Yong‘in xavfsizligi qoidalari



Yüklə 17,81 Kb.
tarix16.12.2023
ölçüsü17,81 Kb.
#181409
Shahar maqola


« Aziz Yurtdoshlar “Yong‘in xavfsizligi qoidalari”ga rioya qiling »

Yongin xavfsizligi xizmat xodimlari tomonidan joylarda, aholi o‘rtasida yong’in xavfsizligi qonun-qoidalarini tushuntirish va ularga rioya qilish bo‘yicha uchrashuvlar tashkillashtirilayapti. Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari orqali ham targ’ibot va tashviqoti shlari olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan tadbirlardan ko‘zlangan maqsad aholi o‘rtasida yong’inga qarshi kurashni kuchaytirish. Yong’inlarni oldini olishga aholini jalb qilishdan iborat. Tilsiz yov bilan kurashish faqatgina yong’in xavfsizligi xizmati xodimlarining ishi emas. Bu har bir fuqaroning burchidir. «O‘z uyingni o‘zing asra» degan shior har bir fuqaro, har bir oila, korxona, muassasa uchun taalluqlidir. Aholining quyidagi yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi:


- Ochiq alangadan foydalanilayotganda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish;
-elektr va gaz asboblarini doimo soz xolda tutish va nosoz xolda, qo‘lbola tayyorlangan elektr va gaz asboblaridan foydalanmaslik;
-belgilangan joylarda chekish.
Yuqoridagi qoidalarga rioya qilinsa biz uylarimizni, har bir fuqaro yillab yiqqan mol-mulkini, uy-joyini, qolaversa o‘zini va yaqinlarining hayotini asrab qolgan bo‘ladi. Xech kimga sir emaski, kunlar sovushi har bir insonni xonadonlarni isitishga undaydi. Ko‘plab fuqarolarimiz shu niyatda qo‘lbola yasalgan gaz va elektr uskunalaridan foydalanib, balki o‘z hayotlaridan xam ajralib qolmoqdalar. Agarda biz oddiy yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilsak, uyimizda yonayotgan olov bizga faqat do‘st sifatida xizmat qiladi.
Aziz Yurtdoshlar Yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling va o’zingiz va yaqinlaringizning hayotiga befarq bo’lmang.
Favqulodda vaziyatlar varzirligi Boshlangich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi o’quv bolimi katta ofetseri leytenant Ikmatillayev Kamoliddin
Yüklə 17,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin