2023-2025 yillar uchun yangi jamoa shartnomasini tuzish yuzasidan
muzokaralarni tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi qabul qilinganganligi, mehnat qonunchiligiga ko‘pgina o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 60-moddasiga binoan 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasini tuzish yuzasidan muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash maqsadida
1.O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 66-moddasiga binoan muzokaralar olib borish va jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash uchun komissiya tarkibiga quyidagilar ish beruvchi vakillari etib kiritilsin:
I.Togaev - maktab direktori
B.Kurbonov - direktor o‘rinbosari
O.Berdiev - UTIBDU -
SH.Pirriev - xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudir
Komissiya a’zolariga :
- jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya ishini har haftaning seshanba va juma kunlari mashg‘ulotlar tugagach, tashkilot zalida o‘tkazish;
- jamoa shartnomasiga kiritish uchun takliflar yig‘ish;
- muassasaning moliyaviy imkoniyatlarini inobatga olish va faoliyatni keng tahlil qilish;
- jamoa shartnomasida XMTning O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Konvensiyalari, Bosh kelishuvi, tarmoq kelishuvi me’yorlari aks ettirilishini ta’minlash;
- jamoa shartnomasi loyihasi tayyor bo‘lgach, 2023 yilning mart oyida ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qorako‘l tuman kengashiga ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etish;
- ekspertiza xulosasiga ko‘ra umumiy yig‘ilish muhokamasiga kiritish hamda belgilangan tartibga muvofiq umumiy yig‘ilish hujjatlarini rasmiylashtirish;
- jamoa shartnomasi imzolangach muntazam ravishda ijrosini nazorat qilish va yil yakunida muhokama qilish vazifalari topshirilsin.
3. Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi 2023 yil aprel oyining birinchi o‘n kunligida tashkilotning zalida o‘tkazilsin.
4. Komissiya a’zolarining muzokaralarni olib borish vaqtida o‘rtacha ish haqi va jamoa shartnomasi bilan belgilab qo‘yilgan imtiyozlar saqlanib qolinsin.
5. Ushbu buyruq ijrosini ta’minlash va nazoratga olishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Dostları ilə paylaş: |