O‘ZBEKISTONDA TRANSPORT-LOGISTIKA KLASTERI BO‘YICHA
XORIJ TAJRIBALARIDAN FOYDALANISH MASALALAR
Xalilova Maftuna Raxmonovna
TDIU, 2-bosqich magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada Mamlakatimizda transport-logistika
klasterlarini rivojlantirish uchun potentsialdan foydalanish samaradorligini
oshirish zarurati iqtisodiyotning raqobatdoshligi va diversifikatsiyasini
oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu jarayonda
yetakchi rolni yuklarni muqobil transport turlariga ko‘chirish uchun chegara
temir yo‘l stansiyalarida xalqaro transport koridorlari kesishmasida yaratilishi
kerak bo‘lgan transport-logistika klasterlari o‘ynaydi.
Kalit so’zlar: Transport logistikasi, klister, transport tizimi, xalqaro
lokistika, logistika markazlari.
Asosiy
qism:
O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021-yillarda
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar
Strategiyasining iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning
ustuvor
yo‘nalishariga
bag‘ishlangan
bandida
”Tarkibiy
o‘zgartirishlarni
chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizasiya va
difersifikasiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish,
erkin
iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalarni tashkil etish,
amaldagi zonalarning samaradorligini oshirish, klasterlar faoliyatini tashkil
etish, xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni
shakllantirishda
xizmatlar
roli va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan
xizmatlarning tuzilmasini eng avvalo xizmatlarning zamonaviy yuqori
texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish, logistika va yo‘l-transport
infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy sohaga, boshqarish
tizimiga raqamlashtirish usullarini joriy etish, qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarni
saqlash, transportirovka qilish va sotish, moliyaviy va boshqa zamonaviy
bozor xizmatlarni ko‘rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish” kabi
vazifalar keltirilgan. Shulardan kelib chiqqan holda,
bugun mamlakatimizni
modernizasiya qilish va yangilash, yangi O‘zbekistonni yaratish,
iqtisodiyotimizning sifat jihatdan yangi, zamonaviy
tarkibiy tuzilmasini
shakllantirish, hududlarimizni kompleks rivojlantirish bo‘yicha barcha
rejalarimizning
muvaffaqiyatli
amalga
oshirilishi
yo‘l-transport
va
kommunikasiya infratuzilma tarmoqlarini yuksak sur’atlar bilan rivojlantirishga
uzviy bog‘liqdir.[1]
Kirish.
Transport-logistika klasteri mintaqaviy klasterlarning alohida turi
bo
‘lib, ularning infratuzilmaviy kelib chiqishiga ko‘ra boshqa mintaqaviy
darajadagi iqtisodiy klasterlar va tarmoqlarni shakllantirish va rivojlantirish
uchun
asos bo
‘lib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun vaqtincha
birlashayotgan xo
‘jalik yurituvchi sub’ektlar guruhlari tomonidan iqtisodiy
faoliyatni rejalashtirish kabi tushunchani anglatadi.
“2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot
strategiyasi
” ham logistika xizmatlari bozorini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor
vazifalari belgilangan. Mazkur vazifalarni samarali ijrosini ta
’minlash logistik
zanjirlarida boshqaruvning takomillashtirishni taqozo etadi. Ko
‘zda tutilgan
vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi logistik zanjirlarida boshqaruv
jarayonlarini modernzatsiyalash orqali korxonalarining raqobatbardoshligini
hamdsa logistic zanjirlarida harajatlar optimallashuvini ta
’minlashgaqaratilgan
boshqaruv mexanizmlari va modellarini takomillashtirish yo
‘nalishdagi chora-
tadbirlarni ishlab chiqishni amalga oshirishni taqozo etadi.[2]