Valyuta va jahon valyuta tizimi tushunchasi



Yüklə 11,8 Kb.
səhifə1/3
tarix11.10.2023
ölçüsü11,8 Kb.
#154022
  1   2   3
qunduzova(1)

Reja
1.Valyuta va jahon valyuta tizimi tushunchasi……………………………….10-16


2. Valyuta bozorini davlat tomonidan tartibga solish usullari………………….16-17
3. Valyuta kursi va uni belgilovchi omillar………………………………….…17-23

Valyuta va jahon valyuta tizimi tushunchasi.
Xalqaro valyuta munosabatlari pulning xalqaro to’lov jarayoniga xizmat qilishi jarayonida vujudga keladi. U tashqi savdo bilan birga paydo bo’ldi va rivojlanishning uzoq yo’lini bosib o’tdi. Tarix davomida jahon puli va xalqaro hisob-kitob shakllari o’zgardi. Bir vaqtda valyuta munosabatlari ahamiyati o’sdi va ularning nisbatan mustaqil darajasi oshdi. Tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchi harakati mamlakatdan mamlakatga ko’chadigan pul massasalari oqimi yordamida amalga oshadi. Bu harakatni tartibga solish zarurligi xalqaro valyuta tizimi va jahon valyuta tizimlarining shakllanishiga olib keldi. Valyuta - keng ma’noda mamlakat pul birligini (masalan, so’m, dollar, marka, funt-sterling va hokazo) anglatadi. Qisqa ma’noda valyuta atamasi chet tizimi amal qiladi.
Mamlakatlar o’rtasida tovar va xizmatlar oqimi ko’paygani sari pul vositalarini ayirboshlashi ham tobora oshib boradi, o’zaro hisob-kitoblardagi nomutanosiblik muammolari yuzaga keladi. Bularning barchasi jahon valyuta tizimining barpo etilishiga ob’ektiv shart-sharoitlar yaratadi. Uning maqsadi -mamlakatlar o’rtasidagi barcha turdagi bitimlarni amalga oshirishni tartibga solishdan va shuningdek, bu ishlarni tezlashtirishdan iborat. Shunday qilib, jahon valyuta tizimi - bu, xalqaro ayirboshlashning barcha shakllariga xizmat qilishga va ularning samarali rivojlanashini ta’minlashga qaratilgan mamlakatlar o’rtasidagi valyuta munosabatlarining yig’indisidir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi sifatida u quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Xalqaro bitimlarda foydalaniladigan to’lov va kredit vositalarini (oltin, eng rivojlangan mamlakatlarning milliy valyutalari, xalqaro pul birliklari);
2. Valyuta kurslarini o’rnatish va saqlab turish mexanizmini;
3. Valyuta bozorining ishlash tartibini;
4. Xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartib va qoidalarini;
5. Valyuta yordamida tartibga solish va nazorat qilish tizimini;
6. Valyuta munosabatlarini tartibga solib turuvchi va jahon valyuta tizimining barqaror faoliyatini ta’minlovchi xalqaro tashkilotlar tizimi (Xalqaro valyuta fondi, Umumjahon banki, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki).
Hozirgi zamonda xalqaro hisob-kitoblarda va kreditlashda asosan uch xil ko’rinishdagi pul vositalari ishlatiladi:
- oltin, hozirda o’zining asosiy to’lov va hisob-kitob vositasi xususiyatini yo’qotgan bo’lsada, ammo ko’pchilik valyuta zahiralarining sezilarli qismini tashkil etadi va muhim tashqi savdo operatsiyalariga xizmat qilish va kreditlashni kafolatlash uchun ishlatiladi;
- jahonda asosiy o’rin tutuvchi rivojlangan mamlakatlarning miliiy valyutalari (AQSh dollari, EVRO, Ingliz funt-sterlengi, Yaponiya ienasi va boshqalar);
- xalqaro pul birliklari.
Bunday pul birliklariga shu paytga qadar foydalanilgan EKYu, SDR misol bo’la oladi. Ular barcha mamlakatlar tomonidan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatiladi. Xorijda kreditlash va investitsiyalashda, chet ellik ishchi kuchi mehnatiga, shuningdek, mamlakat valyuta zahiralarini yaratishda qo’llaniladi.
Xalqaro valyuta yoki xalqaro to’lov-hisob va kreditlash vositalariga javob berishi kerak bo’lgan talab ularning konvertirlashuvi hisoblanadi. Valyuta konvertirlashuvi deganda uni boshqa xorijiy valyutalarga almashish qobiliyati tushiniladi. Hozirgi paytda ular erkin konvertirlanadigan, qisman konvertirlanadigan va konvertirlanmaydigan valyutalarga ajratiladi.
Erkin konvertirlanadigan valyuta - bu, amaldagi kurs bo’yicha har qanday boshqa xorijiy valyuta erkin va cheklanmagan miqdorda ayirboshlanadigan valyutadir. Bunga misol qilib AQSh, Evropa hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar, Yaponiyalar valyutalarini kiritish mumkin.
Qisman konvertirlanadigan valyuta - bu, faqat ba’zi xorijiy valyutalarga almashtiriladigan va xalqaro to’lov oborotini qisman qamrab oladigan milliy valyutadir.
Konvertirlanmaydigan valyuta - bu, faqatgina ichki to’lovlarga xizmat qiladigan va xorijiy valyutaga ayirboshlanmaydigan milliy valyutadir. Konvertirlashni ichki va tashqi konvertirlashga ham ajratish mumkin. Ichki konvertirlash rezidentlarining mamlakat ichkarisida xorijiy valyutani sotib olishi, uni saqlab turishi va u bilan ayrim operatsiyalarni olib borishini imkoniyatini aks ettiradi. Tashqi konvertirlashda xorijda to’lovlarni amalga oshirishga va moliyaviy aktivlarni ushlab turishga ruxsat etiladi. Valyutalarni konvertirlash ko’pgina mamlakatlar olib borayotgan iqtisodiy siyosatlarning muhim maqsadi hisoblanadi.
Valyuta - jahon bozorida, davlatlar o’rtasida pul vazifalarini bajaruvchi davlatlarning milliy pul birliklaridir. Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlari "dollari", Buyuk Britaniya "funt sterlingi", Kanada "dollari", Yapon "ienasi" va boshqa shu kabilar.
Muayyan bir davlatning milliy puli - uning milliy valyutasi bo’ladi. Shu davlat uchun boshqa davlatlarning milliy pul birliklari esa - xorijiy valyutalardir. Masalan, AQSh "dollari", Buyuk Britaniya "funt sterlingi", Kanada "dollari", Fransiya "yevro", Yapon "ienasi", Turkiya "lira"si va shu kabi erkin muomalada yuradigan valyutalar O’zbekiston Respublikasida xorijiy valyuta bo’ladi, o’z navbatida O’zbekiston "so’m"i bu davlatlar uchun xorijiy valyuta bo’lib hisoblanadi.


Yüklə 11,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin