Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта маћсус



Yüklə 28,5 Kb.
səhifə1/3
tarix14.12.2023
ölçüsü28,5 Kb.
#179288
  1   2   3
5-Ма\'ruza.Matni



5-Ma’ruza. Issiqlik akkumulyatorlari.


Reja

  1. Issiqlik akkumulyatorlarining sinflanishi. Sig‘imli turdagi akkumulyatorlar

  2. Fazoviy o‘tish holatiga ega bo‘lgan moddalardan iborat akkumulyatorlar

  3. Issiqlik akkumulyatorlarining texnik xarakteristikalari



Tayanch so‘zlar: issiqlik akkumulyatorlari, granit, galka, suv, glauber tuzi

Geliotizimlarda issiqlikni akkumulyasiya qilish zaruriyati yil davomida sutkalik vaqtda quyosh energiyasi oqimining o‘zgarishiga asoslangan. Akkumulyatordagi energiya zahirasi qisqa muddatli akkumulyasiya jarayonlarida sutkaga yoki bir qancha soatga, mavsumiy akkumulyasilashda bir qancha oylarga hisoblangan bo‘ladi. Umuman olganda, issiqlik akkumulyatorlarining qo‘llanilishi geliotizimlarning samaradorligini va issiqlik ta’minotining ishonchliligini oshiradi.


Past haroratli issiqlikni akkumulyasiya qilish tizimlari 30 dan 100ºS gacha bo‘lgan harorat diapazonini qamrab oladi va havo (30ºS) va suv isitish tizimida (30–90ºS), shuningdek issiq suv ta’minotida (45–60ºS) foydalaniladi.
Qoidaga muvofiq, issiqlikni akkumulyasiya qilish tizimi qo‘yidagidan iborat:

  • Rezervuar;

  • Issiqlik energiyasini saqlash va yig‘ishni amalga oshirish uchun issiqlik akkumulyasiyalovchi material;

  • Akkumulyatorni zaryad –razryad qilishda issiqlikni keltirish va uzatish uchun issiqlik almashinuvchi qurilma;

  • Issiqlik izolyasiyasi.

Issiqlik akkumulyasiya qiluvchi materialda (IAM) kechadigan fizik-kimyoviy jarayonlar xaraekteriga ko‘ra akkumulyatorlarni qo‘yidagicha sinflarga ajratish mumkin:

  • Sig‘imli turdagi akkumulyatorlar, ya’ni ularning agregat holatini o‘zgartirmasdan qizdiriladigan (sovutiladigan) akkumulyasiyalovchi materialning issiqlik sig‘imidan foydalaniladi (tabiiy tosh, galka, suv, tuzlarning suvdagi eritmalari va boshqalar);

  • Fazoviy o‘tish holatiga ega moddalardan iborat akkumulyatorlar, bularda moddaning erish (qotish) issiqligidan foydalaniladi;

  • Qaytar kimyoviy va fotokimyoviy reaksiyalarda issiqlikning yutilishi va ajralishiga asoslangan energiya akkumulyatorlari.

Birinchi guruh akkumulyatorlarida quyosh energiyasi hisobiga issiqlik almashingich orqali issiqlik akkumulyasiyalovchi materialni sovush yoki qizish jarayonlari bir vaqtda yoki ketma-ket sodir bo‘ladi. Bu usuldagi issiqlikni akkumulyasiyalash jarayoni keng tarqalgan. Bu turdagi akkumulyatorlarning kamchiligi shundan iboratki, ular katta massaga ega, buning oqibatida katta joyning talab qilinishi, 1 gJ akkumulyasiyalangan issiqligi hisobida esa qurilish hajmidagi maydon ham kerak bo‘ladi. Har xil issiqlikni akkumulyasiya qiluvchi materiallarning qiyosiy jadvali keltirib o‘tilgan.
1 jadval

Izoh:
1. Darajalarning belgilanishi qo‘yidagicha:
t— qattiq holat; j— suyuq holat; — bo‘shliq hajmini nazarda tutgan holda — 25%.
2. Erish issiqligi va harorati: parafin— 47ºS va 209 kJ/kg;
glauberova tuzi— 32ºS va 251 kJ/kg.

Yüklə 28,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin