1. Yaponiya makroiqtisodiy rivojlanish modelining bosqichlari, omillari va xususiyatlari
2. Yaponiya iqtisodiyotining tarkibi va rivojlanish dinamikasi
3. Yaponiya iqtisodiyotiga jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziiing ta’siri va undan chiqish yo’llari
4. O’zbekiston va YAponiya iqtisodiy hamkorligi
YAponiya makroiqtisodiy rivojlanish modelining bosqichlari, omillari va xususiyatlari
YAponiya makroiqtisodiy rivojlanish modelining bosqichlari, omillari va xususiyatlari
YAponiya zamonaviy jahon xo’jaligida alohida o’ringa ega mamlakat bo’lib, Meydzi (1868) inqilobidan keyin yuz yil ichida feodal davlatdan rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatiga aylandi. Bu davrda YAponiya iqtisodiy jihatdan o’zini tiklabgina qolmasdan sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o’rin oldi.
YAponiyaning bu davrdagi iqtisodiy rivojlanishini olti bosqichga: bo’lib o’rganish mumkin.
Uchinchi bosqich 1958-1973 yillarni o’z ichiga oladi va barqaror yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlari tufayli yapon iqtisodiy mo’’jizasi nomiga ega bo’ldi. O’n besh yil ichida mamlakat yalpi milliy maxsuloti 6,5 martaga, sanoat ishlab chiqarish hajmi esa 10 martaga oshdi. Ushbu davrda yapon iqtisodiyotining o’sish sur’atlari yiliga o’rtacha 11% ni tashkil etgani holda rivojlangan mamlakatlar ichida eng yuqori ko’rsatkichni tashkil etdi.
Ikkinchi bosqich 1945 yildan 1958 yilgacha davom etdi. Ushbu bosqich 7 yillik Amerika xukmronligi hamda qator institutsional va iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi bilan ajralib turadi. Ular tarkibida 1946—1950 yillardagi agrar hamda, Dzaybatsularni tarqatib yuborish bilan bog’liq islohotlarni va amerikalik iqtisodchilar Dodj va SHoular tomonidan inflyatsiyaga qarshi kurashga qaratilgan, "falajli davolash" nomini olgan islohotlar alohida ahamiyatga ega. Bu davr YAponiya iqtisodiyotining urushdan keyingi qayta tiklanish davri xisoblanadi.