Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo’nalishi 3-kurs, 17.41-guruh talabasi G’ofurova Nargiza Dilshodjon qizining “Oziq - ovqat sifatida foydalaniluvchi ,efir moyli va dorivor o’simliklar intraduksiyasi” mavzusidagi
Kurs ishi
Bajardi : _________________ Qabul qildi : _________________
KIRISH.
I. BOB.
ADABIYOTLAR SHARHI
3
II .BOB.
OZIQ – OVQAT SIFATIDA FOYDALANILADIGAN DORIVOR O’SIMLIKLAR HAQIDA UMUMIY MALUMOT.
7
III.BOB.
OZIQ –OVQAT SIFATIDA FOYDALANILADIGAN EFIR MOYLI DORIVOR O’SIMLIKLARNI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI.
KIRISH. Mavzuning dolzarbligi: Dorivor o‘simlikni ko‘paytirish mamlakatimizda dorivor o‘simliklar xomashyosini mahalliy sharoitda yetishtirish, farmatsevtika sanoati ehtiyojini ta'minlash va oziq-ovqat ziravori sifatida eksport qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Loyiha taqdimotida o‘simlikning shifobaxsh xususiyatlari, O‘zbekistonda za'faron plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda tanlangan tumanlar, o‘simlik yetishtirish agrotexnologiyasi to‘g‘risida ma'lumot berildi. Prezident za'faron plantatsiyalarini tashkil etish mahalliy farmatsevtika sanoati uchun xomashyo manbaini yaratishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. Za'faron yetishtirish uchun mutaxassislar tayyorlash, buning uchun alohida kollejni tanlash va yoshlarni o‘qitish, Toshkent davlat agrar universitetida mutaxassislar tayyorlash lozimligini ta'kidladi. Za'faron o‘simligini yetishtirish, kelajakda uni ko‘paytirish bo‘yicha markaz tashkil etish maqsadga muvofiq ekanligi qayd etildi. Bu markazda dorivor va oziq-ovqat o‘simliklari turlarini tanlash, ilmiy-tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish, yosh kadrlarni sohaga yo‘naltirish, pirovardida chet el ilg‘or texnologiyalarini o‘rganish va eksportni tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.