ҲУҚУҚ нормалари Huquq normalari



Yüklə 11,69 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü11,69 Kb.
#206688
  1   2
ҲУҚУҚ нормалари-fayllar.org


ҲУҚУҚ нормалари

Huquq normalari


Reja:



  1. Huquq normalarining tushunchasi, belgilari va tuzilishi.


  2. Huquq normalarining turlari

1. Huquq normalarining tushunchasi, belgilari va tuzilishi.



Huquq normalari (norma suzi ~- lotincha bulib, uzbekcha qoidadir). Har bir davlatning huquq tizimi normalaridan, huquq institutlaridan va iborat.
Huquq normalari — bu davlat tomonidan bajarilishi barcha kishilar uchun majburiy bo`lgan, kishilar o`rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarning tartibga soluvchi qoidalar yig`indisidir. Huquq normalari tabiiy huquq va pozitiv xuquqlardan iborat. Tabiiy huquq insonga tabiat tomonidan beriladi. Masalan, insonning yashash erkinlik va shaxsiy daxilsizlik huquqlari. Pozitiv huquq esa davlat tomonidan qabul qilinadi. Huquq normasi bu alohida olingan turmush qoidasidir. Masalan, O`zRsida huquqning asosini O`zRning Konstitutsiyasi tashkil etadi. Konstitutsiyaning har bir alohida olingan huquqiy normadir. Normalarining belgilari quyidagilardan iborat: 1) normalari davlat tomonidan o`rnatiladi va barcha xalqlarning qonuniy irodasini ifodalaydi; 2) uning mazmuni jamiyatning iqtisodiy tuzilishi bilan belgilanadi; 3) ularning bajarilishi barcha kishilar uchun umummajburiydir; 4) davlatning zo`rlik kuchi bilan amalga oshiriladi; 5) kishilar o`rtasida turli ijtimoiy munosabatlarni tartibbga soladi; 6) fuqarolarga huquq va burch belgilaydi; 7) uzoq muddat qo`llaniladi va talabga javob bermasa davlat vakolatli organlari tomonidan bekor qilinadi; 8) vakolat beruvchi, majbur etuvchi va to`ldiruvchi xarakterda bo`lishligi; 9) tizimida qonunlar, farmonlar va farmoyishlar, qarorlar va boshqa shakilda faqat yozma holda qabul qilinadi; 10) normalari bir biri bilan uzviy borliq bo`lib, davlatning yagona tizimini tashkil qiladi; 11) davlat tomonidan qabul qilinadi va qo`riqlanadi; huquqbuzarlik oqibatiga qarab turli jazo choralari qo`llaniladi.
Huquqiy normaning tuzilishi 3— qismdan: gipoteza, dispozitsiya sanksiyadan iboratdir. Gipoteza (grekcha-faraz qilishdir) huquqiy normaning birinchi qismi bo`lib, u qo`llaniladigan shart— sharoit vaqtni bildirad. Gipotezaning ikki turi mavjud bo`lib, aniqlangan gipoteza va to`la aniqlanmagan gipotezadir. Aniqlangan gipoteza — huquqiy normada ko`rsatilgan huquq va majburiyatlarning paydo bo`lishi, o`zgarishi, yoki bekor bo`lishi aniq, ko`rsatiladi. To`la aniqlanmagan gipotezada huquqiy normaning kuchga kirishi va qo`llash tartibi ko`rsatilmaydi.
Dispozshshya (lotincha so`z bo`lib —mazmun degan ma`noni bildiradi). Bu huquq normasining mazmuni, qullash tartibi va burchlari ko`rsatiladi.
Dispozitsiyaning quyidagi turlari bor: 1) imperativ (aniq ko`rsatilgan) dispozitsiya-bunda huquqiy normaning matnida dispozitsiya aniq ko`rsatiladi. Masalan, O`zRsi Jkning maxsus qismidagi moddalar; 97 —modda qasddan odam o`ldirish, 118 — modda nomusga tegish, 164 —modda bosqinchilik va boshqalar; 2) nisbiy belgilangan dispozitsiya. Bunda hukuqiy normaning mazmunini taraflar aniqlaydi va uzgartiradi. Jumladan, O`zRsi Mkning 228 — moddasida homilador ayollarni, bola emizuvchi va uch yoshga to`lmagan bolasi bor ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga dam olish kunlari ishlarga jalb qilishga va xizmat safariga yubormaydigan deb ko`rsatilgan; 3) dispozitiv (qayta tiklovchi) — yoki vakolat beruvchi dispozitsiya-bunda huquqiy norma tomonlarga o`z huquq va burchlarini belgilab beruvchi vakolatini beradi. Masalan, O`zRsi MKning 72 —moddasida «Meqnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi o`rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo`yicha ishni ichki meqnat tartibiga bo`sungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mahnat to`g`risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish hakidagi «kelishuvlar» deb ko`rsatilgan; 4) blanket dispozitsiyasi bunda huquqiy normalar tegishli organga xulq — atvor qoidasini belgilash huquqini beradi. Jumladan: O`zR MKning Mehnat xaqining miqdorini ish beruvchi bilan xodim kelishuviga asosan belgilanadi. Mehnat haqi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan oz bo`lishi mumkin emas va uning eng ko`p miqdori biron bir tarzda cheklanmaydi»-deb kursatilgan.
Huquq normasining uchinchi qismi sanksiyadir. (sanksiya - lotincha chora deganidir). Sanksiyada huquq normalari talablariga rioya qilmaslik natijasida davlat tomonidan qo`llaniladigan majburiy choradir. Sanksiya huquq nomasining yuridik kuchini barcha fuqarolar uchun majburiyligini ifodalaydi. Sanksiyalar huquq normalarining xarakteriga qarab intizomiy, ma`muriy fuqarolik, jinoiy-huquqiy va boshqa turlarga bo`linadi. Xodimlarga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi intizomiy jazo choralarini qo`llaydi. Ma`muriy huquqbuzarlik sodir qilganda O`zR JK ko`rsatilgan jazo choralarini beradi. Jinoyat sodir qilinganda O`zR JKda belgilangan jazo choralari qo`llaniladi. Fuqarolik — huquq normalari buzilganda yetkazilgan zararni undirish, tuzilgan shartnoma va bitmlarni qonunsiz deb topish choralari belgilangan.
Sanksiyalar huquq normalarining ifodalanishiga quyidagi uch turga bo`linadi: nisbiy belgilangan sanksiyalar (masalan, 6 —oydan 25 —yilgacha ozodlikdan mahrum qilish), absalyut (mutloq,) belgilangan sanksiya (70 000 so`m jarima), muqobil sanksiya (masalan, moddada yo ozodlikdan mahrum qilish yoki qamoq, jazosi belgilangan). Bitta yuridik moddada huquqiy norma tuzilishining u chala qismi bo`lmasligi mumkin. Modda bilan huquq normasi o`rtasida farq bor. Chunki huquq normasining tuzilishi deganda bu uch qismning qayerda va qanday darajada ifoda etilishidan qat`i nazar, ular o`rtasidagi mantiqiy bog`lanish va uning mazmuni tushuniladi. Huquq normasining mantiqiy tuzilishi —bu obyektiv hodisadir. Chunki har bir huquq normasi kishilar o`rtasida turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun tegishli qoidalar belgilab, ularning kishilardan bajarilishini talab qiladi. Huquq normasining mantiqiy tuzilishi 3 qismdan — gipoteza, dispozitsiya va sanksiya tashkil topishi amaliy ishda ishlovchi xodimlarni barcha harakatdagi normativ hujjatlarni atroflicha analiz qilishni talab etadi, qonun va normativ hujjatlarning hayotga qo`llash uchun mavjud bo`lgan sharoitni, uning mazmunini bilishi va ularga rioya qilinmasa hayotda ishlar noto`g`ri hal qilinadi.

Yüklə 11,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin