Ўзбекистон республикаси



Yüklə 28,02 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü28,02 Kb.
#39245
Mirzo Boburning yurt sog’inchi


NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI

“ENERGETIKA VA SANOATNI AXBOROTLASHTIRISH” FAKULTETI



25-TJBAKT-20 guruhining axborot va murabbiylik soati
BAYONNOMASI № 15
11 fevral 2020 yil To’raqo’rg’on tumani.
Qatnashdilar: Guruh rahbari B. Akbarov,

25-TJBAKT-20 guruhi talabalari


Axborot va murabbiylik soati kun tartibidagi masalalar


  1. O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir ma’lumotlar bilan tanishtirish

  2. Mirzo Boburning yurt sog’inchi” mavzusida davra suhbati.

  1. Talabalar bilan “Vatanga Muhabbat”mavzusi haqida suhbatlashish

  2. Fevral oyi uchun tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar mutaolasi haqida


Eshitildi:

1-masala yuzasidan guruh rahbari B. Akbarov so’zga chiqib, o’tgan bir hafta ichida O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir ma’lumotlar bilan ya’ni Intellektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 2-fevral kuni Afg’oniston Islom Respublikasining delegatsiyasi-mamlakat tashqi ishlar vaziri Muhammad Xanif Atmar va Prezident Administratsiyasi rahbari Muhammad Shokir Korgarni qabul qildi.Davlatimiz rahbari uvhrashuvni ochar ekan,ikki tomonlama munosabatlarning bugungi sur’atini saqlab qolish va oliy darajada avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhim ekanini alohida ta’kidladi.Bugun Toshkent shaxrida yetakchi Xalqaro institutlar rahbarlari ishtirokida o’tgan Transafg’on temir yo’lini qurish loihasi bo’yicha uch tomonlama ishchi guruh birinchi yig’ilishining samarali yakunlari yuksak baholandi. Uchrashuvda ko’p qirrali O’zbekiston-Afg’oniston xamkorligini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko’rib chiqildi.Bu borada so’z yuritilganda,tovar ayirboshlash xajmini oshirish va uni yaqin yillarda kamida 2 milliard dollarga etkazish uchun qulay sharoitlar yratish,sanoat,energetika,qishloq xo’jaligi va logistika sohalarida kooperatsiyani kuchaytirish,sog’liqni saqlash,ta’lim va madaniyat sohalarida muhim dasturlarni amalga oshirish haqidagi masalalar qayd etildi.

2-masala yuzasidan guruh rahbari B. Akbarov so’zga chiqdi. U o’z so’zida quyidagi fikrlarni bildirib o’tdi: Jahon ma’naviyatining buyuk siymosi Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda tug’ilgan.Bobur o’zbek adabiyotining yirik vakili:buyuk shoir,tarixchi,geograf,davlat arbobi,iste’dodli sarkarda,boburilar sulolasi asoschisi,temuriy shaxzoda bo’lgan.Ulug’ bobomizning sertashvish hayoti va jo’shqin faoliyati siyosiy jihatdan inqirozga uchragan Temuriylar davlatining so’nggi davriga to’g’ri keldi.Ushbu davr barcha azob-uqubatlarini boshdan kechirish Bobur Mirzo chekiga tushdi.Otasi Axsida bevaqt,39 yoshida vafot etganidan keyin 12 yoshida taxtga o’tirgan.

Bobur temuriylar saltanatini ximoya qilish va uni saqlab qolishuchun astoydil xarakat qilib,Shayboniyxonga qarshi kurashib bir necha yil jangler olib boradi.U turli qarama-qarshiliklardan so’ng Kobul sari yo’l oldi.Ona yurt sog’inchi va qaytish istagi unga bir umr xamroh bo’lsa-da,Afg’oniston Hindiston va Pokistonning tarixiy hududlarida ulkan saltanat tashkil etdi.

Bobur ijodida xususan,she’riyatida kindik qoni to’kilgan ona yurtini dil-dilidan qumsash,uning tuprog’iga talpinish,g’ariblik azoblaridan o’tli xasrat,yor-u diyor sog’inchi va visol ilinji,taqdir zarbalari va turmush uqubatlari,zamona nosozliklaridan nola badiiy taxlil etiladi.Yurt sog’inchi haqida hech bir shoir Boburdek yozmagan bo’lsa kerak.

Tole yo’qi jonimg’a balolig’ bo’ldi,

Xar ishniki ayladim xatolig’ bo’ldi.

O’z yerim qo’yib Hind sori yuzlandim,

Yo rab,netayin,ne uz qarolig’ bo’ldi.

U 1530-yilda Hindistonda vafot etdi.Dastlab Agra shaxriga dafn qilindi.Keyin hoki Kobulga olib kelib ko’mildi.”.



Guruh talabalaridan K.Hayitova va T.Mamasoliyevlar so’zga chiqib, masala bo’yicha o’z fikrlarini bildirib o’tdilar, mukamal bilim olib kelgusida yurt ravnaqiga xissa qo’shishga va’da berdilar..

3-masala yuzasidan guruh rahbari B. Akbarov so’zga chiqdi. U o’z so’zida quyidagi fikrlarni bildirib o’tdi. “Vatanga Muhabbat” mavzusida davra suhbati qurdi. “Har bir insonning o’zi tu’g’ulib o’sgan joyi Vatani hisoblanadi.Inson shu Vatanda o’sib voyaga yetadi,tarbiya oladi.Yurtimizda “Bulbul chamanni sevar,Odam vatanini” degan maqol bor.Vatandan uzoqda yursangiz o’z uyingiz,shaxringizni sog’inasz,qumsaysiz.Tarixga nazar soladigan bo’lsak bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur yurtdan uzoqda,umri davomida yurt sog’inchi bilan yashagan.

Yosh avlodlar ajdodlardan o’rnak olib, yurtga muhabbat tuyg’usini shakllantirib,yurtimizga munosib inson bo’lishimiz kerak”



4-masala yuzasidan guruh rahbari B. Akbarov so’zga chiqdi. Talabalardan oxirgi kunlarda o’qilgan badiiy asar haqida fikrlar so’raldi. Ular uchun fevral oyida tavsiya qilingan Nodar Dumbadzening “Abadiyat qonuni” nomli asari ekanini eslatib o’tdi.

Talabalar o’qigan asarlari haqida qisqacha ma’lumot berib o’tdilar.


Qaror qilindi:


  1. Har bir talaba O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy voqealarga doir ma’lumotlar bilan tanishib borsinlar.

  2. Har bir talaba o’zidagi yuksak ahloqiy sifatlarni tarbiyalab borsinlar

  3. Har bir talaba fevral oyi uchun Nodar Dumbadzening “Abadiyat qonuni” asarini mutaola qilsin.



Yig’ilish raisi: B. Akbarov
Yig’ilish kotibi: M. Soliyeva
Yüklə 28,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin