Yer yuzasi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari



Yüklə 20,93 Kb.
səhifə1/4
tarix02.01.2022
ölçüsü20,93 Kb.
#44280
  1   2   3   4
Документ (10)

Yer yuzasi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari 


 7 992   23-05-2020, 20:57   O`zbekiston tabiiy geografiyasi   

  • 40

  • 1

  • 2

  • 3

  • 4

  • 5



YER YUZASINING ASOSIY XUSUSIYATLARI

Yer yuzasining tuzilishi jihatidan O‘zbekiston hududi ikki qismga bo‘linadi, katta (78,7 foiz) qismi tekislikdan, qolgan (21,3 foiz) qismi tog‘lardan va tog‘ oralig‘idagi botiqlardan iboratdir. Respublikamiz yer yuzasi g‘arb va shimoli g‘arbdan sharq va janubi sharq tomon ko‘tarilib boradi.



Tekisliklari.  O‘zbekistonning tekislik qismi Turon tekisligining bir qismi bo‘lib, uning g‘arbi va shimoli g‘arbini egallagan. Tekislikning shimoli-g‘arbiy chekkasida Ustyurt platosi joylashgan. U atrofidagi tekisliklardan va Orol dengizi yuzasidan tik ko‘tarilib turadigan yonbag‘irlar bilan o‘rab olingan, ular chinklar deb yuritiladi. Platoning O‘zbekiston joylashgan qismining okean sathidan balandligi 120-180 m atrofida bo‘lib, uning eng yuqori nuqtasi Qorabovur qirida (292 m). Ustyurtning yer yuzasi butunlay tekis bo‘lmasdan bir qancha botiqlar (Borsakelmas, Asaka-Оvdonva boshqalar) uchraydi, platoning janubi-sharqiy qismida esa Sariqamish botig‘i joylashgan.

Amudaryoning quyi oqimida juda katta delta hosil bo‘lgan. Uning yuzasi daryoning qadimgi (Ko‘hnadaryo, Daryoliq) va hozirgi o‘zanlari bilan kesilgan. Uning o‘rta qismida tub tog‘ jinslaridan tuzilgan kichik-kichik balandliklar ko‘zga tashlanadi.

Amudaryo deltasidan sharqda Qizilqum cho‘li boshlanadi. Yer yuzasining tuzilishi juda xilma-xil. Bu yerda past tog‘lar — Bo‘kantov, Tomditov, Ovminzatov, Quljuqtov, Yetimtov, uning g‘arbiy qismida esa Sulton Uvays tog‘i qumli va gilli tekisliklar orasida qad ko‘tarib turibdi. Qizilqumning katta qismini qumli tekisliklar egallagan. Past tog‘lar orasida esa botiqlar (Mingbuloq, Oyoqog‘itma, Qoraxotinva boshqalar) joylashgan. Ulardan Mingbuloq botig‘ining tubi okean sathidan 12 m pastda joylashgan. Qizilqum hududida Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolarining qadimgi o‘zanlari ham uchraydi.

Qizilqum cho‘lidan sharq va janubi sharqda Mirzacho‘l, Qarnob, Qarshi, Malik gilli cho‘llari joylashgan.






Yüklə 20,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin