28
Davlat xizmatchisi kim?
Xizmatchilar to’g’risida batafsil tushuncha hosil qilish maqsadida,
ularni jamiyatning turli tashkilotlarida (korxona, muassasalarida) band
bo’lgan boshqa shaxslardan farqlash lozim:
xizmatchilar turli tashkilotlarda (davlat, mahalliy, nodavlat,
tijorat, notijorat, jamoat, diniy) ma’lum bir lavozimlarni egallaydilar;
ularning faoliyati aqliy xususiyatga ega, ya’ni ular bevosita
moddiy boyliklarni yaratmaydi. Lekin xizmatchilar moddiy ishlab
chiqarish sohasida ham faoliyat yuritishi mumkin. Masalan, tashkiliy,
ishlab chiqarish jarayonini texnologik ta’minlash, loyihalarni
tayyorlash, marketing, tadqiqot faoliyati va boshqalar;
xizmatchilar hokimiyat faoliyatini (tashkillashtirish, farmoyish
berish, rahbarlik, nazorat) amalga oshiradilar hamda tegishli tashkiliy-
farmoyish berish va ma’muriy-xo’jalik vakolatlariga ega bo’ladi; ular
davlat va jamoat majburlov choralarini qo’llashlari mumkin. Har
qanday tashkilotdagi xizmatchilar, asosan boshqaruv funksiyalarini
(bunda, boshqaruv funksiyasi deganda, turli huquq subyektlarining
faoliyatini tartibga soluvchi vosita sifatida tushunmoq lozim) amalga
oshiradilar;
xizmatchilar o’z vakolatlarini, funksiyalarini, qoida bo’yicha
ma’lum bir xaq evaziga amalga oshiradilar.
Dostları ilə paylaş: