Yosh grammatikachilar maktabining kamchilik va yutuqlari
Reja:
1.Tilshunoslikning grammatik davri
2.“Yosh grammatikachilar” oqimining o`ziga xos belgilari.
3.«Yosh grammatikachilar» ta`limotining hozirgi davr tilshunosligi uchun ahamiyati.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Tilning individual-psixologik faoliyati, til faoliyatining fiziologik tomoni, «lingvistik atomizm» haqida, uzual va okkazional ma`no, tildagi fonetik o`zgarish va fonetik qonuniyat.
XIX asrning oxirgi choragida tilshunoslikda yosh grammatikachilarning qarashlari etakchi o`rin egalladi. Bu oqimning vujudga kelishi qiyosiy-tarixiy tilshunoslik shakllangandan yarim asr o`tgach amalga oshdi. Bu davrga kelib tillarni qiyosiy-tarixiy jixatdan o`rganish butun dunyo bo`ylab tarqaldi. Agar komparativistika taraqqiyoti birinchi davrida nemis va Daniya olimlari etakchilik qilgan bo`lsalar, keyingi davrda Evropa va Amerikaning ko`pgina mamlakatlarida lingvistik markazlar, ilmiy maktablar yuzaga keldi.
Masalan, 1866 yilda Franciyada “Parij lingvistik jamiyati”ga asos solindi. Amerikada taniqli olim V.D.Uitni (1827-1894) samarali faoliyat ko`rsatdi. F de Sossyur fikricha, V.D.Uitni tilshunoslikdagi naturalizmga, G.Shteyntalning “xalqlar psixologiyasi” nazariyasiga qarshi chiqib, yosh grammatikachilar harakatini boshlab berdi. Bu davrda Boduen de Kurtene, A.A.Potebnya, F.F.Fortunatovlar Rossiyada, substrat nazariyasining asoschisi G.I.Askoli Italiyada, yosh grammatikachilikning keskin tanqidchisi G.Shuxard Avstriyada, R.Rask va Ya.Grimmning german tillarida undoshlarning qonuniga aniqliklar kiritgan K.Verner Daniyada sezilarli ishlar qildilar.
Yosh grammatikachilar oqimiga, asosan Leypcig universitetining tilshunos olimlari mansub edilar. Slavyan va boltiq tillarining tadqiqotchisi Avgust Leskin (1840-1916)ning faoliyati yosh grammatikachilar orasida alohida o`rin tutadi. Uning “Slavyan-litva va german tillarida turlanish” (1876) nomli asarida yosh grammatikachilikning nazariy asoslari o`z ifodasini torgan. Karl Brugman, German Ostgof, German Paul`, Bertol`d Delbryuk singari A.Leskinning shogirdlari esa uning ilmiy qarashlarini davom ettirdilar va rivojlantirdilar.
Yosh grammatikachilarning nazariy qarashlari quyidagi ishlarda to`larok ifodalangan: a) “Morfologik tadqiqotlar” nomli ko`p tomli asarning birinchi tomiga K.Brugman va G.Ostgof yozgan so`zboshi (1878). Bu so`zboshini hatto ayrim tilshunoslar yosh grammatikachilikning manifesti deb ham ataydilar, b) G.Paulning “Til tarixi tamoyillari” nomli asari (1880). Asarning ruscha tarjimasi 1960 yilda e`lon qilingan, uni yosh grammatikachilarning qomusi deb yuritadilar, v) B.Delbryukning “Hind-Evropa tillarini o`rganishga kirish” asari (1880), g)K.Brugman va B.Delbryukning “Hind-german tillari qiyosiy grammatikasining asoslari” nomli asari (1886-1900) va boshqalar.
Yosh grammatikachilar tilda individual psixofizik (yoki psixofiziologik) o`zgarishlar individning “odatdagi nutqiy faoliyati” natijasida sodir bo`ladi, deb hisoblaydilar. Shu fikrga asoslanib yon grammatikachilar birinchi navbatda jonli tillarni o`rganishlarga chaqirdilar, chunki qadimgi o`lik tillarga nisbatan til taraqqiyotining o`ziga xos qonuniyatlarini ochishga jonli tillar ko`proq material beradi. Lekin yosh grammatikachilar uzlarining bu fikrlarida izchil emas edilar, ya`ni ular jonli tillar bilan bir qatorda o`lik tillarni o`rganish bilan ham shug`ullandilar.
Yosh grammatikachilar fikricha, tilning ikki faoliyati mavjud: a) tilning individual psixologik faoliyati. Bu faoliyat tilda paydo bo`ladigan yangi hodisalarning analogiyaga asoslanishida ko`rinadi, b) til faoliyatining fiziologik tomoni. Bu tomon fonetik o`zgarishlarda namoyon bo`ladi. Shunga muvofiq, yosh grammatikachilar fonetik qonunlarni ochishga va tasvirlashga alohida e`tibor berdilar.
Yosh grammatikachilar ta`limotida til hodisalarini o`rganishga tarixiy yondoshish muhim o`rin tutadi. Ular tilni doimiy o`zgarib turuvchi hodisa deb hisoblaganliklari uchun tilning hamma sohasiga tarixiy yondoshishni talab qildilar.
Til hodisalarini chuqur va mukammal o`rganish uchun yosh grammatikachilar tildagi ayrim hodisalarni boshqa hodisalardan holda tekshirishni tavsiya qildilar. Ularning ta`limotida bunday tekshirish “atomizm” deb nomlandi.
Garchi analogiya til shakllarini ma`lum darajada baravarlashtirishga, tenglashtirishga olib kelsa-da, tilning o`zgaruvchanligini tamomila yo`qota olmaydi. Til hodisalari orasida ayniqsa, so`z ma`nolari nisbatan tez uzgaradi. Shuning uchun yosh grammatikachilar so`z ma`nolarining o`zgarishini, bu ma`nolarning xilma-xilligini, so`z ma`nosining predmet va tushuncha bilan turlicha munosabatini o`rganishga katta e`tibor berdilar.
Ma`nolarning o`zgarishiga sabab so`z ma`nosi bilan uni individual kullash uzus(til)da mos kelmasligidir. Shunga ko`ra ma`nolarning ikki tipi - uzual va okkozional ma`nolar bir-biridan farqlanadi. Bularning farqi quyidagi to`rt yo`nalishda namoyon bo`ladi: a) uzual ma`no ma`lum bir til egalarining barchasi uchun tanish bo`ladi, okkozional ma`no esa muayyan nutk aktidagi ma`nodir; b) okkozional ma`no uzual ma`noga nisbatan ancha boy hisoblanadi; v) okkozional so`z nisbatan konkretlikni, predmetni nomlasa, shu so`zning uzual holati abstraktlikni, tushunchani o`zida ifodalaydi; g) uzual so`z kup ma`noli bo`lsa, okkozional holat doim bir ma`nolidir.
Okkozional ma`no bilan uzual ma`no urtasidagi farklar so`z ma`nosi uzgarishlarining asosini tashkil etadi. G.Paulning fikricha, bunday farklarning yangilanib turishi individual xolatning umumiy xolatga, okkozional ma`noning uzual ma`noga doimiy ravishda aylanishiga olib keladi. G.Paul uz asarida so`z ma`nosining kuchishi, metaforik uzgarish, litota, evfemizm kabi ma`no uzgarish turlarini kayd etadi.
Shunday kilib, yosh grammatikachilar ta`limotida kiyosiy-tarixiy tilshunoslik metodikasiga anikliklar kiritildi. Semasiologiya va funkcional semantik grammatikaning asosiy muammolari urtaga tashlandi. Til va nutkning uzaro munosabati taxlil kilindi.
Dostları ilə paylaş: |