A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT
INSTITUTI
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari
moduli bo‘yicha
“Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar bilimini baholash”
o‘quv kursining
“TIMSS dasturi asosida o‘quvchilarning bilim darajasini tahlil qilish”
mavzusidan ma’ruza matni
Ma’ruzasi: Qoraboyev Husniddin Kamolovich
Toshkent 2021
MAVZU: TIMSS dasturi asosida o‘quvchilarning bilim darajasini tahlil
qilish
REJA:
1.
TIMSS tadqiqotlaridagi matematik savodxonlik darajalarining tavsifi.
2.
TIMSS (matematik savodxonlik sohasida) topshiriqlaridan namunalar.
3.
TIMSS dasturi asosida savol va topshiriqlar tayyorlash va ular ustida
ishlash texnologiyasi.
TIMSS, bu –
“Trends in International Mathematics and Science Study”,
yaʼni 4 va 8-sinf oʻquvchilarining matematik va tabiiy-ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha
taʼlimdagi natijalarini xalqaro miqyosda baholaydigan tadqiqotdir.
TIMSS tadqiqotlari matematika bo‘yicha dasturlarning mazmuniga
yo‘naltirilgan va ko‘pgina miqdorda algebra, son va hisoblashlar kabi
bo‘limlar bo‘yicha o‘quv topshiriqlariga yaqin topshiriqlardan foydalanadi, bu
esa matematikani o‘qitishda zamonaviy yondoshuvga asoslangan mamlakatlar
(Rossiya, Osiyo va Sharqiy Evropa mamlakatlari) uchun ustunlik yaratadi.
TIMSS tadqiqotlari ta’lim yutuqlarini baholash Xalqaro assotsatsiya
tashabbusi bilan 1990 yilda tuzilgan. Tadqiqot doirasida matematik va tabiiy
bilimlar sifati baholanadi. 1995-2011 yillar mobaynida ushbu tadqiqotning 5
sikli o‘tkazilgan. Unda 50 dan ortiq mamlakatlar ishtirok etgan.
TIMSS-2019 tadqiqotning
Dostları ilə paylaş: |