SUYUQ AXLATLARNI YIG’ISH VA TASHIB CHIQIB KETISH Najas (axlat va siydik) suyuq axlatlar turiga kiradi. U insonning
normal fiziologik faoliyati orqasida organizmdan ajraladigan chiqindi
bo’lib hojatxonalarda yig’ilsa, organizmni shaxsiy gigiena qoidalariga
rioya qilish maqsadida — yuvinish, kir yuvish va boshqa faoliyat oqibatida
hosil bo’ladigan suyuq chiqindilar kirxonalarda, yuvindi tashlanadigan
o’ralarda yig’iladi. Kanalizaciya tarmoqlari o’tkazilgan xonadonlarda esa
suyuq chiqindi-axlatlar kanalizaciya orqali oqiziladi.
Hojatxonalar shaxsiy va jamoa hojatxonalariga bo’linadi.
Hojatxonalar kanalizaciya tarmoqlariga ulangan va ulanmagan bo’lishi
mumkin.
Hojatxonalar ichida sanitariya talablariga javob byeradigan, isitilgan
hojatxonalar (lyuftklozetli) binolarga taqab qurilsa bino havosini, atrofdaga
tuproqlarni, grunt suvlarini gazlar va sizilgan suvlar bilan ifloslantirmaydi.
Bunday hojatxonalarni bir va ikki qavatli binolarga o’rnatib qurish
mumkin. Najasdagi namlikning bug’lanishini hisobga olib, hojatxonani yil
davomida 1—2 marotaba tozalash tavsiya qilinadi.
414 Kanalizaciyasi bor turar joylardagi suvli hojatxonalar (vatyerklozet)
sanitariya talablariga javob byeradi. Bunday hojatxonalar birinchi 1810
yilda Angliyada qurilgan. Jamoa hojatxonalari o’zining tashqi va ichki
ko’rinishi bilan gigiena va estetik talablarga javob berishi kerak, ya’ni
hojatxonaning ichki tomoni silliq plitalar, poli esa metlaxs plitalari bilan
qoplangan bo’lib, devorlariga ko’zgular hamda chig’anoqlar o’rnatilgan
bo’lishi, najas va siydikni yuvib yuboradigan moslamalarning bo’lishi
hojatxonalarni toza tutish imkonini byeradi.
Ularda kiyim iladigan ilgaklar va oyoq kiyimlarni moylaydigan
moslamalar bo’lsa yanada gigiena va sanitariya talablariga mos bo’ladi.
Odatda jamoa hojatxonalari obodonlashtirilgan maydon-bog’larda, aholi
syerqatnov bo’ladigan ko’chalarda, vokzallarda, dengiz va daryo portlarida,
bozorlarda, istirohat bog’larida, stadionlarda, plyajlarda va boshqa odamlar
gavjum bo’ladigan joylarda qurilishi kerak.
Jamoa hojatxonalarini aholi gavjum joylarga ma’lum ajratilgan
yerlarga yoki katta binolarning yerto’lasi (podvali)ga va birinchi
qavatlariga qurish ayni muddaodir. Hojatxonalar isitiladigan va etarli
yorug’lik bilan ta’minlangan bo’lishi
kerak. Ularga havoni almashtirib
turadigan maxsus moslamalar o’rnatiladi.
Katta hojatxonalarda ikki-uch barobar
toza havo tortilsa, besh barobar iflos
havo chiqazib tashlanadi.
415 33 - rasm. Vodoprovod tarmoqlari orqali
yuvishga mo’ljallangan hojatxona.
________________________________
34- rasm. Lyuftklozet.
1 — o’ra; 2 — o’raning pishiq g’ishtdan yoki betondan ishlangan devori; 3 — pishitilgan
loy; 4 — o’raning ikki qavatli qopqog’i; 5 — o’raning temir betonli tomoni; 6 — chiqindi
suyuqlik oqishi uchun truba; 7 — sanitariya jihozi (asbobi); 8 — oshxonadan havo tortuvchi
truba; 9 — o’rani shamollatuvchi kanal; 10 — deflektor.
Hojatxona xonalari uchun 2,75 m
2
va har bir pissuar uchun 1,50 m
2
joy ajratiladi. Xonalarning eshiklari poldan 15 sm balandlikda bo’ladi.
Jamoa hojatxonalarining atroflari obodonlashtiriladi. Agar hojatxona yer
yuzasidan chuqurroqda joylashgan bo’lsa, u holda uning tomiga turli gullar
ekilib gulzorga aylantiriladi.
Hojatxonalar farroshlar tomonidan vaqti-vaqti bilan tozalab turiladi.
Hozir, juda ko’p jamoa hojatxonalarining ijaraga olinishi ularning gigienik
talab darajasi ko’tarilishiga sabab bo’ldi. Bunday hojatxonalarda kiyim-
kechaklarni changdan tozalash uchun cho’tka, oyoq kiyimlarni moylash
416 uchun moy va maxsus cho’tkalar, soqol olish uchun elektr mashinalari va
boshqalar bo’ladi. Qisqasi, sanitariya talabiga javob byeradi.
Kanalizaciya tarmoqlari bo’lmagan aholi turar joylarida suyuq
axlatlarni assenizaciya mashinalarida tashqi muhitni ifloslantirmay olib
chiqib ketiladi. Suyuq axlatlarni tortib olishga mo’ljallangan assenizacion
mashinalariing hajmi 2,5—4
m
3
bo’ladi. Bunday mashinalar sutka davomida tinmay ishlasa, aholiga
ancha qulaylik tug’iladi. Assenizacion mashinalarning soni suyuq chiqindi-
axlatlarning har 100 m
3
tonnasiga qarab belgilanadi.
Xo'jalik axlatlarini yig'indisi va olib chiqib ketishi turar joylarning sharoitiga qarab alohida-alohida hal qilinishi kerak. Axlatlarni yig'ish uchun 12-15 litr xajmdagi qopqoqni yig'ichlardan foydalaniladi. Bunday yig'ichlar har sutkada bir marta bo'shatiladi.
Chiqindi axlatlarni sanitariya, epidimalogik tomonidan xavfligini hisobga olib, ularni axlat toshiydigan mashinalarga ortayotganda, tushirayotganda iloji boricha odamlar ishtirokini kamaytirish kerak.
Odatda 4-5 qavatli va undan ko'proq qavatli binolarda to'plangan axlatlarni olib chiqib ketishga mo'ljallab har bir uyda yuqoridan pastga o'tadigan quvurlar o'tkaziladi. Axlat tortgich trubalar tik o'rnatilgan kanal bo'lib, har bir qavatning zina pol maydonchasida axlat qabul qiluvchi qopqoqli moslama tuynuklar o'rnatiladi. Imoratning eng pastki qavatida axlat yig'adigan bunker qo'yiladi. Bunker yaqinida vintilyasiyasi o'rnatilgan bo'ladi. Kameradagi bunkerlarni xajmi xonadonlardan va necha marta olib chiqib ketishiga bog'liq..
Hovli joylarda yig'iladigan chiqindi axlatlarni sanitariya talablariga asosan muntazam ma'lum vaqtda maxsus transportlar yordamida olib ketish tartibi ham qo'yiladi. Maxsus jadaval bo'yicha axlati tashuvchi mashinalar yig'ilgan axlatlarni olib ketadi.
Suyuq axlatlarni kanalizasiya quvurlari yordamida olib chiqib ketiladi va chiqindilar kimyoviy usulda tozalangan, zararsizlantirilgach ochiq muhitga tushadi. Axlatlarni zararsizlantirish va ulardan foydalanish.
Umuman, aholi turar joylarda to'planadigan axlatlarni axlatxonalarga tashlash allaqachon gigiena fani tomonidan qarlangan. Bu iqtisodiy jihatdan samarasiz, iflosgarchilikka yo'l qo'yadigan usuldir. Axlatlarni ikki yo'l zararsizlantirish va ulardan foydalanish mumkin.
1.Biotermik usul-ya'ni axlatni kompost qilish, issiqxonalarda foydalanish va mukammallashtirilgan axlatlarda zararsiz holatga keltirish.
2. Axlatlarni kuydiradigan, sortlaydigan zavodlarida zararsizlantirish. Axlatlarni kompostlash. Bu murakkab aerobli biologik organik moddalar tez chiriydi va o'simliklar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladigan holga keladi. Jarayon gumus degan moddalarni hosil bo'lishi bilan beradi. Kompostlash natijasida axlatlardan /gumus/ bir xil rangli, go'nga o'xshash modda paydo bo'ladi.
Tabiiy holatda kompost jarayoni bir yilda davom etishi mumkin. Kompostlashda axlat o'z o'zidan qizishib harorati ko'tarilib, qattiq axlatlar yaxshi zararsizlantiriladi. Bu jarayon vaqtida axlat harorati 60-750S ga ko'tarilib kasal chiqaruvchi mikroorganizmlar: gijja tuxumlari va hasharotlar, mayda tuxumdan chiqqan qurtlari ham kiradi, demak odamlar sog'ligi uchun xavfli bo'lgan ahvol o'z-o'zidan yo'qoladi.
Kompost tayyorlashda er tekislanadi, so'ngra garam uzunligi 25-30 metr, eni 3 mertr, balandligi esa 1-1,5 metr qilib tayyorlanadi. Joy tagiga shox-shabba yoki xashak tashlanib, uning ustiga axlat bosiladi. Garan 15-20 sm tuproq bilan berkititladi.
Kompost yetilganda rangi qoramtir jigarrang, hidsiz, pashshalarni o'ziga tortmaydigan moddaga aylanadi. Kompost etilgach elanadi, ulardan tosh, temir bo'laklari, oyna siniqlari olib tashlanadi. Unsimon bu kompost bir gektar erga 25-50 tonna atrofida solinadi. U tuproq unumdorligini oshiradi.