Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 7 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
28
July, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
UMUM TA’LIM MAKTAB O‘QUVCHILARIDA SOG‘LOM TURMUSH
TARZINI SHAKLLANTIRISHNING MUHIM TOMONLARI
Ilxomjon Ashuralievich Daminov
Termiz davlat pedagogika instituti, Jismoniy madaniyat kafedrasining mudiri
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada jismoniy tarbiya, sport, sog„lom turmush tarzi sohasidagi
asosiy yo„nalishlarni takomillashtirish bo„yicha ilmiy qarashlar, yondashuvlar,
usullarni shakllantirish haqida so„z boradi.
Kalit so‘zlar:
jismoniy tarbiya va sport, sog„lom turmush tarzi, harakat.
ABSTRACT
This article talks about the formation of scientific views, approaches, and
methods for improving the main directions in the field of physical education, sports,
healthy lifestyle.
Keywords:
physical training and sports, healthy lifestyle, movement.
KIRISH
Aholi o„rtasida sog„lom turmush tarzini keng targ„ib qilishni tizimli yo„lga
qo„yish, jamiyatda sog„lom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, o„sib
kelayotgan yosh avlodni zararli odatlardan asrash hamda har bir mahalla, ta‟lim
muassasalari, mehnat jamoalari va boshqalarda jismoniy tarbiya va sport faoliyatini
samarali tashkil etish tizimini shakllantirishdan iborat.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqumli bo„lmagan kasalliklar
profilaktikasi, sog„lom turmush tarzini qo„llab-quvvatlash va aholining jismoniy
faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi 2018-yil 18-dekabrdagi PQ-
4063-son qaroriga asosan O„zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport
vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining aholining yoshiga qarab,
umumiy jismoniy tayyorgarligini belgilovchi sport me‟yorlarini o„z ichiga olgan
“Alpomish” va “Barchinoy” testlarining aholining keng qatlamlari o„rtasida
musobaqa tarzida doimiy ravishda o„tkazilishini tashkil qilish hamda g„olib va
sovrindorlarning III, II, va I darajali ko„krak nishonlari bilan
rag„batlantirilish vazifalari belgilab berilgan.
Dostları ilə paylaş: |