Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi ahamiyati va faoliyati tahlili



Yüklə 39,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü39,21 Kb.
#192960
  1   2   3   4
356-Article Text-471-1-10-20230605



113 
XORIJIY INVESTITSIYALAR ISHTIROKIDAGI KORXONALARNING MILLIY 
IQTISODIYOT RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI VA FAOLIYATI TAHLILI 
 
Hayitova Anora Zafarovna -
Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti,
Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti magistri
 
 
Bugungi jadal rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoiti har bir mamlakatda 
xo`jalik yuritishning turli mulkchilik shakllariga asoslanib faoliyat yuritishni taqazo etmoqda. 
Shuningdek, xo`jalik yuritishning aralash mulk shakliga xos bo`lgan xorijiy investitsiyali 
korxonalar ham keng faoliyat ko`rsatmoqda. Xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatining 
jadal rivojlanayotganligi iqtisodiyotimizning barcha soha va tarmoqlarida erishilayotgan 
ijobiy o`zgarishlarga sabab bo`lmoqda va milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida chet el 
kapitali ishtirokidagi korxonalar o`zining salmoqli hissasini qo`shib kelmoqda. 
O`zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-
dekabrdagi “Investitsiyalar va investitsiya 
faoliyati to`g`risida”
gi Qonunida xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarga quyidagicha 
ta’rif berilgan: “O`zbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi 
korxonalar deganda aktsiyalarining (ulushlari, paylarining) yoki ustav fondining (ustav 
kapitali) kamida o`n besh foizini chet el investitsiyalari tashkil etadigan korxonalar 
tushiniladi.” [1]
Xorijiy invеstitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning manfaatdor tomonlari o`zlariga 
qarashli bo`lgan rеsurslardan birgalikda foydalanish hamkorlikda korxo
nalar tashkil 
etmoqdalar. O`zbеkistonlik va xorijiy yuridik shaxslar hamda chеt el fuqarolari bunday 
k
orxonalarning ta’sischilari bo`lishi mumkin. Xorijiy invеstitsiyali korxonalarni tashkil etish 
sabablari turli-
tuman bo`lib, ularni ichki, tashqi va stratеgik sabablarga bo`lish mumkin.
[2, 
103-b.] 

Yüklə 39,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin