Yosh va pedagogik psixologiya.Psixik rivojlanish va uni davrlashtirish.
Bajardi:Dehqonova Oydinoy.Xaydarova Parizoda
Naimova Risolat. Ikmatova Gulnoza
Reja:
1.Yosh davrlari va pedagogik psixologiya faniga oid ilmiy bilmlarnng vujudga kelishi,tarixi,fanning asosiy sohasi,yosh va pedagogik psixalogiya fanining boshqa fanlar bilan alaqasi.
2.Kichik maktab Yoshi davrida bolaning o’z tasavvui haqidagi tasavvurlari va xulq-atvori
3.O’smirlik va ilk o’spiirinlik davridagi psixik rivojlanishning umumiy tasnifi
4.Yetuklik davri va uning o;ziga xos xususiyatlari,o’z-o’zini anglash,kasbiy anglaganlik
Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari mushtarak, bir-biriga uzviy bogliqdir, chunki ularning har ikkisi, bitta umumiy jarayonni – ulg’ayib borayotgan insonning psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi. Biroq, shunday bo’lsa-da, bu ikki fan psixologiya ilmining mustaqil sohalari hisoblanib, ularning har biri o’z predmeti va tadqiqot vazifalariga egadir. Ontogenez ~ (yunoncha optos-mavjud, jon,zot; genezis- kelib chiqish, paydo bo’lish) - individning paydo bo’lishidan, umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayoni. Yosh davrlari psixologiyasi ontogenezdagi turli yosh davrlari psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishini hamda psixologik xususiyatlarini o’rganadi. Yoshning ulg’ayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson hayot yo’lining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar - yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot predmeti qisoblanadi. Ma'lumki, shaxs tarkib topish jarayonining psixologik qonuniyatlarini, uning ilmiy asoslarini mukammal bilmay turib, ta'lim va tarbiyaning nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal etib bo’lmaydi. Yosh davrlari psixologiyasi fani bu borada ham o’z-o’ziga tegishli masalalarni tor eksperimental ravishda o’rganish bilangina cheklanib qolmay, balki o’z muammolarini inson hayoti va faoliyatining tabiiy sharoitlarida, bolaga beriladigan ta'lim va tarbiyaning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda o’rgansa, yanada muvaffaqiyatli rivojlanishi, tabiiydir. Tabiat va jamiyatning qonunlari singari kamol topayotgan inson shaxsi rivojlanishining ham o’ziga xos qonunlari mavjud. Bu qonunlar yosh davrlari psixologiyasi fanining turli tarmoqlarida o’rganiladi, chunonchi: bolalar psixologiyasi, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar psixologiyasi, o’smirlar psixologiyasi, o’spirinlar psixologiyasi, katta yoshdagi kishilar psixologiyasi va qariyalar (gerontopsixologiya) psixologiyasi kabi sohalardir. Yosh davrlari psixologiyasi fanining nazariy vazifalari shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davrdagi odamlarda namoyon bo’ladigan psixik faoliyat, holat va shart-sharoitlarining o’zaro ta'siri xususiyatlarini o’rganishdan iboratdir.