Aylanma harakatlar bir valdan boshqasiga turli detallar yordamida uzatiladi, bu detallar yig‘indisi uzatma deyiladi.
Mashinasozlikda uzatmalarning tasmali, zanjirli, friksion, tishli, chervyakli, reykali va xrapovik mexanizmli turlari qo‘llaniladi.
Tasmali uzatmag‘ildiraklari (shkivlari) tasma vositasida elastik bog‘langan bo‘lib, ular aylanma harakatni ishkalanish kuchi yordamida bir shkivdan ikkinchisiga uzatadi (1-shakl).
Zanjirli uzatma yetakchi va yetaklanuvchi yulduzchalardan va ularni qamrab oluvchi zanjirdn iborat (2-shakl).
Friksion uzatma ikki parallel vallar orasida bir-biriga kuch bilan siqiladigan ikkita katoklardan iborat (3-shakl, a). Agar vallarning o‘qlari o‘zaro kesishadigan bo‘lsa, konusaviy friksion katoklar qo‘llaniladi (3-shakl, b). Aylanma harakat yetakchi katokdan yetaklanuvchi katokka ishkalanish kuchi yordamida uzatiladi.
Parallel vallar orasidagi tishli uzatmalar tashqi (4-shakl, a) yoki ichki (4-shakl, b) ilashmada bo‘lgan silindrik tishli g‘ildiraklar vositasida amalga oshiriladi.
Vallarning geometrik o‘qlari kesishgan hollarda konus tishli g‘ildiraklar qo‘llaniladi (4-shakl, v).
Chervyakli uzatma, vallar o‘zaro aykash bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Chervyakli uzatma chervyak va chervyakli g‘ildirakdan iborat (5-shakl).