Xulosa. Foydalanilgan adbiyotlar. Sanoat korxonalarida raqobat tushunchasi



Yüklə 53,34 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü53,34 Kb.
#201555
  1   2   3   4
5. Sаnоаt kоrхоnаlаrining innоvаtsiоn fаоliyati sаmаrаdоrligini оshirish


Sаnоаt kоrхоnаlаrining innоvаtsiоn fаоliyati sаmаrаdоrligini оshirish


Reja:

1. Sanoat korxonalarida raqobat tushunchasi .


2. Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish.
3. Mamlakatimizda raqobatdoshlikni oshirish istiqbollari .
Xulosa .
Foydalanilgan adbiyotlar .


1. Sanoat korxonalarida raqobat tushunchasi
Raqobat - bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Raqobat kurashi va uni harakatlantiruvchi kuchlar, monopoliyaga qarshi boshqaruv mexanizmlari haqida dastlabki to‘laqonli nazariy qoidalar faqat XVIII asrning o‘rtalariga kelib paydo bo‘lgan. Bunda klassik siyosiy iqtisod vakillari sanalgan A.Smit va D.Rikardoning xizmatlari kattadir. Keyingi davrlarda F.Perru, A.Marshall, Dj.Keyns, V.Leontev, Y.Shumpeter, P.Sraffa, M.Porter, F.Kotler va boshqalarning mehnatlari tufayli raqobat nazariyasi yanada rivoj topdi. Raqobat mohiyatiga to‘xtalar ekanmiz, uni asosan uch xil yondashuvga bo‘lish mumkin. Jumladan, xulq-atvor yondashuvi, strukturali yondashuv va funksional yondashuv. Raqobatning xulq-atvor yondashuviga A.Smitning qarashlarini kiritish mumkin. U raqobatni bozor sub’ektlari o‘rtasida tovarlar xarid qilish va sotish borasida qulayroq sharoitlar uchun olib boriladigan, to‘g‘ri, halol, til biriktirishlarsiz kurash, musobaqa bilan bog‘lagan. U raqobat kurashining asosiy usuli deb narx o‘zgarishlarini bilgan. Bunda u jamoa irodasi (ixtiyori) bilan boshqarilmaydigan, umumiy mo‘ljallarga ega bo‘lmagan bozorda qat’iy xulq-atvor qoidalariga amal qilishini qayd etgan.
Demak, raqobat - bozor qatnashchilari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi aynan o‘sha “ko‘rinmas qo‘l”dir. F.Perru raqobatni doimiy tahdidli harakat sifatida tushuntiradi. Inson o‘z manfaatini ko‘zlab qimmatroq sotib, arzon xarid qilishga intiladi. Shuning uchun raqobat bilan doimiy to‘qnashishga to‘g‘ri keladi. Strukturali yondashuvda asosiy e’tibor raqobatchilarning o‘zaro kurashidan bozor strukturasi, unda hukmronlik qiluvchi shart-sharoitlar tahliliga ko‘chib o‘tadi. Masalan, K.R.Makkonnell va S.L.Bryuning asarlarida aytib o‘tilishicha, raqobat bozorda ko‘p sonli mustaqil xaridor va sotuvchilar mavjudligi, xaridor va sotuvchilar uchun bozorga erkin kirish va undan chiqish imkoniyatidir. Bugungi kunda raqobat tushunchasining ko‘plab ta’riflari mavjud jumladan: 1) uning iqtisodiy manfaatlar to‘qnashuvidan iborat ekanligi; 2) yuqori foyda va naflikka ega bo‘lish uchun kurash ilgari suriladi, ya’ni: raqobat - bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sarflangan xarajatlarining har bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni qulay bozorlar uchun, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun ular orasida kurash boradi[1]. Raqobat mohiyatini aniqlashga uchinchi yondashuvni funksional yondashuv sifatida tavsiflash mumkin. U raqobatning iqtisodiyotda o‘ynaydigan rolini ko‘rib chiqadi.
Xususan, Y.Shumpeter iqtisodiy rivojlanish nazariyasi doirasida raqobatni eskilikning yangilik bilan raqiblik kurashi sifatida ta’riflagan. Yangiliklar kiritish bozor tomonidan shubha bilan qabul qilinadi, biroq agar novator ularni amalga oshirishning 10 uddasidan chiqsa, raqobat mexanizmi eskirgan texnologiyalardan foydalanuvchi korxonalarni bozordan siqib chiqaradi. Bugungi kunda raqobat tushunchasining ko‘plab ta’riflari mavjud. 1) uning iqtisodiy manfaatlar to‘qnashuvidan iborat ekanligi; 2) yuqori foyda va naflikka ega bo‘lish uchun kurash ilgari suriladi, ya’ni: raqobat - bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sarflangan xarajatlarining har bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni qulay bozorlar uchun, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun ular orasida kurash boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonning “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” deb nomlangan ilovasida 3.2-bandi “Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish” deb nomlanib, unda “iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulotlar va xizmatlar ko‘rsatish bozorlarida monopoliyani bosqichma bosqich kamaytirish; prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiyalar turlarini chiqarishni o‘zlashtirish, bunga asosan ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash” vazifalari belgilab berilgan. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning asosida albatta tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish masalasi turadi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, islohotlarni chuqurlashtirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarni yaratish, amalda faoliyat yuritayotgan texnika va texnologiyalarni yangilash, ularni qo‘llab-quvvatlash investitsion jarayonlarni nechog‘li to‘g‘ri va samarali amalga oshirishga bog‘liqdir. Shu boisdan ham, O‘zbekiston Respublikasi davlat rahbari tomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda
Xususan, 2015-yil yakuni bo‘yicha mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot hajmining real o‘sishi 2014-yilga nisbatan 8 foizni, 2016-yil yakuni 2015-yilga nisbatan 7,8 foizni, 2017-yil 5,3 va 2018-yilda esa 2017-yilga nisbatan 5,1 foizni tashkil etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy narxlarda 407514,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2017-yil bilan taqqoslaganda 5,1 foizga o‘sdi. YaIM deflyatori indeksi 2017-yildagi narxlarga nisbatan 128,1 foizni tashkil etdi.

Yüklə 53,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin