YER HAQIDA UMUMIY MA'LUMOTLAR. YERNING RIVOJLANISH TARIXI.
REJA Quyosh sistemasining tuzilishi.
Er sharining tuzilishi va uning o’lchamlaru.
Erning ichki tuzilishi va kimyoviy tarkibi.
Er qobig’ining issiqlik rejimi.
Tayanch iboralar: Sayyora, kometa, yulduz, meridian, yoy, ekvator, radius, diametr, jomolungma, geoid, massa, yuza, seysmologik, graviymetrik, astronomic, qobiq, giosfera, litosfera, yadro, atmosfera, noosfera, tronosfera, stratosfera, gidrosfera, ionosfera, magmatik, cho’kindi, granit, radioaktiv, kalloriya, geotermik pog’ona, bosim, barisfera, zichlik.
Quyosh sistemasiga Quyosh va to’qqizta sayyora: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton va va o’n minglab mayda sayyora, kometa va meteoritlar kiradi. Quyosh sistemasi murakkab va turli qiyofada bo’lib, ular xali yaxshi o’rganilmagan.
Yerning shakli. Yer yuzasi meridian yoyining uzunligi ekvatorda qutb doi-rasiga nisbatan qiskarokdir. Meridian yoyining bir gradus uzunligi ekvatorda 110,9 km, Parijda 111,3 km, qutb doirasida 111,9 km. Yer qutblarida bir oz qisilgan bo’lib, qutb o’qlari uzunligi 12714km, ekvator bo’yicha diametr 12756 km, radiusi 6371,221 km teng. Demak, yerning siqiqligi 12 km ni tashkil etadi. Keyingi vaqtlarda olib boradigan aniq o’lchash ishlari yerning elliksoyid shakliga yaqin ekanligini ko’rsatadi. Agar ekvatorial va qutbiy o’qlarning uzunligidagi farqning kichik ekanligini xisobga olsak, bunday ellliksoyibni sferoip deb atash mumkin. Lekin yer yuzasi bizga ma'lum bo’lgan biror geometrik shakliga tug’ri kelmaydi. Ximoloy tog’idagi Jomolungma cho’qqisining balandligi okean yuzasida 8848 m, Tinch okeaning eng chukur joyi 11521 m ekanligini va yer yuzasi relyefi o’zgarishining qariyb 20 km dan oshiqligini xisobga olsak, u o’ziga xos geoid shakliga ega ekanligini ko’ramiz. Yer yuzasi 510 mln.km2,xajmi 1,083 * 1012 km3, massasi 5,974 * 1027 gr, o’rtacha zichligi 5,52gG`sm3 ga tengdir. Yer ichki qismining tuzilishini va tarkibini tuzatish yuli bilan aniqlab bo’lmaydi, shuning uchun xam u bil vosita geofizik, seysmologik, graviymetrik va astronomik usullar yordamida aniqlanadi. Yer yuzasida tez-tez uchrab turadigan moddalarning o’rtacha zichligi 2,7 gG`sm3, bu esa yerning o’rtacha zichligidan kamroqdir.