlantiruvchi mashqlar maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘rgatish metodikasi


Umumrivojlantiruvchi mashqlar maktabgacha ta’lim muassasalarida va oilada umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘rgatish metodikasi


Reja
1.Bolalarning qaddi-qomatini jismoniy tomondan shakllantirishda umumrivojlantiruvchi mashqlarning ahamiyati. 2.Umumrivojlantiruvchi mashqlarini bajarishda turli obrazlardan foydalanish. 3. Jismoniy buyumlar bilan bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar

Umumrivojlantiruvchi mashqlar - bu maxsus mashqlardir. Ular butun organizmning rivojlanishi va sog‘lomlashishida muhim rol o‘ynaydi va yelka kamari, gavda, oyoq kabi yirik muskul a’zolarining rivojlanishi va mustahkamlanishiga, bo‘g‘imlarning harakatchan bo‘lishiga, muskullar taranglashuvi va bo‘shashuvi jarayonini normallashtirishga yordam beradi.


Bu mashqlarning vazifasi qaddi-qomatni to‘g‘ri shakllanti- rish, butun tayanch-harakat apparatini mustahkamlash va qon aylanish, nafas olish, almashinish protsesslari, asab tizimi faoliyatini yaxshilashdan iboratdir.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar harakatlarni idora qiluvchi oliy motor markazlari ishini faollashtiradi; tezkorlik, chaqqonlik, kuchlar nisbati, chidamlilik, egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarni namoyon qilishga yordam beradi, kishida ijobiy – emotsional kayfiyat uyg‘otadi.
Muayyan izchillikda beriladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar butun organizmni asta-sekin faoliyat holatiga jalb etishga, uning umumiy hayotiy faoliyatiga yordam beradigan funksional jarayonlarni kuchaytirishga qaratilgandir.
Mashqlarning birinchi guruhi yelka kamari va qo‘l muskul- larini rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgandir. Ular ko‘krak qafasining nafas olish ko‘lamani kengaytirish va oshi- rishga yordam beradi: diafragmani qovurg‘alararo muskullar ni butun nafas olish muskulaturasini mustahkamlaydi, chuqur nafas olishga imkon beradi, orqa muskullarni mustahkamlay- di, umurtqani rostlaydi, yurak muskullarini mustahkamlashga yordam beradi, yurak qisqarishlari ritmini optimallashtiradi.
Mashqlarning ikkinchi guruhi gavda, orqa muskullarini rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgandir. Bu mashqlar qaddi-qomatning to‘g‘ri shakllanishiga ta’sir qiladi va gav- dani oldinga va yon tomonlarga engashtirishda, o‘ngga, chapga burilishda, shuningdek, aylanishda umurtqaning egiluvchan-ligini rivojlantirishga yordam beradi. So‘nggi mashqning asosiy vazi- fasi o‘tirganda oyoqni chalishtirib, chordana qurib o‘tirib yoki oyoqlarni kerib o‘tirib (harakatsiz holat) gavdani aylantirayot- ganda tos holatini mustahkamlashdan iboratdir.
Mashqlarning uchinchi guruhi oyoq va qorin muskullarini rivojlantirish va mustahkamlashga mo‘ljallangandir. Ular ich- ki organlarni intensiv harakatlar (sakrashlar, sakrab tushishlar va hokazo) paytida chayqalishdan saqlaydigan qorin muskul- larini mustahkamlashga yordam beradi, shuningdek, vena qon tomirlarida qon yurishmay qolishining oldini oladi (tizzaga sha patilash, yarim cho‘qqayish, cho‘qqayish va hokazo).
Shunday qilib, foydalaniladigan mashqlar majmuyi bolalar organizmiga har tomonlama mustahkamlovchi ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga aniqlik, zukkolik, muayyan alohidalik va ayni paytda, yaxlitlik talab qiluvchi umumrivojlantiruvchi mashqlar diqqat, iroda, maqsadga yo‘nalganlik, to‘xtab qolish reaksiyalari, o‘z harakatini butun bolalar jamoasi harakati bilan muvofiqlashtira olish, fazoda mo‘ljal ola bilishni tarbiyalaydi.
Har bir harakat dastlabki holatdan: gavdaning to‘g‘ri ho- lati (tik turgan), o‘tirgan, yotgan holatlardan hamda oyoq va qo‘llarning muayyan mashq uchun zarur holatidan boshlanadi.
Tik turgan holatda oyoqlar uchun dastlabki holat: asosiy tik turish – tovonlar birlashtiriladi, oyoq uchlari keriladi (katta guruhlar). Bu holatdan quyidagi paytlarda foydalaniladi: mashq oldidan va oxirida (ba’zan oyoq uchlarida ko‘tarilib); yarim cho‘qqayishda va to‘la cho‘qqayishda (orqa rostlanadi, tizzalar yon tomonlarga keriladi, tovonlar biroz ko‘tariladi); oyoqlarni ko‘tarish va tizzadan bukishda: oyoqlarni oldinga, chapga, o‘ngga, orqaga uzatishda. Oyoqlarni biroz kerib turish – oyoqlar keriladi (oyoq yuzasi, qadam kengligida), oyoq uchlari biroz yoyilgan; oyoqlarni kerib turish (yelka kengligida) oyoq uchlari biroz kerilgan; oyoqlarni juftlab turish oyoq uchlari va tovonlar birga qo‘yiladi. Bu holatdan cho‘qqayib o‘tirishda foydalaniladi; oyoqlarni chalishtirib turish – birinchi oyoq ikkinchisining oldida, tovonlar parallel qo‘yiladi; tizzalarda turish – tizzalar, boldirlar, oyoq uchlari polga tayanib turadi, oyoq uchlari yoziladi – bu holatdan burilishlar, tovonga o‘tirishda foydalaniladi; oyoql arni biroz kerib oyoq yuzasi kengligida qo‘yib, oyoq yuzasi biroz yon tomonlarga, biroq ichkariga qaratmasdan turish. Bu holatdan kichik guruhlarda foydalaniladi.
Tik turganda qo‘llarning dastlabki holatlari; qo‘llar pastga, gavda yonlariga tushuriladi, kaftlar gavdaga qarab turadi; qo‘llar oldinga yuqoriga ko‘tarilgan, barmoqlar musht qilingan, kaftlar bir-biriga qaratilgan; qo‘llar yon tomonlarga uzatilgan, kaftlar pastga yoki oldinga qaratilgan; qo‘llar belda to‘rt barmoq oldinga, pastga, tirsak va yelkalar orqaga tortilgan; qo‘llar ko‘proq oldinga – tirsaklar yelka balandligida, kaftlar pastga qaragan; qo‘llar bosh orqasida – tirsaklar orqaga olingan, barmoqlar ensaga tekkizilgan holda oldinga qaratilgan; qo‘llar oldinda, panjalar musht qilingan, bir qo‘l ikkinchisi ustiga qo‘yilgan; qo‘llar orqada, orqaga tekkan holda, bukilgan qo‘llar bilaklarga chirmashgan; qo‘llar orqada, panjalar “qulf” holida chalishtirilgan yoki biri ikkinchisi ustiga qo‘yilgan.
O‘tirgandagi dastlabki holatlar: oyoqlar oldinda, juftlashti- rilgan, oyoq uchlari biroz kerilgan, oyoqlar kerilgan holda to‘g‘ri qo‘yilgan; oyoqlar tizzalarda bukilgan, oyoq kafti polga qo‘yilgan; oyoqlar chalishtirilgan, qo‘llar holati mashqlar mazmuniga bog‘liq bo‘ladi.
Yotgandagi dastlabki holatlar: chalqancha yotiladi – rostlangan oyoqlar bukiladi, oyoq uchlari biroz kerilib, bukilgan qo‘llar polga tayanadi, kaftlar oldinda (biri ikkinchisi ustida) yoki kaftlarga tayanib gavda biroz ko‘tariladi; o‘ng yoki chap tomon bilan yotgan holda bir tomonga tayanib rostlangan oyoqlar yig‘iladi, qo‘llar yuqoriga uzatiladi.

Yüklə 62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin