Eurasian journal of social sciences, philosophy and culture tarixiy filmlarda syujet rivoji va kompozisiya



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix07.04.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#94481
növüKompozisiya
  1   2   3   4   5   6   7   8
EJSSPC0223



 
Innovative Academy Research Support Center 
UIF =
 8.2 | SJIF = 6.051 
www.in-academy.uz
 
Volume 3 Issue 2, February 2023 ISSN 2181-2888 
Page 126 
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, 
PHILOSOPHY AND CULTURE
 TARIXIY FILMLARDA SYUJET RIVOJI VA KOMPOZISIYA 
Iqbol Mamasodiqovich Meliqo‘ziev 
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
“Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” 
kafedrasi mudiri,s.f.d.(PhD), professori v.b. 
э-mail: iqbol.1981.nozxon@gmail.com 
https://www.doi.org/10.37547/ejsspc-v03-i02-p1-23
ARTICLE INFO 
 
ABSTRACT
 
Received: 28
th 
January 2023 
Accepted: 08
th
February 2023 
Online: 09
th
February 2023
 
 
Mazkur maqolada kompozitsiya kadrning obrazliligi, 
uning badiiy hamda hujjatli film operatorining asosiy 
vazifasi bo‘lib, bu vazifani bajarishda operator 
materialni hayot oqimidan oladi, uni talqin etadi, lekin 
ushbu materialga o‘z talqinini majburan yuklab 
qo‘ymaydi.Obrazli kadrni tashkil etuvchi komponentlarni 
qidirib topish va tartibga keltirishning murakkabligi 
shundan iboratki, ob’ektni ifodalovchi alomatlarning 
soni va sifati chegarasiz. Operatorining asl mahorati 
faktlar, hodisalar va vaziyatlarning xaosi orasidan 
tomoshabinga suratga olingan ob’ekt haqida eng 
haqqoniy va eng ifodali tarzda hikoya qilib bera 
oladiganlarini tanlab olishdan iboratdir hamda 
operatorlik san’ati usullari to‘g‘risida fikr yuritiladi. 
KEY WORDS 
Operator, san’at,tarix,o‘bektiv, 
fotokamera, rang, yorug‘lik, 
kompozitsiya, simmetriya, kino, 
kinooperatorlik 
maktabi, 
ijodkor, 
badiiylik, 
tasviriy 
yechim. 
KIRISH
Barcha san’at namunalari zamirida o‘ziga xos mavzu va g‘oyalar ilgari suriladi. Xoh teatr, 
xoh kino yoki tasviriy san’at asari bo‘lishidan qat’iy nazar, ular orqali ijodkorlar o‘y - fikrlari 
va maqsad - vazifalari jamiyatdagi insonlarga o‘rnak bo‘lmog‘i lozim. Ma’lumki, kino san’ati bir 
nechta san’atlar uyg‘unligida vujudga keladi. Bu borada esa tasviriy san’at yetakchi o‘rinda. 
Chunki biz filmni tasvirsiz tasavvur eta olmaymiz. Filmning asosi hisoblanmish ssenariy ham 
tasviriy lavhalar orqali o‘z mazmuniy ifodasini topadi.
Zamonning jadal rivojlanishi kino san’atini shaklan ahamiyatini, ta’sirchanligini yanada 
oshirdi. Kino, fotografiya, grafika, rassomchilikka yaqin bo‘lsa-da, faqat o‘zigagina xos bo‘lgan 
xususiyatlari mavjud. Kino san’atida vujudga kelgan voqealar, harakat, tasvir, makon va davr 
ichida kechadi. Xuddi mana shu tasviriy o‘ziga xoslik bilan kino san’ati boshqa san’atlardan 
ajralib turadi. Mazkur san’at nafaqat millatimiz ma’naviyati, madaniyatini shakllantirishga
balki uni jahonga tanitishda ham o‘zining hissasiga ega. Shu sababli ham kino ommaviy 
san’atidir.
Ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni boy tariximiz, tarixiy shaxslarimiz 
bilan tanishtirishda ham kino san’atining o‘rni beqiyos. Vatanimizdagi tarixiy voqealarni eng 
birinchi bo‘lib kinotasmalarga muhrlagan birinchi o‘zbek kinooperatori bu Xudoybergan 
Devonov edi (1878-1940). U 1907-08 yillar Moskva, Peterburgdan teleskop, grammofon, foto 
va kino uskunalar olib kelib fotolaboratoriya tashkil etgan. Bu laboratoriya Xorazmda 



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin