Xalqaro xotin qizlar



Yüklə 22,5 Kb.
tarix29.04.2023
ölçüsü22,5 Kb.
#104660
8-mart Xalqaro


Namangan Davlat universiteti
Boshlang'ich ta'lim 4-kurs talabasi
Madina Turdiyeva
8-mart "Xalqaro xotin qizlar" bayramiga eng munosib bo'lgan inson bu ONALARimizdir.
Yurtimizda yosharish, yangilanish fasli bo'lmish bahor kirib kelmoqda. Bahor faslining ilk kunlarida esa butun mamlakatimizning barcha ayol va qizlari har yili intiqlik bilan kutadigan 8-mart"Xalqaro xotin-qizlar" bayram (women's day) ni olib keladi. Bu kunda aziz onajonlarimiz, qadrli ustozlarimiz, opajon va singiljonlarimizni chin dildan qutlaymiz, sovg'alar ulashamiz. Bejizga "Sen baribir muqaddassan muqaddas ayol" deya aytilmaydi. Hech kimga sir emaski," ayol" deya atalsa yoki shu so'zni nogahon eshitib qolsak, dastlab barchamizni tasavvurimizda mehribon, qalbi daryo onajonlarimiz gavdalanandi. Shu bois ham bu kunda qutlashga eng munosib inson bu onadir
"Ona" qanday oson va juda oddiy so'z, biroq bu onaning zimmasidagi yuk shu qadar og'irki, shuncha og'ir yuk bilan ham ona o'z oilasi, turmush o'rtog'i va eng muhimi farzandi uchun qaddini tik tutadi,o'zi mehrga zor, yordamga muhtoj bo'lsada, o'zidagi butun mehru-shavqini, qalbini, borini farzandiga beradi. O'zining eski oyoq kavushida patak bo'lmasada, suv sizib oyoqlari zaklab ketsada, farzandi uchun har yili yangi, issiq, patakli kavush olib beradi. Qorni nonga, suvga zor, biroq farzandi och qolmasligi uchun farzandini buvisinikiga yuboradi,lekin o'zi bormaydi, u sabrli ,u "ona", u o'zbek onasidir. Bizning chaqaloqligimizdan asrab, avaylab kelgan, yemay yedirib, ichirgan, qarindoshlar-u dugonalari bilan to'y hashamlarda ulardek zeb-ziynat, qimmatbaho kiyimlar bilan o'zini bezamaydi, lekin farzandiga har faslga yangi kiyim olib beradi,chunki u bor umidi, baxtini bizdek farzandlari kamolidan kutadi,hatto farzandi sabab kulishni unutgan onlarda ham , kasal holda bo'lsakda, qo'limizdan biron ish kelmasada, shunchaki bu yorug' dunyoda mavjudligimiz uchungina sevadigan bu bizning ONAlarimizdir.
O'ylab ko'rsak, shuncha qilgan beminnat ishlari, fidokorligi uchun bir marotaba bo'lsada " Onajon men sizni yaxshi ko'raman, Allohim sizdek insonni menga ona qilib berganidan juda ham minnatdorman" deya aytmaganmiz. Biron narsadan asabiylashib qolsak, zardali gaplarimiz bilan alamimizni onamizdan olamiz. Biroq u ona, har qanday holatda ham farzandlarini, oilasini sevishdan, duo qilib "ortimda qolinglar" deyishdan to'xtamaydi.
Ona shunday bir insonki, uni dunyoning minglab so'zlari bilan ham ta'riflab bo'lmaydi. Chindan ham jannat onalar oyog'i ostidadir. Biz farzandlar jannat istasak, avvalo mo'tabar onalarimiz oyoqlarini tavof qilmog'imiz darkor.
Farzandidan ona uchun bir dasta gul, mehrli quchoq va "sizni yaxshi ko'raman onajon" so'zi eng katta sovg'adir. Ona bor ekan dunyo turadi, ona bor ekan zamin yashnaydi. Shunday ekan, hech bir ona farzandlari mehri va diydoriga zor bo'lmasin.
Qadrli onajonlar, opa va singiljonlar barchangizni ushbu kun bilan muborakbod etaman. Hamisha bahor faslidek sevimli bo'ling.
Yuqorida keltirib òtgan so'zlarim,O' . Hoshimovning "Gilam paypoq"dagi onasi haqidagi oltinga teng so'zlar emas ,balki o'zimning mehribon onamning boshdan kechirganlaridir.
Yüklə 22,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin