Sodaning xalq xo’jaligidagi ahamiyati uning qo’llanishi va tarixi



Yüklə 198,55 Kb.
səhifə1/13
tarix20.02.2023
ölçüsü198,55 Kb.
#85095
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
SODA. KURS ISHI.1.


REJA:
Kirish:



  1. SODANING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI UNING QO’LLANISHI VA TARIXI

2. Karbonizasiya jarayonining


fizik-kimyoviy asoslari


3. Natriy xlorid eritmasining tOzAlaNIsh jarayoni asoslari


4. Tozalangan namokobni ammoniylash (aBsorbsiya) jarayonining fizik-kimyoviy asoslari


5. XULOSA


6.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH



Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizda sanoat korxonalarini rivojlantirish ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish borasida ilg’or ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 15 sentyabrdagi PQ468sonli "Qo‘ng‘irot soda zavodining ishga tushirilishi to‘g‘risida"gi qaroriga asosan Markaziy osiyoda yagona bo’lgan kalsinirlangan soda ishlab chiqaruvchi korxona ishga tushirildi. Korxonada ishlab chiariladigan maxsulotlar Respublikamiz kimyo va silikat maxsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar extiyojlarini qondirish bilan bir qatorda Qozoqiston, Rossiya va Turkiya davlatlariga eksport qilinmoqda. Zavodda amiakni reginerlash jarayonida kalsiy xlorid chiqindi bo‘lib ajralib chiqmoqda. Xozirgacha 9000000 tonnadan ortiq kalsiy xlorid maxsus chiqindixonada saqlanmoqda va bu ko‘p tonnali chiqindidan foydalanish xozirda dolzarb muammolardan biri xisoblanadi. Shu sababi keyingi yillarda ayrim davlatlarda ko‘p tonnali chiqindi chiqaruvchi korxonalar faoliyati cheklanmoqda. Jumladan Chexiyada 2 ta Angliyada 6ta Belgiyada 3ta soda zavodi chiqindilari tufayli tugutildi. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A. Karimovning “Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” asarida [2] jaxon inqirozidan chiqishning muqobil yo’llari ko’rsatib o’tilgan. Ayniqsa xududiy ishlab chiqarishlarni rivojlantirish, maxalliy xom-ashyo resurslarini ishlab chiqrishga tadbiq etish, yangi texnologiyalarni joriy etish, maxalliy xom-ashyo zaxiralarini qayta ishlash, korxonalaning bazalarini kengaytirishga qarattilgan ishlar inqirozdan chiqishning omillari ekanligi ko’rsatib o’tilgan. Respublikamiz xalq xo’jaligini yuqori darajaga ko’tarishda silikat materiallari ishlab chiqarish soxasi muxim axamiyatga ega. Silikat materiallar sanoatida ishlab chiqariladigan mahsulotlar ichida sement eng muximlaridan biri xisoblanadi. Bu soxaning axamiyati va muximligi Respublikamizdagi qurilayotgan uy-joylar, inshoatlar va binolarning barpo etilayotganida xamda qurilish ishlarining tabora rivojlanayotganini ko’rish mumkin
Respublikamizda sement ishlab chiqarish sanoatiga katta axamiyat berilmoqda. Xozirgi kunda to’rtta yirik korxonada portlandtsement ishlab chiqarilmoqda. Sement ishlab chiqarish jarayoni asosan yuqori haroratlarda amalga oshiriladi va ko‘p energiya talab qiluvchi ishlab chiqarishlardan biri xisoblanadi. Energiya resurslari taqchilligi kuzatilayotgan sanoat asrida bu turdagi maxsulotlarni past xaroratlarda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish nafaqat bizning respublikamizda balki butun dunyodagi bosh masalalardan biridir
Soda ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlab chiqarish jarayonida xosil bo‘luvchi chiqindilar. Soda xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida foydalaniladi va uning 4 xili eng ko‘p qo‘llaniladi va ular quyidagilar [3]: Kalsinirlangan soda Na2CO3, Kristall soda o‘z navbatida ikki xilga bo‘linadi natrit -Na2CO3*10H2O, termonatrit - Na2CO3*H2O. Ichimlik va oziq ovqat sodasi NaHCO3. Kaustik soda NaOH. Bulardan sanoatda eng ko’p ishlatiladigani kalsinirlangan soda bo’lib asosan shisha va keramik materiallar ishlab chiqarishda asosiy xom ashyolardan biri xisoblanadi. Kalsinatsiyalangan soda - Na2CO3, molekulyar massasi-106, natriy karbonat kristall kukun, zichligi 2,53 g/sm 3 , suyuqlanish temperaturasi 8530C, suvda yaxshi eriydi. Soda (natriy karbonat) qadimgi davrlardan ma’lum bo‘lgan. Soda dengiz o‘simliklari va tabiy sodaviy ko‘llardan olingan. 1775 yilda fransuz olimi Leblan sanoatda kuyidagi usul bo‘yicha soda ishlab chiqarishni taklif etgan: 2NaClH2SO4Na2SO42HCl Na2SO4 + CuCO32C  Na2CO3CuSCO2 Xosil bo‘lgan kattik moddadan suv yuvish usuli bilan soda eritmasi olingan. Eritmani bug‘latish natijasida kattik soda ishlab chikarilgan. [4] 1865 yilda belgiyali muxandis Solve soda ishlab chikarishning ammiakli usulini amalga oshirgan: NaCl  NH3  CO2  H2O  NaHCO3  NH4Cl 2NaHCO3  Na2CO3 + CO2 Leblan usuliga nisbatan Solve usuli quyidagi ijobiy tomonlaridan iborat: 1. Maxsulotning sifati yukori, toza soda xosil bo‘ladi. 8 2. Ishlab chikrish jarayoninging uzliksizligi 3. Mexnat sharoitlari yaxshilanishi va ish kuchi kam sarflanishi 4. Elektroenergiya va yokilgilarning kamrok sarflanishi.[3-7] O’zbekiston Respublikasini xal xo‘jaligi uchun sodaga talab katta bo’lmoqda. Xozirgi kunda soda xorijiy davlatlardan katta miqdordagi valyuta bilan inport qilinadi. SHuning uchun Qoraqolpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot shaxrida soda zavodi qurilmoqda. Bu zavod xam soddani Solve usulida ishlab chiqaradi. Yuqoridagi usullardan tashqari sodani natriy gidrooksididan olish mumkin: 2NaOH  CO2  Na2CO3  H2O Rossiyada soda nefelin tabiiy rudasidan xam olish usuli mavjud. Bu ruda tarkibida asosan nefelin bo’lib (3Na2OK2O4Al2O39SiO2), undan alyuminiy oksid, potash va sement maxsulotlari xam ishlab chiqariladi [8-10]. Xozirgi zamon soda ishlab chiqarish korxonalarida asosan Solve usuli orqali ishlab chiqariladi. Ushbu usulda sodani ammoniy gidrokarbonat orqali olinadi: NH4HCO3 + NaCl = NaHCO3+NH4Cl Soda zavodlarida ammoniy gidrokarbonat NaCl suv eritmasi, NH3 va CO2 gazlaridan olinadi: NaCl + NH3 + CO2 + H2O = NaHCO3 + NH4Cl Ushbu reaksiya 2 ta pog‘onada O‘tkaziladi. Birinchi pog‘onada absorbsiya va ikkinchi pog‘onada karbonizatsiya jarayonlari O‘tkaziladi. Karbonizatsiya jarayonida cho‘kmaga tushgan NaHCO3 filtratsiya usuli bilan ajaratiladi va uni parchalash natijasida soda olinadi: 2 NaHCO3  Na2CO3 + CO2 Parchalash temperaturasi 160-1800C tashkil qiladi. Xosil bo‘lgan uglerod oksid gazi karbonizatsiya Bo’limiga yuboriladi va bu erda asosiy jarayonlardan tashqari bir nechta yordamchi jarayonlar o‘tkaziladi. Xosil bo‘lgan NH4Cl dan ammiak regeneratsiya etilib, absorbsiya bo’limiga yuboriladi: 2NH4Cl + Ca(OH)2  2NH3 + 2H2O + CaCl2 9 CaCl2 chiqindi sifatida maxsus yig‘indilarda saqlanadi. Kalsiy gidrooksid olish uchun zarur bo‘lgan CaO karbonat xomashyosidan olinadi (oxak toshi). CaCO3  CaO + CO2 CO2 gaz karbonizatsiya bo‘limiga yuboriladi, CaO dan kalsiy gidrooksid olinadi. CaO + H2O  Ca(OH)2 Barcha soda zavodlarida NaCl suv eritmasi Na2CO3 va Ca(OH)2 yordamlarida Ca va Mg ionlaridan tozalanadi. MgCl2 + Ca(OH)2 → Mg(OH)2 + CaCl2 CaCl2 + Na2CO3→ CaCO3 + 2NaCl CaCO3 va Mg(OH)2 chiqindi sifatida saqlagichlarga tashlanadi, tozalangan NaCl eritmasi absorbsiya bo‘limiga yuboriladi Birlamchi rassolning tarkibida kalsiy va magniy tuzlari mavjud. Agarda ulardan rassol tozalanmasa, cho‘kmaga kuyidagi yaxshi erimaydigan birikmalar tushishi mumkin: CaCO3, Mg(OH)2, NaClNa2CO3MgCO3, (NH4)2CO3MgCO3. Bu birikmalar apparatura, trubaalarda tiqilishi mumkin va tayyor maxsulotning sifatini pasaytiradi. Soda ishlab chiqarishida ammiak HCO3 - ionlarini NH4HCO3 va xlor ionlarini NH4Cl moddalar shaklida bog‘laydi: NaCl + NH4HCO3 = NaHCO3 + NH4Cl Karbonizatsiya bo‘limida ammoniylashgan rassol bilan dioksid uglerod absorbsiya qilinadi va natriy gidrokarbonat cho‘ktiriladi. Bu jarayon quyidagi tenglama bo‘yicha o‘tadi: NaCl + NH3 + CO2 + H2O = NaHCO3 + NH4Cl Soda ishlab chiqarishda kalsiy va uglerod ikki oksidlari asosiy xom ashyolardan biri xisoblanadi. Qo‘ng‘irot soda zavodida bu yarim maxsulotlarni olish uchun Jamansay kareri oxaktoshidan foydalaniladi. Jamansay karerida oxaktoshni maydalash jarayonida 10-15% mayda fraksiyali chiqindi ajralib 10 chiqadi. Bu chiqindilarni ham o‘z navbatida soda ishlab chiqarish ajralib chiqadigan chiqindilarga kiritish mumkin. Сa va С oksidlari 12000С temperaturada karbonat xomashyoni kuydirish natijasida olinadi: СaСO3 → СaO + СO2 Kalsiy gidrooksid suv bilan kalsiy oksid stexeometr nisbatida reaksiyaga kirishgan natijasida olinadi: СaO + H2O  Sa(ON)2 qattiq sochiluvchan kukun xosil bo‘ladi (pushonka) Ca(OH)2 suvda yaxshi erimaydi, temperatura oshishi bilan eruvchanligi kamayadi. Suvda yaxshi erimagani uchun distillyasiya bo‘limida Ca(OH)2 ning suspenziyasi qo‘llaniladi [11,12]. Ammoniy xlorid bilan reaksiyaga oldin suvda erigan Ca(OH)2 kirishadi. Ca(OH)2 + 2NH4Cl  CaCl2 + 2NH3 + 2H2O Distillerli suyuqlik ichidan CaCl2 va NaCl ni ajratib olish mumkiin. Bunda olinuvchi osh tuzidan ozuqa mahsuloti sifatida foydalanish yoki uni yana ishlab chiqarishga qaytarish mumkin. Kalsiy xloridini sotish ancha mushkul bo‘lgan muammodir.

1.1.Kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish tarixi


Soda (natriy karbonat) qadimgi davrlardan ma`lum bolgan. Soda dengiz osimliklar kullari va tabiy sodaviy kollardan olingan.
1775 yilda fransuz olimi Leblan sanoatda kuyidagi usul boyicha soda ishlab chiqarishni taklif etgan:
2NaCl + H2SO4  Na2SO4 + 2HCl
Na2SO4 + CuCO3 + 2C  Na2CO3 + CuS + 2CO2
Hosil bolgan qattiq moddadan suv yuvish usuli bilan soda eritmasi olingan. Eritmani bug`latish natijasida kattiq soda ishlab chiqarilgan.
1865 yilda bel`giyali muxandis Sol`ve soda ishlab chiqarishning ammiakli usulini amalga oshirgan:
NaCl + NH3 + CO2 + H2O  NaHCO3 + NH4Cl
2NaHCO3  Na2CO3 + CO2+ H2O
Leblan usuliga nisbatan Sol`ve usuli quydagi ijobiy tomonlaridan iborat:

  1. Maxsulotning sifati yuqori, toza soda hosil buladi.

  2. Ishlab chiqarish jarayoninging uzliksizligi

  3. Mexnat sharoitlari yaxshilanishi va ish kuchi kam sarflanishi

  4. Elektroenergiya va yoqilg`ilarning kamrok sarflanishi

Ozbekiston Respublikasini xalq xojaligi uchun sodaga talab katta bolmoqda. Hozirgi kunda soda xorijiy davlatlardan katta miqdordagi valyuta bilan inport qilinadi. Shuning uchun Qoraqolpog`iston Respublikasi Qong`irot shahrida soda zavodi qurilmoqda. Bu zavod ham soddani Sol`ve usulida ishlab chiqaradi.
Yuqoridagi usullardan tashqari sodani natriy gidrooksididan olish mumkin:
2NaOH+CO2Na2CO3+H2O
Rossiyada soda nefelin tabiiy rudasidan ham olish usuli mavjud. Bu ruda tarkibida asosan nefelin bolib (3Na2OK2O4Al2O39SiO2), undan alyuminiy oksid, potash va tsement mahsulotlari ham ishlab chiqariladi.


Yüklə 198,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin